9-ma‘ruza. IX bob. Sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalariga
Download 456.18 Kb. Pdf ko'rish
|
9-ma‘ruza. IX bob. Sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalari
• m • .
Ortiqcha bosim miqdorini aniqlagandan yuborilayotgan havo miqdorini ham aniqiash mumkin: Q = / 2qAP bunda, /—havo miqdori koeffitsiyenti; f-havo chiqarib yuboruvchi teshik kesim yuzasi. Soddalashtirilgan holda bu formula ko’nishiga ega bo’ladi. Q =4.04 VA P Agar chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, kirib kelayotgan havo miqdoriga teng desak, unda biz kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan havo harakat tezligini topishimiz mumkin; V= 2 F bu yerda F — havo chiqib ketiyotgan tirqish kesim yuzasi. 67 Chang tozalagichlarning turlari ko'p. Ularni qo'llaganda asosan chang tozalovchi qurilmaning ishlatish jihatidan qulayligiga, uning chang tozalash darajasiga va arzon-qimmatligiga qarab tanlanadi. Havoni tozaiashni va atmosferaga chiqarib yuborishni tashkil qilish Ajralib chiqadigan havoni tozalash uni zararsizlashtirishning muhim bosqichi hisoblanadi, shu yo’l bilan zavod territoriyasidagi va korxona tashqarisidagi havo muhitining ifloslanmasligi ta'minlanadi. Zavod va fabrika atrofidagi sanitariya- himoya zonalarida havoning ifloslanishidan saqlash ham katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda havo atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manba ishlab chiqarish korxonalaridir. Kimyo sanoati bularning eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim muammolaridan biri bo’lib,bu ishga butun dunyo mutaxassislarining diqqat e'tiborini jalb qilmoqda. 9 Havoni changdan tozalashda turli vositalardan foydalanadi. 9.3 Havoni mo'tadillashtirish Havoni mo’tadillashtirish sanoat korxonasi xonalaridagi havo holatini ichki omillar issiqlik ajralib chiqishi, namlik va tashqi omillar havoning issiq- sovuqligidan qat'i nazar, avtomatik ravishda bir xil me'yorida yoki berilgan programma asosida havo parametrlarini saqlab turish tushuniladi. Havoni mo'tadillash sanitar-gigienik sharoitini yaxshilashdan tashqari texnologik talablar asosida ham o'rnatilishi mumkin. Masalan, kimyoviy tolalar ishlovchi ba'zi bir sexlar havoning parametrlarining doimiy bo'lishini taqozo qiladi. Bunday hollarda sexlar deraza va framugalarsiz bo'lib, undan havoning birliklarini mo'tadillashtirish qurilmalari ta'minlanadi. Ba'zi hollarda havoni mo'tadillashtirish ish sharoitida vujudga keladigan statik zaryadlarni namlikning ko'payishi hisobiga yo'qotish maqsadida qo'llaniladi. Havoni mo'tadillashtirish uchun maxsus konditsionerlardan foydalaniladi. Har xil maqsadlar uchun ishlatiladigan konditsionerlarning seksiyalari nusxalari tayyorlangan va bu seksiyalar yordamida istagan ishlab chiqarish sharoiti uchun kerakli ishlab chiqarish hajmiga va ehtiyojiga moslashtirilgan kondrtsionerlar tayyorlash imkoniyatini mavjud. Seksiya, nusxalari havo qabul qilishini ta'minlaydi, uni filtrlab tozalaydi, issiq yoki sovuq bilan ta'minlaydi, harakatga keltiradi, namlaydi va boshqa jarayonlarni bajaradi. Konditsionerning. ehtiyoji bo'lmagan seksiyalarini o'chirib qo'yish mumkin. Konditsionerlarni montaj qilish sistemasini, seksiya tiplarini, tiplashtirilmagan shamollatish elementlari bilan qo'shib, o'zgartirish mumkin. Konditsioner sistemasini har xil datchiklar va qurilmalar o'rnatib avtomatik rejimga keltirish mumkin. 13-rasmda konditsionerlarning tuzilish chizmasi ko'rsatilgan. Havo konditsionerlarga havo o'tkazgich (1) orqali qabul qilinadi, filtr (2) orqali o'tib har xil iflosliklardan tozalaniladi va I kameraga o'tadi va bu yerda qish vaqtida isitiladi, yoz vaqtida sovutiladi. Undan keyin havo II kameraga o'tadi, unda havoga (5) forsunkalar yordamida suv tomchilari purkash bilan namlanadi. Bundan tashqari bu yerda havo qo'shimcha isitilishi yoki sovutilishi mumkin. So'ngra hayo III kameraga o'tadi va bu yerda ikkinchi bosqich kaloriferlar (7) bilan uning harorati ishchi xonalariga yuborish uchun kerakli holatga keladi. Uni ventilator (9) yordamida havo o'tkazgich orqali xonalarga yuboriladi. Agar xonada havo zarari maddalar bilan ifloslanmayotgan bo'lsa, unda uni o'tkazgich (3) orqali qaytadan ishlov berib, aylanma tizim tashkil qilish mumkin 10 8- rasm. Sanoat konditsionerlarining tuzilish chizmasi 9.4 Avariya shamollatish tizimi Avariya shamollatish sistemasi, avariya natijasida yoki texnologiyani buzilishi natijasida sanoat korxonasi xonasiga birdaniga ko'p miqdorda kimyoviy zararli va portlash xavfli bo'lgan moddalar yig'ilganda, ularni xonadan qisqa muddat ichida chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Avariya shamollatish sistemasi havo so'rish usulida bajariladi. Bunda so'rilgan havoning o'rniga havo yuborish mumkin emas, chunki havo oqimi natijasida zararli moddalar qo'shni xonalarga tarqalib ketishi mumkin. Bunda xonadagi havoning so'rib olish natijasida yangilanish darajasi tarmoq bo'yicha xavfsizlik texnikasi va promsanitariya qoida va normalarida keng chegaralarda beigilanadi. Masalan, kaprolaktam ishlab chiqarishda havo almashtirish 15 marta, benzol hosil qilish sexida 10 marta, reaktor bo'limlarida 5 marta bo'lishi kerak. Havo almashtirish darajasini belgilashda avariya natijasida hosil bo'ladigan moddaning zaharliligi va miqdoridan tashqari bu moddaning ruxsat etiladigan miqdoriga qadar suyultirishga ketadigan vaqtni ham hisobga olish muhim. Chunki bunday hollarda avariya rivojini bartaraf etish maqsadida bu zonaga xizmat ko'rsatish va remont qiluvchi ishchilarni kirishga to'g'ri keladi. Avariya ventilatorlari analizatorlari xavfli holatni ko'rsatishi bilanoq avtomatik ravishda ishga tushishi kerak. Bundan tashqari zonaga kirish joyida maxsus uzoqdan turib ishga tushirish pulti o'rnatilgan bo'lishi kerak. 9.5. Mahalliy shamollatish tizimi Mahalliy shamollatish sistemalari zararli moddalarning ajralib chiqayotgan joylarning o'zida ishlab chiqarish zonasidagi havoga aralashib ulgurmasdan ushlab qolish va chiqarib yuborishni ta'minlashi zarur. Gigiena nuqtayi nazaridan mahalliy shamollatish zararli moddani ishchi nafas olish organlariga yetib bormasligini yoki kamaygan miqdorda yetib borishini ta'minlaydi. Bu shamollatish sistemasida atmosferaga chiqarib yuborilayotgan havodagi zararli moddalar oz havoni chiqarish bilan shamollatishni yengillashtiradi. Kiritilayotgan havoga ishlov berish va tozalash kerak bo'lmaydi va bu iqtisodiy jihatidan yaxshi natija beradi. Mahalliy shamollatishning turlari . 11 juda xilma-xil. Shulardan ba'zi birlari bilan tanishib o'tamiz. Havo so'ruvchi shkaf (14-rasm, a) asosani kimyo laboratoriyalarida ishlatiladi. Bu shkafning yuqori qismida yengil gazlarni yig'ish uchun ma'lum hajm miqdorida kenglik qoldiriladi. Shkafning texnologik eshikchasi oldidagi havoning harakati 0,5 m dan kam bo'lmasligi kerak. Agar ajralib chiqayotgan gaz og'ir va zaharli bo'lsa, havo tezligi 0,7-1 m/s miqdorda belgilanadi. Bu shkafdan chiqarib yuborilayotgan havo miqdorini hisoblab chiqish mumkin. L = 3600 V(F ish =F q )a +VT bunda, L— shkafdan so'rib chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, о m /soat;. V—ma'lum kesim yuzasidagi havo tezligi, m/s; xizmat eshikchasi yuzasi, m; Fq—qo'shimcha eshikcha va tirqishlar yuzasi, m 2 ; a —hisobga olish mumkin bo'lmagan zichlanmagan yerlardan so'rilishh mumkin bo'lgan havo hisobiga olinadigan koeffitsiyent, odatda, bu koeffitsiyent I,I qabul qilinadi. Zararli moddalar ajralishi mumkin bo'lgan texnologik jarayonlarni qobiq bilan o'rashga harakat qilinadi va uning bir yoki bir necha yeridan havo so'rilib, xonadagi havoga harakati qobiq ichiga qarab yo'naladi, zararli moddalar ish joylariga tarqalmasligi ta'minlanadi. fft'minlfMiftril , III a) | V ____________________________ r I --------------- -- — | Download 456.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling