9-ma’ruza. Asinxro Mashinalarning turlari va ishlash printsipini o’rganish. Reja


Download 0.53 Mb.
bet5/5
Sana01.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1317683
1   2   3   4   5
G’altaklar guruhining EYuK. Agar g’altaklar guruhidagi barcha sektsiya-lar bir-biridan chulg’am qadami u =  masofada joylashgan ikkita pazga to’plansa, u holda EYuK lar faza jihatdan mos tushar, barcha sektsiyalar guruhining EYuK esa, shu guruhni hosil qiluvchi sektsiyalar EYuK larining arifmetik yig’indisiga teng bo’lar edi. Lekin, amalda stator-larning taqsimlangan holdagi, ya’ni g’altaklar guruhi qo’shni pazlarda joy-lashgan q ta bir xil g’altak (sektsiya)laridan tashkil topgan chulg’ami ishlatiladi. Ularda har qaysi g’altaklar guruhidagi sektsiyalarning aktiv tomonlari har bitta qutb ostidagi q  1 pazni egallaydi. SHuning uchun g’altaklar guruhining sektsiyalarida hosil bo’ladigan EYuK lar faza ji-hatdan bir-biriga nisbatan qo’shni pazlar orasidagi e burchakka siljigan bo’ladi.
Sektsiyalar guruhining hamma sektsiyalari o’zaro ketma-ket ulanganligi sa-babli sektsiyalar guruhining EYuK lari yig’indisi Yeg1 alohida sektsiyalar EYuK larining geometrik yig’indisi (Eg.1= Es.1(qis))ga teng bo’ladi (10.14,b-rasm). Bu yig’indi chulg’am diametral qadamli bo’lgandagi ularning arifmetik yig’indisi (Eg1(d) = q Es.1(d))dan kichik bo’ladi. Bu EYuK larning nisbati:
kt 1= Yeg1 / Yeg1(d)= sin(qe /2) / [q sin(e / 2)] , (10.20)
chulg’am taqsimlanish koeffitsientining 1-garmonikasi deyiladi.
Taqsimlanish koeffitsienti -garmonika uchun quyidagicha yoziladi:
kt = sin(qe /2) / [q sin(e / 2)] . (10.21)
Sektsiyalar guruhining EYuK Yeg1 quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Eg1= q Es.1 kt.1 = 4,44 f F1ws  q kqis.1 kt.1. (10.22)
CHulg’am fazasining EYuK. Hozirgi zamonda o’zgaruvchan tok mashinasi
stator chulg’ami uchun ikki qatlamli qisqartirilgan qadamli taqsimlangan chulg’am turi keng qo’llanilmoqda. Avval ta’kidlab o’tilganidek, faza chulg’ami sektsiyalar guruhlaridan tarkib topgan; bu guruhlar ham, o’z navbatida, bitta qutblar jufti ostida joylashgan «q» ta sektsiyadan iborat. Demak, barcha guruhlar bir xil magnit sharoitlarda bo’lgan bir xil sondagi sektsiyalardan tashkil topadi.
Bunday elektr mashinaning faza chulg’amida hosil bo’ladigan EYuK shu fazaning tarkibidagi barcha g’altaklar (sektsiyalar) EYuK larining yig’in-disiga teng bo’ladi. Fazaning ikki qatlamli chulg’ami 2r ta g’altaklar guru-hidan, bir qatlamlisi esa r ta guruhdan iborat bo’ladi. G’altaklar guruhlari o’zaro ketma-ket, parallel yoki aralash (ketma-ket va parallel birgalikda) ulanishi mumkin. Agar sektsiya (g’altak) guruhlari, o’ramlar soni ws bo’lgan q ta sektsiyadan iborat bo’lib, ular ketma-ket ulanganda chulg’amning har bitta shoxobchasi (a) va fazasida hosil bo’ladigan EYuK ta’sir etuvchi qiymatining 1-garmonikasi quyidagiga teng bo’ladi:
Ye1 = 4,44 f w1kqis.1kt.1F1 = 4,44 f w1kch.1F1, (10.23)
bunda kch.1 = kqis.1kt.1 (10.24)
– o’rta va katta quvvatli mashinalar chulg’am koeffitsientining 1-garmo-nikasi.
Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling