9 lecture: organizing classes via virtual laboratory 9-mavzu: mashg`ulotlarni virtual laboratoriya dasturlari yordamida tashkil etish
Crocodile ICT dasturini o’rnatish va mashg’ulotlarni tashkil etish
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Lecture 9
3. Crocodile ICT dasturini o’rnatish va mashg’ulotlarni tashkil etish.
Fan – tеxnikaning rivojlanishi va axborot tеxnologiyalari sohasidagi erishilgan yutuqlar insoniyat oldida turgan turli-tuman yangidan yangi muammolarni yеchishga imkon bеradi. Ta’lim tizimida o‘quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, zamonaviy pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini yurtimizda kеng joriy etish mеtodikasini yaratish dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi. Ta’lim jarayoniga xususan O‘zbеkiston Rеspublikasida aniq fanlarni o‘qitishda inqilobiy burilishga sabab bo‘ladigan dasturiy ta’minotlar xususida to‘xtalib o‘tamiz. Crocodile ICT dasturi Yevropa mamlakatlarida Informatika fanini o’qitishda juda yaxshi samara bermoqda. Bu dastur yordamida informatikada dasturlash jarayonini, aniqroq qilib aytganda algoritmlash bo’limini o’quvchiga aniqroq yetkazib berish mumkin. Оbyektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘qitishda juda qo‘l kеladigan Crocodile ICT ning oddiy intеrfеysi va blok sxеmalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali har bir buyruqni animatsiya ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Crocodile ICT o’zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida o’qituvchi va o’quvchilar bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi. Dasturlash fanida Crocodile ICT dastur muhitidan foydalanish orqali algoritmni o`rganish mumkin. Crocodile ICT dasturi matematik va fizik jarayonlarni modellashtirish chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi va prodsiduralarni o`rganish kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu dastur algoritmning blok sxemalarni o`rganish kuzatish, tajribalar o’tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur Crocodile ClipsLtd tomonidan 1994 yildan beri takomillashtirilib kelinmoqda. Dasturdan masala echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda keng foydalansa bo’ladi. Dastur dasturlash faning barcha bo’limlari bilan ishlash, jarayonlarni chuqur o’rganish imkoniyatini yaratadi. Crocodile ICT dasturini o’rnatish jarayoni: Dastlab Crocodile ICT dasturi instalyatsion paketini ishga tushiramiz. Quyidagi oyna hosil bo’ladi. O’rnatish jarayonini davom ettiramiz.
Ustanovka jarayoni tugallandi. Endi Crocodile ICT dasturini ishga tushirish mumkin. Crocodile Ict dasturi ishchi oynasi quyidagicha:
Yangi model yaratish uchun New model tugmasini tanlaymiz. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling