9-ma’ruza. Tarmoq texnologiyasi va internet xizmatlari


Tarmoq turlari va topologiyalari


Download 1.18 Mb.
bet2/5
Sana13.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1771173
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MA\'RUZA

2. Tarmoq turlari va topologiyalari. Tarmoq topologiyasi (grekcha topos - urin) — tarmoq konfiguratsiyasini tavsiflash usuli, joylashuv va tarmoq qurilmalarining biriktirish sxemasi.
Lokal tarmoq quyidagi strukturalarga bo`linadi: «Shinasimon» (bus network) - topologiya, «Yulduzsimon» (Star Network) -topologiya, «Xalqasimon»(pya£ network) - topologiya.
Global tarmoq strukturasi bu «Daraxtsimon» topologiya;


Yulduzsimon topologiya (Star Network) — kompyuter tarmog`ining asosiy topologiyasi, unda barcha kompyuterlar markaziy tugunga (odatda tarmoq konsentratori) ulangan. Ular tarmoq segmentini tashkil etadi. Afzalliklari: bitta ish stansiyasining ishdan chiqishi tarmoqning ishlashiga ta’sir etmaydi; tarmoqning yaxshi masshtablashtirilganligi; tarmoqdagi nosozliklarni oson qidirish; tarmoqning yuqori unumdorligi (agar to`g`ri loyixa qilingan bo`lsa); Qulay 239-rasm. Yulduz topologiyasida Administrlashtirish imkoniyatlari. Kompyuterlarning ulanishi Kamchiliklari: markaziy konsentratorning ishdan chiqishi butun tarmoqning (yoki segmentning) ishdan chiqishiga olib keladi; tarmoqni montaj qilishda boshqa topologiyalarga qaraganda ko`proq kabel ketadi; tarmoqdagi (yoki segmentdagi) ishchi stansiyalar soni markaziy konsentratordagi portlar soni bilan chegaralangan.
Halqasimon topologiya (ring network)— bu kompyuter tarmog`ining topologiyasi bo`lib, unda har bir kompyuter aloqa liniyalari orqali boshqa ikkita boshqa kompyuter bilan ulangan: bittasidan faqat ma’lumot oladi, boshqasiga faqat uzatadi.


4-rasm. Xalqa topologiyasida kompyuterlarni ulanishi


Afzalliklari: uni o`rnatish osonligi; qo`shimcha qurilmalarning yo`qligi; tarmoq intensiv ishlaganda uning turg`un ishlashi (tezlikni kamaytirmasdan). Kamchiliklari: bitta ish stansiyasining ishdan chiqishi tarmoqning ishlashiga ta’sir etadi, murakkab конфигурация va настройка, nosozliklarni qidirishning murakkabligi.
Shinasimon topologiyasi (bus network) -umumiy kabeldan iborat bo`lib (shina yoki magistral deb ataladigan), unga barcha ishchi stansiyalar ulanadi. Afzalliklari: tarmoqni o`rnatishga kam vaqt ketadi; arzon (kam kabel va qurilmalar ketadi); oson настройка qilish; ishchi stansiyasining ishdan chiqishi tarmoqning ishlashiga ta’sir etmaydi.
Kamchiliklari: tarmoqdagi har qanday nosozliklar (kabelning uzilishi, terminatorning ishdan chiqishi) tarmoqning ishdan chiqishiga olib keladi; nosozliklarni lokallashtirishning murakkabligi; yangi ishchi stansiyalarning ulanishi tarmoq tezligini pasaytiradi.
Gibrid topologiyasi — katta tarmoqlarda kompyuterlar orasida erkin aloqa o`rnatish uchun ishlatladigan topologiya. Bu tarmoqlarda erkin bog`langan fragmentlarni ajratish mumkin. Shuning uchun bunday tarmoqlarni aralash topologiyali tarmoqlar deyiladi.
3. Kompyuter tarmog`ining apparat va dasturiy ta’minoti. Tarmoq qurilmalari — kompyuter tarmog`ining ishlashi uchun zarur bo`lgan qurilmalar.

Marshrutizator yoki router (ingl. Router) — tarmoq topologiyasi haqidagi ma’lumot va berilgan qoidalar asosida paketlarni tarmoq segmentlari orasida uzatish haqida qaror qabul qiluvchi qurilma.
Tarmoq kommutatori yoki svitch (ingl. switch — o`tkazgich (переключател)) — bitta segment chegarasida kompyuter tarmog`ining bir nechta tugunini birlashtiruvchi qurilma.
Konsentrator trafikni bitta qurilmadan boshqa barcha qurilmalarga yuborsa, kommutator ma’lumotlarni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu esa ma’lumotlar almashish tezligini va tarmoq xavfsizligi oshiradi. Tarmoqning boshqa segmentlarini ular uchun mo`ljallanmagan ma’lumotlarni qayta ishlashdan ozod qiladi.
Tarmoq, konsentratori (ingl. hub — faoliyat markazi) — bir nechta qurilmalarni bitta umumiy segmentga birlashtiruvchi tarmoq qurilmasi. Qurilmalar kabellar yordamida ulanadi.

5-rasm. Konsentrator yoki kommutator orqali tarmoqqa ulanish
Kabel yordamida bog`lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o`ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog`lanadi.
Kommutatsiya paneli (kross-panel, patch-panel) —kabel sistemasining tarkibiy qismi. Birlashtiruvchi razyomlardan tashkil topgan paneldan iborat. Kommutatsiya paneli passiv tarmoq qurilmasiga kiradi.

6-rasm. Kommutatsiya paneli ko`rinishi.

O`rama juft kabel (витая пара) (ingl. twisted pair) — aloqa kabelining turi. Telefoniyada foydalaniladigan eshilgan sim juftidan iborat. U ekranlangan va ekranlanmagan bo`lishi mumkin. Ekranlangan kabel elektr magnit halaqitlariga ancha bardoshli bo`ladi. Ushbu kabelning kamchiliklari signallarning so`nish koeffitsiyenti yuqoriligi va elektrmagnit halaqitlariga yuqori darajada sezgirligi, shuning uchun o`rama juftlikdan foydalanishda faol qurilmalar o`rtasidagi eng yuqori masofa 100 metrgacha bo`ladi.


Koaksial kabel. (Coaxial cable). Bu kabeldan ma’lumotlar uzatishning ikkita turli tizimida foydalanilish mumkin: signalni modulyatsiyalab va modulyatsiyalamasdan uzatish. Birinchi xolda raqamli signal SHK dan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday shaklda foydalaniladi va darxol kabel bo`ylab qabul qilish stansiyasiga uzatiladi. U tezligi 10 Mbit/sek gacha va eng yuqori ta’sir radiusi 4000 m bo`lgan bitta uzatish kanaliga ega. Ikkinchi xolda raqamli signal analogli signalga aylantiriladi va u qabul qilish stansiyasiga yo`naltiriladi, u yerda u yana raqamli signalga aylantiriladi. Signalni aylantirish operatsiyasini modem (modulyator/demodulyator) bajaradi; har bir stansiya o`z modemiga ega bo`lishi kerak. Ma’lumotlarni uzatishning bu usuli ko`p kanalli (o`nlab kanallar bo`yicha uzatishni ta’minlaydi, buning uchun faqat bitta kabeldan foydalanadi) hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarni video signallarni, ma’lumotlarni uzatish mumkin. Kabel uzunligi 50 km gacha yetishi mumkin.


7-rasm. Koaksial kabel (Coaxial cable) ni ko`rinishi Optik tolali kabel (fiber-optic cable) - tarmoqda foydalaniladigan eng yangi texnologiya xisoblanadi. Bunda axborot eltuvchi yorug`lik nuri bo`ladi, u tarmoq tomonidan o`zgartiriladi va signal shaklini oladi. Bunday tizim tashqi elektr halaqitlariga bardoshli va shuning uchun ma’lumotlarni tez (2 Gbit/s gacha) va xatosiz uzatish mumkin bo`ladi hamda uzatilayotgan axborotning maxfiyligini ta’minlaydi. Bunday kabellarda kanallar soni juda ko`p bo`ladi. Ma’lumotlar faqat simpleks rejimida uzatiladi, shu sababli ma’lumotlar bilan almashinishni tashkil etish uchun qurilmani ikkita optik tola bilan ulash zarur (amaliyotda optik tolali kabel hamma vaqt juft tolali bo`ladi). Kamchiliklari qatorida qiymati yuqoriligi va ulash murakkabligini ko`rsatish mumkin.



8-rasm. Optik tolali kabel (fiber-optic cable) ni ko`rinishi


Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko`rsatadigan xizmati bilan o`lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi xamda unga kirish uchun uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko`plab foydalanuvchilar foydalanishi uchun mo`ljallangan bo`lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti ko`pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo`lgan tarmoqning bosh kompyuteri resurslarini taqdim etishga mo`ljallangan. U fayl - server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo`lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bo`lishi mumkin Fayl-server-bu serverning eng umumiy turi. Ta’kidlash joizki, fayl-serverning disk sotimi odatdagi kompyuterlarnikidan ko`p bo`lishi kerak, chunki undan boshqa kompyuterlar foydalanadi.
Tarmoqlarda bir qancha fayl - serverlar bo`lishi mumkin. Masalan, printer, modem, maksimal aloqa uchun qurilma. Fayl - server resurslarini boshqaruvchi va ko`pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta’minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi. Ishchi stansiyada faqat resurs va fayl - server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig`idagi interfeys vazifasini bajaruvchi uncha katta bo`lmagan qobiq joylashtiriladi.
Ushbu tamoyil doirasida ishlashga mo`ljallagan dasturli tizimlari foydalanuvchiga fayl - serverdan foydalanish imkonini beradi. Qoida bo`yicha ushbu dasturli tizimlar faylli serverda saqlanishi va barcha foydalanuvchilar tomonidan bir vaqtda foydalanishi mumkin. Lekin, bu dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bo`lganda foydalanuvchi kompyuteriga, ya’ni ishchi stansiyaga o`tkaziladi va kerakli ishni bajaradi. Bunda barcha ma’lumotlarni qayta ishlash (agar ular umumiy resurs bo`lsa va faylli serverda saqlanayotgan bo`lsa ham) foydalanuvchining kompyuterida amalga oshiriladi. Shubxasiz, buning uchun ma’lumotlar saqlangan fayllar foydalanuvchining kompyuteriga ko`chirilishi kerak.
Ikkinchi tamoyil "kliyent-server" arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta’minoti resurslardan jamoa bo`lib foydalanishgagina mo`ljallanib qolmay, ularni qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko`ra resurslarni joylashtirishga ham mo`ljallangan. "Kliyent - server" dasturiy tizimi serverning dasturli ta’minoti va foydalanuvchi-kliyentning dasturli ta’minotidan iborat.
Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: kliyent-dasturlar foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida ishlaydigan dastur - serverga so`rov jo`natiladi. Ma’lumotlarning asosiy qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi va foydalanuvchi kompyuterga faqat bajarilgan so`rov natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma’lumotlar (bir necha 40 Gigabayt va undan ko`p) bilan ishlashga mo`ljallangan bo`lib, ko`p sonli foydalanuvchilarning yuqori unumli ishlashini, ishonchlilikni va ximoyalanganlikni ta’minlaydi. Global tarmoqlari ilovalarida kliyent- server arxitekturasi (ma’lum ma’noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi mashxur Web – serverlar.
FTD serverlar, elektron pochta serverlari ma’lum. Sanab o`tilgan xizmat turlarining kliyent dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmat olish va ulardan javob olish uchun so`rash imkoniyatini beradi.
Taqsimlanadigan resursga ega har qanday kompyuter tarmog`i server deb yuritilishi mumkin.

2. Internet xizmatlari. Internetda axborot qidiruv tizimlari


Reja:

  1. Internet xizmatlari

  2. Internet axborot qidiruv tizimlari

  3. Axborot qidirish usullari.

Tayanch iboralar: WWW resurslar, elektron pochta, xosting xizmati, internet konferensiya, qidiruv tizimi, fayllar almashish protokoli, Forum, Blog, ijtimoiy tarmoq, chat, messenjer, raqamli televideniye, IP telefoniya, brouzerlar, provayderlar, intenet manzillar, URL manzil, qidiruv tizimlar, qidiruv usullari, web ilova, vikipediyalar,


1. Internet xizmatlari


Internet tarmog`i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar quyidagilar: WWW Internet resurslarini tashkil etish, o`qish, elektron pochta, Web hosting - Shaxsiy veb saytlarni Internetga joylashtirish, Internet conference - Internet orqali video muloqot, Searching - Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish, FTP fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqatda bo`lish, tarmoqda xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash, Web-forumlar, Bloglar, Ijtimoiy tarmoqlar, Internet-magazinlar, Yangiliklar, Messendjerlar, IPTV Internet tarmog`i orqali raqamli televideniya, IP telefoniya - Internet tarmog`i orqali telefon so`zlashuvlar tarmoqdan foydalanish va boshqalar.
Katta xajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTP (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTP serverda yangi papka yaratish, unga ma’lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko`chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suxbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq masofadagi dustlar bilan suxbatlashishda telefon aloqasi o`rnini bosmoqda. Buning uchun internetga bog`langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo`lishi kifoya.
FTP (File transfer Protocol) fayl almashish protokoli internet standarti bo`lib, internetda boshsa kompyuterlar bilan fayl ma’lumotlarini jo`natish va yuklashga ruxsat beradi. Ma’lumotlarni jo`natish yuklashning aksidir: ma’lumotlarni jo`natish internetda kompyuteringizdan serverga xujjatlar, grafiklar va boshqa predmetlarni o`tkazish jarayonidir. Web saxifa mualliflari masalan, odatda web saxifalari ma’lumotlarini web serverga jo`natishda FTP dan foydalanishadi.
Ko`plab operatsion tizimlar FTP imkoniyatlarini o`z ichiga oladi. Agar sizda yo`q bo`lsa, FTP dasturini arzon narxda webdan yuklab olishingiz mumkin. FTP server foydalaniuvchilarga FTP dan foydalanib ma’lumotlarni jo`natish yoki yuklashga imkoniyat yaratidigan kompyuterdir. Muayyan tarzda FTP serverda joylashgan matn, grafika, audiokliplar, videokliplar va dastur fayllarini o`z ichiga oluvchi FTP sayti majmuidir.
Ko`p FTP saytlar noma’lum FTP saytlarga ega, xohlagan foydalanuvchi barcha turdagi fayllarni o`tkazib olishi mumkin. Ba’zi FTP saytlar vakolat huquqiga ega bo`lgan akkaunt (foydalanuvchi nomlar va kodlari) lariga fayl o`tkazmalarini FTP serverda cheklaydi.
FTP saytlaridagi katta hajmdagi xujjatlar odatda ombordagi bo`shliq va yuklash vaqtini kamaytirish uchun ixchamlanadi. Ixchamlangan fayldan foydalanishdan oldin uni kengaytirishingiz lozim.
Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder - Internet tarmog`i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet provayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko`rsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi.
Xozirgi kunda O`zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko`rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.
Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi. Internet tarmog`ida foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish uchun WEB serverlar ko`riladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday serverlarni qanday ko`rishga bog`liq.
Bugungi kunda brouzerlarning juda ko`plab turlari mavjud. Eng mashxurlari: Internet Explorer (Windows operatsion tizim tarkibidagi dastur), Opera, FireFox.

Firefox Internet Explorer Opera
9-rasm. Brauzer dasturlarni ko`rinishi.
Web manzillar
Web saxifa URL (uzgarmas resurs joylashtiruvchi) yoki Web manzillar deb atalgan saxifaga ega. Masalan, AQSH ning Milliy Park Xizmati Web sayti uchun HTTP://www. nps.gov Web manzildir. Web brauzer web saxifani web manzildan foydalanib saytdan topadi.
Agar Web saxifani Web manzilini bilsangiz brauzer oynasining yuqori qismidagi bo`sh joyga manzilni yozishingiz mumkin. Masalan HTTP://www. nps.gov/srsm/planyour/visit/wildlifeviewins. htm web manzilini yozib va enter tugmasini bossangiz brauzer, web saxifani rasmda ko`rsatilgandek namoyish etadi.



10-расм.


HTTP://www.nps.gov/grsm/planyour/visit/wildlifeviewing.htm web manzili yozilganda ochilgan oyna namoyish etilgan Web manzil protokol, domen nomi va ba’zida web saxifa yoki undagi manzilga yo`lni o`z ichiga oladi. Ko`plab web saxifalar quyidagi http:// bilan boshlanadi. Http (Hypertext Transfer Protocol) bu saxifalar qanday qilib internetda ma’lum bir qoidalar orqali aniqlashdir. Xatolarni kamaytirish uchun ko`plab brauzerlar va web saytlar http:// va web manzillarni bo`lagiga kirishni tavsiya qilmaydilar. Agarda noto`g`ri Web manzilga kirsangiz, brauzer siz tanlagan Web saytga o`xshash manzillarni ko`rsata boshlaydi.
HTTP://www. nps. sov/srsm/planyour/visit/wildlifeviewins. htm/nps. gov manzilga kirganingizda, nps.gov web saytini o`z ichiga oladigan web serverga so`rov yuboriladi. Server /grsm/planyour/visit/ saxifasida joylashgan ushbu wildlifeviewing.htm nomli web saxifani qayta ochadi va sizning brauzeringizga jo`natadi va ochiladi.
Foydalanuvchilar vaqtni tejash maqsadida ko`p marta murojat qilinadigan web saxifalarga belgilar qo`yib ketishadi. Belgilab qo`yilgan web manzillar ro`yxati избранное bo`limida turadi. Brauzerda web manzilga kirsangiz web serverga so`rov jo`natgan bo`lasiz. Ob - xavo haqida ma’lumotni yangilab turuvchi, sport haqida yangiliklarni muntazam yuborib turuvchi dasturlarni web brauzer amalga oshiradi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling