9-labaratproya Mavzu: Hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Reja


Download 79.6 Kb.
bet10/18
Sana09.11.2021
Hajmi79.6 Kb.
#172592
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
9-L. Hujayraning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.

Endoplazmatik to’r sitoplazmaning ichkariroq qismida - endoplaz­mada ko’proq joylashganligi uchun shynday nomlanadi. Faqat elektron mikroskop orqali tekshipilgandagina yaxshi o’rganish mumkin. Bitta membrana bilan chegaralangan, vakuolalar va kanalchalar sistemasidan tashkil topgan. Membrananing qalinligi 5-7 nm ga tengdir. Endoplaz­matik to’rning bo’shlig’i sitoplazma umumiy hajmining 10 foizga yaqinini tashkil etadi. Kanalchalar va sisternalar shoxlanib hujay­raning hamma qismlarini bir-biri bilan, plazmolemmani boshqa organoidlar va yadro qobig’i bilan bog’lab, umumiy to’rni hosil qiladi. Endoplazmatik to’r o’z tuzilishiga ko’ra ikkiga: donador va silliq endoplazmatik to’rga bo’linadi. Donador (granulyar) endoplazmatik to’r membranasining tashqi qismida ribosomalar joylashganligi uchun shynday ataladi.

Donador endoplazmatik to’rning asosiy funksiyasi uning membranasida ribosomalar ishtirokida oqsil sintezida qatnashishdir. Asosan hujay­radan tashqariga chiqariladigan va Golji apparatiga yetkazib beriladigan oqsillar sintezlanadi. Sintezlangan oqsillar kanalchalar orqali harakatlanib, Golji apparatiga va boshqa organoidlarga yetkaziladi (transport funksiyasi). Sintezlangan oqsillar uglevod birikmalari bilan qo’shilib o’zgaradi. Donador endoplazmatik to’r oqsil ko’p miqdorda sintezlanadigan hujayralarda yaxshi rivojlangan. Silliq endoplazmatik to’r membranalarida ribosomalar bo’lmaganligi uchun ham shynday deb ataladi.



Silliq endoplazmatik to’r membranalarida yog’ va uglevod al­mashinishida ishtirok etuvchi fermentlar joylashadi. Shunirg uchun ham uning asosiy funksiyasi uglevodlar, yog’ va yog’li gormonlar sintezida qatnashishdan iboratdir. Myshak hujayralarida silliq endoplazmatik to’r mushak tolalarining qisqarish jarayonida qatnashadi. Teri bezlarining hujayralarida, jigar hujayralarida, o’simlik uryg’larida silliq endoplazmatik to’r yaxshi rivojlangan. Shunday qilib, endoplaz­matik to’r hujayralar ichida va hujayralar o’rtasida moddalarning tashilishini, aylanishini ta’minlovchi umumiy sistema hisoblanadi.


Download 79.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling