9-Mavzu: “Adsorbentlar va ularning xarakteristikasi”
Download 1.16 Mb.
|
Dilbar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adsorbent xili Ssol, m2/g Dispersligi va strukturasi Vakillari
“Adsorbentlar va ularning xarakteristikasi”1. Adsorbentlarning gazlarni yutishi 2. Gazlarning adsorbentga yutilish jarayonini namoyish qilish. 3. Adsorbentlar xillari. Gidrofil va gidrofob adsorbentlar 4. Gidrofob adsorbentlarni namoyish qilish. 5. Molekulyar va ionli adsorbsiya Ma`lumki har qanday adsorbentning gazlarni yutish qobiliyati uning g`ovakligiga, fizik xossalariga bog`liq. Gazlar kristall adsorbentlardan ko`ra amorf adsorbentga yaxshiroq adsorblanadi, chunki amorf adsorbent sirti tekis bo`lmay, ga`dir-budur bo`ladi. kristall adsorbentda esa asosan qirra va cho`qqilar adsorbsiyada ishtirok etadi. Adsorbent eng muhim xossalaridan biri ularning g`ovakligi hisoblanadi. G`ovaklarning hajmini o`lchash uchun paromer deyiladigan maxsus asbob qo`llaniladi. G`ovak adsorbentlarning solishtirma sirti katta bo`ladi. Eritmalarda sodir bo`ladigan reaksiyalar natijasida cho`kma holida ajralib chiqadigan (masalan, BaSO4) yoki qattiq jismlarni maydalab tayyorlanadigan nog`ovak adsorbentlarning solishtirma sirtlari kichik bo`ladi (1-10 m2/g); ular kam ishlatiladi. Ko`proq ishlatiladigan nog`ovak adsorbentlar jumlasiga organik va kremniy organik moddalarning chala yonish mahsulotlari (qora qurum, oq qurum) shuningdek, kremniy galogenidlari (SiCl4, SiF4) ning suv bug`I bilan gidrolizlanish mahsulotlari (aerosillar) kiradi. Bu adsorbentlarning solishtirma sirtlari 100 m2/g ga yetadi. G`ovak adsorbentlar odatda kukun holida ishlatilmasdan, mustahkam granula yoki tabletka shaklida ishlatiladi. 1-jadvalda nog`ovak va g`ovak adsorbentlarning ba`zi xarakteristikalari keltirilgan.
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling