9-ma’ruza. Strategiya va raqobat ustunligi


Download 1.17 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1594488
Bog'liq
4-ma\'ruza

4-MA’RUZA. STRATEGIYA VA RAQOBAT USTUNLIGI

REJA:

  • Raqobatning 5 ta umumiy strategiyasi.
  • Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun hujumkorlik strategiyasidan foydalanish.
  • Raqobat ustunligini himoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan foydalanish.
  • Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi.
  • Boshlovchilikning ustunliklari va kamchiliklari.

RAQOBAT STRATEGIYASI

Kompaniyaning raqobat strategiyasi - bu biznesga yondoshuv va mijozlarni jalb qilishga qaratilgan tashabbuslar, kompaniyaning bozordagi pozitsiyani mustahkamlash uchun olib boradigan kurashidan iborat. Bozordagi raqobatni urushga o’xshatish mumkin. Bu urushda raqiblar yarador bo’lishi, zarar ko’rishi mumkin. Bunda faqat eng yaxshi strategiya g`alaba qozonadi. Kompaniyaning raqobat strategiyasi hujumkorlik va mudofaa harakatlarini, qisqa muddatli taktik va uzoq muddatli harakatlarni o’z ichiga oladi.

Strategiyaga yondoshishning keng tarqalgan 5 ta varianti mavjud bo`lib ular quyida keltirilgan:


Xarajatlar bo’yicha ilg`orlik strategiyasi. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda to’la xarajatlarini pasaytirishni ko’zda tutadi.
Keng tabaqalashtirish strategiyasi. Kompaniya tovarlariga raqobatchi firmalar tovarlaridan farq qildiradigan o’ziga xos chizgilarni berishga qaratilgan.
Optimal xarajatlar strategiyasi. Xaridorlarga past xarajatlar va mahsulotni keng tabaqalashtirishni uyg’unlashtirish hisobiga qimmatli tovar olish imkoniyatini beradi. Asosiy vazifa o’xshash tovarni ishlab chiqaruvchilarga nisbatan optimal xarajat va past baholarni ta’minlashdan iboratdir.
Fokuslangan strategiya. Bunda strategiya past xarajatlarga asoslangan bo`lib, xaridorlarning tor segmentiga yo’naltiriladi. Bunda firma o’z raqobatchilaridan ancha past baholar hisobiga o’tib ketadi.
Ifodalangan strategiya yoki mahsulotni tabaqalashtirishga asoslangan bozor uyasi strategiyasi. Uning maqsadi - tanlangan segmentlar namoyondalarini ularning did va talablariga yanada to’laroq javob beradigan tovar va xizmatlar bilan ta’minlashdir.

RAQOBAT USTUNLIGI

Raqobat ustunligiga deyarli har doim muvaffaqiyatli hujumkor strategik harakatlar hisobiga erishiladi. Ustunlikka erishishni ta’minlash uchun muvaffaqiyatli hujumkor strategiyaga qancha vaqt talab etilishi tarmoqdagi raqobat tavsifiga bog’liq.

Muvaffaqiyatli hujumdan so’ng «mevalarning samarasini» ko’rish davri keladi. Bu davrning davomiyligi esa raqiblarga yo’qotilgan pozitsiyalarni qaytarib olish uchun hujumga o’tishga qancha vaqt kerak bo`lishiga bog’likdir.

HUJUMKOR STRATEGIYANING TURLARI


Raqobatchining kuchli tomonlariga qarshilik ko’rsatish yoki ulardan o’zib ketishga qaratilgan harakatlar.
Raqobatchining zaif tomonlaridan foydalanishga qaratilgan harakatlar
Bir nechta frontlarda bir vaqtda hujumga o’tish
Egallanmagan bo’shliqlarni egallash
Partizan urushi
Zarbalar

MUDOFAA STRATEGIYALARI

Himoyaviy strategiyaning maqsadi hujumga uchrash xavfini kamaytirish yoki ularni eng kam yo’qotish bilan o’tkazib yuborish. Himoya strategiyasi kompaniyaning raqobat ustunligini kuchaytirmasa ham, raqobat pozitsiyasi atrofida mudofaa inshootlarini tashkil etish va raqobat ustunligini saqlab qolish imkonini beradi.

Raqobat ustunligini himoya qilishning bir qancha yo’llari mavjud. Ulardan biri - raqobatchilarning sozlangan harakatlarni boshlashlari uchun xalal berish.

ASOSIY QADAMLAR


Bo`sh bozor uyalarini to’ldirish uchun mahsulot nomenklaturasini kengaytirish
Raqobatchilar ega bo`lgan yoki ega bo`lishi mumkin bo`lgan modellar va mahsulotlar sortlarini ishlab chiqish
Pastroq narxlarda raqobatchilarning mahsulotlariga yaqin modellarni taklif etish
Raqobatchilarni vositachi va distribyuterlarning taqsimlash tarmog’idan siqib chiqarish uchun ular bilan shartnomalar imzolash
Vositachilar va distribyuterlar boshqa ta’minotchilar bilan aloqa bog’lashlariga xalal berish uchun ularga sezilarli skidkalarni kafolatlash
Iste’molchilarni bepul yoki past narxlarda o’qitishni taklif etish
O’z mahsulotiga iste’molchilar talabini saqlab qolish uchun choralar ko’rish
Kreditga sotish hajmlarini oshirish
Butlovchi qismlar yetkazib berish vaqtini qisqartirish
Muqobil texnologiyalarni patentlash
Xususiy nou-xaularni himoyalash
Eng yaxshi ta’minotchilar bilan eksklyuziv kontraktlar imzolash
Raqobatchilarni yaqinlashtirmaslik uchun xomashyolarni katta hajmlarda sotib olish
Raqobatchilar bilan ishlaydigan ta’minotchilardan voz kechish
Tovarlar va raqobatchilar harakatlarni doimo nazorat qilib turish

VERTIKAL INTEGRATSIYA STRATEGIYASI VA RAQOBAT USTUNLIGI

Kompaniya mablag`larini vertikal integratsiyaga investitsiya qilishning asosiy sababi uning raqobat pozitsiyasini kuchayishidir. Agar vertikal integratsiya kompaniya xarajatlarini sezilarli darajada pasayishiga yoki qo’shimcha raqobat ustunligiga erishishga olib kelmas ekan, u strategik hisoblanmaydi va unga mablag` sarflashning foydasi yo’q.

TURLARI

VERTIKAL INTEGRATSIYANING KAMCHILIKLARI

BOSHLOVCHILIKNING USTUNLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Vaqt omili strategiyani tanlashda hal qiluvchi rol o’ynaydi: Ustunlikka erishish uchun «qaldirg`och» firmaning «qaltis vaqtda strategik harakat kerakmi yoki kerak emas?» degan savolga javob beradi.

Strategik qadamlarni birinchi bo`lib qo`ygan firma shundagina yuqori natijalarga erishishi mumkin, qachonki:

«QALDIRG`OCH»LAR UCHUN QIYINCHILIKLAR PAYDO BO’LADI, QACHONKI:


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling