9-Labarotoriya ishi Dizel yonig‘ilarining past haroratdagi xossalarini aniqlash
Download 75.8 Kb.
|
9-лаб мой
9-Labarotoriya ishiDizel yonig‘ilarining past haroratdagi xossalarini aniqlashYilning sovuq vaqtida dvigatellarini ishlatishda yonilg‘ining qovushqoqligidan tashqari, uning past haroratdagi xossalari ham katta rol o‘ynaydi. Bu xossalari xiralashish va qotish haroratlari bilan baholanadi. Хiralanish harorati deb, yonilg‘ining faza bo‘yicha bir jinsliligi yo‘qoladigan haroratga aytiladi. Masalan, dizel yonilg‘isi rangsiz shishadan tayyorlangan probirkaga solinib sovitilsa, muayyan haroratda u xiralasha boshlaydi, bunda parfin uglevodorodlar ajralib chiqishi natijasida yonilg‘ining tashqi ko‘rinishi o‘zgaradi. Yonilg‘i asta-sekin sovitilsa parafin kristallari kattalashadi va yonilg‘i harakatlanish qobiliyatini yo‘qotadi. Yonilg‘ining harakatlanuvchanligi yo‘qoladigan harorat qotish harorati deyiladi. Yonilg‘ining harorati shu darajaga yetganda yonilg‘i oquvchanligini yo‘qotadi, yonilg‘ini dvigatel silindrlariga uzatishning iloji bo‘lmay qoladi. Yozgi yonilg‘ining qotish harorati minus 10°C dan, qishniki mo‘tadil iqlimli zonalar uchun minus 35°C dan, sovuq zonalar uchun minus 45°C dan, shimoliy yonilg‘ilar uchun minus 55°C dan yuqori emas. Dizel yonilg‘isi tarkibida uglerod soni 13 dan to 20 gacha bo‘lgan uglevodorodlar bo‘lib, haroratning past vaqtida yuqori molekulali parafin uglevodorodlar kristallana boshlaydi. Yonilg‘i tarkibida suv bo‘lsa, u ham kristallga aylanadi. Kristallarning paydo bo‘lishi, yonilg‘ining qovushqoqligini oshiradi, natijada avtomobilning ishlashi vaqtida har xil qiyinchiliklar tug‘iladi. Yonilg‘i tarkibida kristallarning oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan harorat uning kristallanish yoki xiralashish harorati deb ataladi. Yonilg‘ining qotish harorati deb, uning oquvchanligi yo‘qolgan haroratga aytiladi. Bu haroratda yonilg‘ini butunlay ishlatib bo‘lmaydi. Bir idishdan ikkinchi idishga ham quyib bo‘lmaydi. Хiralanish va qotish haroratlari orasida farq katta bo‘lmasligi kerak, ya’ni 4–6°C dan oshmasligi shart. Xiralashish va qotish haroratlarini maxsus asbobda aniqlanadi (3.3-rasm). 3.3- rasm. Xiralashish va qotish haroratini aniqlash asobi: 1–shisha probirka; 2–termometr; 3–havo vannasi; 4–sovutuvchi modda solingan idish. Ishni bajarish tartibi Diametri 25–30 mm bo‘lgan shisha probirkaga (1), 45 mm balandlikda yonilg‘i quyiladi. Aniqlashdan oldin yonilg‘i suv sizlantiradi. Probirka ustiga tiqinlar yordamida manfiy haroratli termometr o‘rnatiladi (2). Termometrning simobli uchi yonilg‘i ichiga tushiriladi. Yonilg‘i solingan probirkani yana ikkinchi probirkaga tushiriladi. Ikkinchi probirka havo vannasi (3) vazifasini bajaradi. Qo‘shaloq probirkalarni sovutuvchi modda solingan idishga joylashtiriladi. Sovutgich vannasida ham termometr bo‘lib, tashqi haroratni ko‘rsatib turadi (5). Sovutuvchi modda sifatida muz yoki qor bilan osh tuzi aralashmasini yoki spirt bilan suyuq azot aralashmasini olish mumkin. Haroratning muttasil pasaytirib boriladi va har 5°C ga pasayganda, probirkani chiqarib, sovutuvchi modda aralashtirilib turiladi. Kristallarning ko‘zga ko‘rinish harorati yonilg‘ining xira- lashish harorati deb qabul qilinadi. Sovutishni bir oz davom ettirib: probirkani 45° qiyshaytirilganda yonilg‘i yuzasi o‘zgarmay qolsa, harorat qotish harorati deb qabul qilinadi.
Download 75.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling