9. Laboratoriya mashg‘ulot. Radionuklidlar Mashg‘ulotning maqsadi
Ionizatsiyalovchi nurlarni inson organizmiga biologik ta’siri
Download 43.8 Kb.
|
4.xavfsizlik.Lab.9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziq-ovqat maxsulotlarida radionuklidlarni pasaytirishning texnologik usullari.
Ionizatsiyalovchi nurlarni inson organizmiga biologik ta’siri.Shuni ta’kidlash kerakki, radioaktiv moddalarning eng yuqori darajasi qo‘ziqorinlarga xosdir. Ayniqsa kuchli darajada radiatsiyasvinushka, maslenka osenniy, polsha qo‘ziqorinlarida to‘planadi. Ushbu qo‘ziqorinlar nurlanishning “akkumulyatorlari” deb nomlangan guruhni tashkil qiladi. Birmuncha oz miqdordagi radionuklidlar gruzdь cherniy, siroyejka, volnushka rozovaya zamburug‘larida to‘planadi. Shuningdek, ancha miqdordagi radionuklidlar o‘rmon rezavorlari, ayniqsa klyukvada to‘planadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari hozirgi va kelajak avlodlar uchun xavfli bo‘lgan radioaktiv moddalarning ruxsat etilgan tarkibi bo‘yicha me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan talablarga javob berishi kerak (15.1-jadval). Radionuklidlarni yo‘l qo‘yiladigan me’yorlari ushbu turdagi mahsulotning o‘rtacha iste’moli va boshqa bir qator omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Oziq-ovqat maxsulotlarida radionuklidlarni pasaytirishning texnologik usullari. Pazandalik qayta ishlash oziq-ovqat mahsulotlarida radionuklidlar konttsentratsiyasining pasayishiga yordam beradi. Chunonchi, 60-80% radionuklidlar kartoshka va lavlagini tozalash paytida, 60% qaynatish paytida chiqarib yuboriladi va suvni 2-3 marta almashtirib qaynatilganda radionuklidlar miqdori 2-3 baravar kamayadi. Qo‘ziqorinlar uchun qaynatish juda samarali - suvning 2 marta almashtirish bilan 30-60 daqiqa davomida pishirganda, radionuklidlar miqdori 2-10 baravar kamayadi, bu qo‘ziqorinlarning plastinkali turlari uchun juda xosdir. 15.1-jadval Turli xil mahsulotlarda ruxsat etilgan radionuklidlar darajasi *
* SanPiN 2.3.2.1078 amaldagi sanitariya me’yorlariga muvofiq. Tanadan radionuklidlarni olib tashlaydigan mahsulotlarga xom tolaga, ayniqsa pektinlarga boy barcha maxsulotlar tegishli. Pektinlar tsitrus mevalarida, krijovnik, oq smorodina, ryabina, ko‘plab meva va rezavorlarda uchraydi. Askorbin, oksalat va limon kislotalari tanadan radionuklidlarni yo‘q qilishni tezlashtiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining radiatsiyaviy xavfsizligi radionuklidning solishtirma (hajmli) faolligining ruxsat etilgan darajasi bilan belgilanadi - bu radioaktiv namunadagi radionuklid faolligining namunaning massasiga (hajmiga) nisbati. SI tizimida radionuklid faolligini o‘lchash birligi sifatida bekkerelь (Bk) xizmat qiladiki, u 1 sekundda 1 parchalanish sodir bo‘layotgan moddaning faolligi xisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining solishtirma faolligi ustidan nazorat va gigiyenik baholash oziq-ovqat mahsulotlaridagi strontsiy-90 va tseziy-137 ni radiatsiyaviy kuzatishda namuna olish, tahlil qilish va gigiyenik baholash bo‘yicha mavjud ko‘rsatmalarga muvofiq amalga oshiriladi (MUK 2.6.1.1194 «Ionlashtiruvchi nurlanish, radiatsiyaviy xavfsizlik. Radiatsiyaviy nazorat. Strontsiy-90 va tseziy-137. Oziq-ovqat mahsulotlari. Namuna olish, tahlil qilish va gigiyenik baholash»). Ushbu ko‘rsatmalar oziq-ovqat mahsulotlarining radiatsiyaviy xavfsizligini baxolash uchun gigiyenik nazoratni amalga oshirish va oziq-ovqat mahsulotlarining aniq maxsulot turlarida tseziy-137 va strontsiy-90 ning yo‘l qo‘yiladigan darajalariga bo‘lgan o‘rnatilgan gigiyena me’yorlariga muvofiqligini baholash uchun radiatsiyaviy nazoratni amalga oshirishda qo‘llaniladi. Download 43.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling