9 Laboratoriya ishi Mavzu: Motorning ish rejimlarini uning quvvatiga ta’siri


Download 223 Kb.
bet1/2
Sana12.10.2023
Hajmi223 Kb.
#1700505
  1   2
Bog'liq
9 лаб


9 - Laboratoriya ishi
Mavzu: Motorning ish rejimlarini uning quvvatiga ta’siri.

  1. Ishdan maqsad:

Tajriba yo‘li bilan qisqa tutashtirilgan asinxron dvigatelni davomiy va qisqa-takrorlanuvchi rejimlarda nominal quvvati va f.i.k.ni aniqlash (ish rejimlarini quvvatiga ta’siri). Dvigatelni qizish temperaturasi τy ni, qizish vaqti doimiysi Tq ni, sovush vaqti doimiysi Ts ni va issiqlik uzatish koyeffitsiyenti βo ni aniqlash.

  1. Qisqacha nazariy ma’lumotlar:

Dvigatelni uchta asosiy ish rejimlari mavjud: davomiy, qisqa va qisqa-takrorlanuvchi rejimlar. Bu ishda davomiy va qisqa-takrorlanuvchi rejimlar ko‘rib chiqiladi. Davomiy rejimda ish vaqti uzoq muddatli bo‘lgani uchun dvigatelni xarorati turg‘un darajagacha qizishga ulguradi. Qisqa-takrorlanuvchi rejimda dvigatel ish davomida turg‘un darajagacha qizishga ulgurmaydi, pauza vaqtida esa atrof muhit darajasigacha sovushga ulgurmaydi. Qisqa-takrorlanuvchi rejim ulanish davomiyligi koyeffitsiyenti PV% bilan xarakterlanadi

bu erda, - ish vaqti; - pauza vaqti.
Ulanish davomiyligi koyeffitsiyenti PV%ni quyidagi standartlari belgilangan: 15,25,40 va 60%, bular uchun tsikl davomiyligi 10min dan oshmasligi kerak.
Dvigatelni davomiy va qisqa-takrorlanuvchi rejimlarda nominal quvvatini aniqlash uchun uni qizish va sovush egri chiziqlarini tajriba orqali hosil qilish zarur. Qizish tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
[oC]
bu erda, τ – dvigatelni atrof muhit darajasidan ortiqcha qizishi; – turg‘un qizish temperaturasi; t- vaqt,sek; Tq = C/A – qizish vaqti doimiysi,sek; C – dvigarelni issiqlik olish qobiliyati, dj/ oC; A – dviqarelni issiqlik uzatish qobiliyati, dj/ oC·sek.
Dvigatelni sovush tenglamasi:
[oC]

bunda, To = C/Ao – sovush vaqti doimiysi,sek; Ao – dvigatelni sovushidagi issiqlik uzatishi, dj/ oC·sek.


Dvigatelni sovush vaqti doimiysi hamisha qizish vaqti doimiysidan kata bo‘ladi
To >Tq, chunki Ao < A


  1. Download 223 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling