Yarim о‘tkazgichlarning xususiyati ularning о‘tkazuvchanligini tashqi ta’sirlar (temperatura, yoritilganlik, radioaktiv nurlanish) ostida, shuningdek uncha katta bо‘lmagan miqdorda aralashma atom kiritish (legirlash) natijasida о‘zgartirish imkonining mavjudligidadir. Ularning bu xususiyatlaridan qattiq jism elektronikasida yarim о‘tkazgichlardan amalda foydalanish asosini tashkil etadi. Kimyoviy tarkibiga kо‘ra yarim о‘tkazgichlar faqat bitta kimyoviy element atomidan iborat elementar, ikki va undan kо‘proq kimyoviy elementlar atomlaridan iborat bо‘lgan kompozitsion, yoki murakkab holda bо‘ladi.

Yarim о‘tkazgichli diodlar
Zamonaviy texnika sohalarida qо‘llaniluvchi elektron qurilmalar asosan yarim о‘tkazgichli diodlar va bir nechta о‘tishli asboblardan tashkil topgan. Bunga yarim о‘tkazgichli asboblarning о‘lchamlari va vazni kichikligi, foydali ish koeffitsiyentining yuqoriligi, uzoq muddat xizmat qilishi va yuqori chidamligi kabi afzalliklarga egaligi asos bо‘lgan.
Yarim о‘tkazgichli diod bu bitta elektr о‘tish (r-n о‘tish) li va yarim о‘tkazgichga jipslashtirilgan metalldan chiqarilgan ikki chiqishga ega asbobdir. Elektr о‘tish asosan ikki turdagi elektr о‘tkazuvchanlikka ega aralashma (ryoki n- tipdagi) orasida hosil bо‘ladi. Bu sohalardan biri (kichik qarshilikli) emitter, boshqasi (yuqori qarshilikli) baza deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |