9-laboratoriya ishi
Konteynerlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini va shartnoma asosida bajariladigan ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni aniqlash
Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga konteynerlarda tashiladigan yuklar uchun kira haqlarini va shartnoma asosida bajariladigan ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni aniqlashni o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Tariflarni qo‘llash bo‘yicha transportning universal konteynerlari “O‘TY” AJ va MDH temir yo‘llari tasarrufidagi universal konteynerlar hisoblanadi.
Konteynerlarda tashiladigan yuklarga kira haqlarini undirish uchun:
a) №4 sonli Tarif qo‘llanmasidan jo‘natuvchi stansiyadan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan tarif masofa aniqlanadi;
b) transportning universal konteynerlarda (quyida transport konteynerlari deb yuritiladi) va transport konteynerlari bilan parametrlari mos tushadigan xususiy va ijaraga olingan universal konteynerlarda (quyida xususiy konteynerlari deb yuritiladi) yuk tashish kira haqlari 9.1-jadvalda keltirilgan tarif sxemalari bo‘yicha har bir konteyner uchun uning massa bruttosiga muvofiq aniqlanadi.
9.1-jadval
v) konteynerlarni harakatdagi sostavlarga ortish va tushirish “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ joylardagi filiallarining konteyner punktlarida amalga oshiriladi va 9.2-jadvalda keltirilgan ishlar va xizmatlar uchun shartnoma asosda yig‘imlar undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |