9-ma’ruza bo‘yicha o‘quv materiali mavzu: O‘zga gap. Uning turlari
Download 21.7 Kb.
|
Hozirgi o`zbek tili ( sintaksis)
9-MA’RUZA BO‘YICHA O‘QUV MATERIALI Mavzu: O‘zga gap. Uning turlari 1. O‘zga gaplar deganda qanday gaplar tushuniladi? 2. O‘zga gaplarning turlari haqida ma’lumot bering. 3. Ko‘chirma va muallif gaplari o‘zga gap tarkibida qanday joylashadi? 4. O‘zganing gapi qanday shakllarda qo‘llaniladi? 5. O‘zlashtirma gapning o‘ziga xosligi nimada? 6. Ko‘chirma gapni o‘zlashtirma gapga aylantiring va o‘zgarishlar sababini aniqlang. Javoblar : 1. O‘zganing gapini ifoda etuvchi shaxs avtor, uning gapi esa avtor gapi deyiladi. Avtorning ma’lum shaxs fikrini o‘z nutqi ichida keltirishi o‘zganing gapi sanaladi. O‘zganing gapi turli xil ifodalanishi mumkin, ammo ularning asosiy tiplari ikki xil bo‘ladi: 1) ko‘chirma gap; 2) o‘zlashtirma gap. 2. O‘zga gaplar turli xilda ifodalanadi. Asosiy turi ikki xil : 1) ko‘chirma gap; 2) o‘zlashtirma gap. O‘zganing gapi semantik, leksik, grammatik xususiyatlari saqlangan holda, mustaqil gap shaklida muallif gapi bilan birga ishlatilsa, ko‘chirma gap deyiladi. “ Endi hamisha xonadon sohibining gapiga quloq solgaysiz , - dedi Bibixonim keliniga , - aytganlarini so‘zsiz bajargaysiz “ ( P. Qodirov) Suqrot hakim aytadi : “ Takabburlik va zulm – ulug`likning ofati , muloyimlik va tavoze – insonning ziynati , sharm – hayo uning go`zal , yoqimli libosidir” . Muallif gapi ko‘chirma gapning kimga qarashli ekanligini ko‘rsatadi. Muallif o‘zganing gapidagi mazmunni saqlab, grammatik, leksik xususiyatlarini o‘zgartirib bayon qilsa, o‘zlashtirma gap hosil bo‘ladi: Bibxonim keliniga endi hamisha xonadon sohibiga quloq solishini , aytganlarini so’zsiz bajarishini aytdi. Suqrot hakim takabburlik va zulm ulug`lik ofati ekanligini , muloyimlik va tavoze insoning ziynati ekanligini , sharm va hayo go`zal ziynati va yoqimli libosi ekanligini aytdi . 3. O‘zga gaplar qurilmasida muallif va ko‘chirma gaplar to‘rt xil holatda joylashadi: 1. Oldin ko‘chirma gap, keyin muallif gapi voqelashadi: 1) “K”,-M; 2) “K?”-M; 3) “K!”-M. Masalan: “ Adabiyot hunar , uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi “ , - deb yozgan edi A.Qahhor 2. Oldin muallif gapi, keyin ko‘chirma gap keladi: M: “K(?)” Masalan: Gyote shunday degandi : “ Donishmandlik faqat haqiqatdadir “ 3.Muallif gapi ko‘chirma gapning ichida joylashadi: “K,-m,-k”. Masalan:“Er kishiga zeb – ziynat , - degan edi Alisher Navoiy , - hikmat va donishdir ”. 4. Ko‘chirma gap muallif gapi ichida keladi: 1) M: “K”, -m; 2) M: “K?”-m; 3) M: “K!”-m. Masalan : Do`xtir ayol og`iz berkitib : - “ Men…men O`zbekistonda 5-6 yil ishlab edim “ , - deya piq-piq yig`ladi . (T. Murod ) 4. Birovning gapi o‘zga gap deyiladi. O‘zganing gapi hech o‘zgarishsiz nutqqa olib kirilsa, ko‘chirma gap deyiladi. Ular darak , so`roq , buyruq shaklida bo`lishi mumkin . Darak shaklida : “ Oltin boshing omon bo’lsa , rangi – ro`ying somon bo`lmas “ , - deydi xalqimiz. “ To`g`ri , qoloqdan cho`loq yaxshi “ , dedi Dilshod qovog’ini solib (Oybek ) So`roq shaklida : “ Nega xat-pat , telegramma yubormadingiz ? “ , - Dedi Jo`ra ( Oybek) “ Haligacha uyga bormadingizmi ? “ ,- dedi Mastura taajjubda . Buyruq shaklida : “ Hargiz g`azablanma , hargiz “, - dedi ota o`g`liga . “ Bor , choy olib kel , tezlashtir “ , - dedi Malik dars qilayotgan singlisiga baqirib . 5. O`zga gap ko`chirma gapdan farq qiladi. O`zga gapning o`ziga xosliklari mavjud . U bir necha qo`shma gap ma`nolarini o`z ichiga olgan holda sodda gapdir . So`roq , buyruq va istak gapni darak gapga aylantiradi va ixcham shaklni yuzaga keltiradi.Kommunikativ nutda esa o`zga gaplardan foydalaniladi. 6. “ Endi hech nima uni to`xtata olmaydi “ , - degan edi shoir. Shoir endi uni hech narsa to`xtata olmasligini aytgan edi . Ko`chirma gapni o`zlashtirma gapga aylantirganda , quyidagi o`zgarishlar bo`ladi: Darak gap shaklidagi ko`chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to`ldiruvchiga aylanadi . Ko`chirma gap egasi qaratqich aniqlovchiga almashadi . Darak gap shaklidagi ko`chirma gap undalmasi jo`nalish kelishigidagi to`ldiruvchiga aylanadi . So`roq gap shaklidagi ko`chirma gap undalmasi chiqish kelishigidagi to`ldiruvchiga aylanadi . Muallif gapining egasi o`zlashtirma gap egasi bo`lib gap boshida keladi . Muallif gapi kesimi o`zlashtirma gap kesimi bo`lib keladi . So`roq . buyruq va istak gap shaklidagi ko`chirma gap darak gapga aylanadi . Bularni quyidagi misollar asosida ko`rib chiqamiz : “ O`g`lim , menga yordam ber “ , - dedi qandaydir begona ovoz bilan .( Elif Shafaq) U qandaydir begona ovoz bilan o`g`lidan yordam berishini so`radi . “ Burgut ham uy poylaydimi “ , - dedi Abdulla hayron qolib . Abdulla burgut uy poylaydimi yoki yo`qmi deya so`radi . ( O’ . Umarbekov ) “ Men hali hech narsani bilmayman , hech narsani idrok eta olmayman “ , - dedi Nigora ma`yus ohangda . Nigora ma`yus ohangda o`zining hech narsani bilmasligini , hech narsani idrok eta olmasligini aytdi . “ Tashqi go`zallikning qadri ikki kunda o`tib ketadi , u birovga vafo qilmaydi “ , - dedi muallim yerga tikilgancha . Muallim yerga tikilgancha tashqi go`zallikning qadri ikki kunda o`tib ketishini va u birovga vafo qilmasligini aytdi . “ Men o`g`lim haqida siz o`ylagandan ancha ko`proq gamxo`rlik qilaman “ , - dedi Munavvar . Munavvar o`g`li haqida u o`ylagandan ancha ko`proq g`amxo`rlik qilishini aytdi. “ Hukumat savdo ishida siyosatni qattiq tutayotir “ , - dedi A`zam o`ylanib . A`zam o`ylanib hukumat savdo ishida siyosatni qattiq tutayot ganligini aytdi . 7 .” Qalbda qanday kechinmalar kechmaydi , uni faqat ishq poklay oladi “ , - dedi ustoz uzoq tin olgancha. Ustoz uzoq tin olgancha qalbda qanday kechinmalar kechmasligini , uni faqat ishq poklay olishini aytdi. 8.“ Suruvdagi bir qo`y soydan o`tsa , boshqalari ham uni ta`qib etadi “ , - dedi u . U suruvdagi bir qo`y soydan o`tsa boshqalari ham uni ta`qib etishini aytdi. Download 21.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling