9-labaratproya Mavzu: Hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi. Reja
Download 79.6 Kb.
|
9-L. Hujayraning tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
3. Hujayra organoidlari. Sitoplazma hujayraning asosiy massasi, uning ichki muhiti hisoblanadi. Sitoplazma hujayraning hamma tarkibiy qismlarini bir-birlari bilan bog’lab, ular orasidagi aloqalarning amalga oshishida muhim rol o’ynaydi. Sitoplazma tashqaridan plazmatik membrana, ichkaridan esa yadro qobig’i bilan chegaralanadi. Sitoplazmaning tarkibiy qismlariga gialoplazma, organoidlar va kiritmalar kiradi.
Gialoplazma (yunoncha gialos – tiniq, oynasimon, plazma -suyuqlik so’zlaridan olingan) sitoplazmaning asosiy, rangsiz kolloid sistemasi hsoblanadi. Gialoplazmaning tarkibida oqsillar, har xil fermentlar, RNK, polisaxaridlar, lipidlar uchraydi. Gialoplazmada organoidlar va kiritmalar joylashadi. Uning asosiy funksiyalariga molekulalarni bir joydan ikkinchi joyga o’tkazish, kislorodsiz parchalanishda, glikolizda qatnashish, hujayraning buferlik va osmos xususiyatlarini ta’minlash kiradi. Organoidlar (yunoncha organon - a’zo, endos - uxshagan suzlaridan olingan) hujayraning ma’lum tuzilishga va har qaysisi o’ziga xos funksiyani bajarishga moslashgan doimiy tarkibiy qismilaridir. Murakkab tuzilgan organizmlarning har xil a’zolari, organlari bo’lgani kabi hujayralar ham o’z a’zolariga, organoidlariga ega. Organoidlar moddalarning tashilishi, energiya hamda moddalarning aylanishi, bo’linish, harakatlanish va shunga o’xshash hujayraning ko’pgina boshqa funksiyalarining amalga oshishini ta’minlaydi. Qanday hujayralarda uchrashiga qarab organoidlar umumiy va xususiy, o’ziga xos organoidlarga bo’linadi. Umumiy organoidlarga mitoxondriyalar, Golji apparati, endoplazmatik to’r, ribosomalar kiradi. O’simlik hujayralarida bulardan tashqari plastidalar ham uchraydi. Hayvon hujayralarida sentriolalar ham umumiy organoidlarga kiradi. Umumiy organoidlar deyarli hamma hujayralarda uchraganligi uchun ham ularga shunday nom berilgan. Xususiy organoidlar esa faqat ayrim, xususiy funksiyalarni bajarishga moslashgan hujayralardagina uchraydi. Ularga misol qilib kiprikchalar (infuzoriyalar, nafas yullari hujayralarida), xivchinlar (spermatozoidda, evglenada), tonofibrillalar (epiteliy hujayralarida), neyrofibrillalar (nerv hujayralarida) va boshqa xususiy organoidlarni keltirish mumkin. Organoidlar o’z tuzilishiga ko’ra membranali (endoplazmatik tur, mitoxondriya, plastida, Golji apparati, lizosoma) va membranasiz (ribosomalar, sentriolalar) organoidlarga aj:raladi. Biz asosiy organoidlarnirg tuzilishi va fynksiyalari bilan tanishib chiqamiz.
Download 79.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling