9-laboratoriya ishi: Eritmalar kontsentratsiyasi. Foiz kontsentratsiyali eritmalar tayyorlash. Kerakli asbob va reaktivlar


Download 206.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi206.63 Kb.
#1389302
  1   2   3
Bog'liq
06-laboratoriya



9-laboratoriya ishi: Eritmalar kontsentratsiyasi. Foiz kontsentratsiyali 
eritmalar tayyorlash. 
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, stakanlar, kolba, o’lchov 
silindrlari, pipetka, temir qoshiqcha, shisha tayoqcha, tarozi va toshlari, areometr, 
chinni kosacha, eksikator, kristalizator, termometr, shtativ, spirt lampa, chinni 
tigel, paxta, distillangan suv, kaliy nitrat KNO
3
, kalsiy asetat (CH
3
COO)
2
Ca, natriy 
sulfat Na
2
SO
4
, mis(II) sulfat CuSO
4
, bura Na
2
B
4
O
7

10H
2
O, natriy tiosulfat Na
2
S
2
O

1-tajriba. Qattiq moddalarning suvdagi berilgan foiz konsentratsiyali 
eritmalarini tayyorlash. a) tarkibida kristalizatsiya suvi bo’lmagan qattiq 
moddalarning eritmalarini tayyorlash. Bunday holda hisoblashlar faqat arifmetik 
xarakterda bo’ladi. Masalan, biror moddaning 10 % li 250 g eritmasi tayyorlash 
kerak bo’lsin. 250 ning 10 % ini topamiz, bu 25 g bo’ladi. Demak, moddadan 25 g, 
suvdan 225 g olish kerak. Modda tarozida tortib olinadi, suv esa o’lchov silindrida 
(225 g suv 225 ml swig’imni egallaydi) o’lchanadi. Bunda harorat o’zgarishi bilan 
suvning hajmi ham o’zgarishi hisobga olinmaydi; b) kristalgidrat eritmasi 
tayyorlash. Bu holda dastlab kristalgidratning berilgan og’irlik miqdoridagi suvsiz 
tuzning og’irligi hisoblab topiladi. Masalan, mis kuporosidan foydalanib, mis (II)- 
sulfatning 10 % li 100 g eritmasi tayyorlash kerak bo’lsin.
Bunda quyidagicha hisoblash o’tkaziladi: mis (II)- sulfatdan 10 g olish 
kerak. Mis kuporosining molyar massasi 250 g/mol=250g. mis (II)- sulfatning 
molyar massasi 160g. Proporsiya tuzib, uni yechamiz: 250/160= x/10; x= 
250*10/160= 15,625 (g). Hisoblash shuni ko’rsatadiki, 10 g suvsiz mis (II)- sulfat 
olish uchun tarozida 15, 625 g mis kuporosi tortib olish kerak. Bundan keyingi 
ishning hammasi oldingi holdagi kabi bajariladi.

Download 206.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling