9-mavzu: arablarning o’rta osiyoni istilo etishi va ularning movarounnahrdagi boshqaruvi : ijtimoiy siyosiy jarayonlar


Download 46.67 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi46.67 Kb.
#1459413
  1   2
Bog'liq
9 Mavzu ,Husanboyev Azizjon Arablar bosqini 311 guruh talabasi Husanboyev Azizjon


9-MAVZU: ARABLARNING O’RTA OSIYONI ISTILO ETISHI VA ULARNING MOVAROUNNAHRDAGI BOSHQARUVI : IJTIMOIY – SIYOSIY JARAYONLAR
R E J A:

  1. Turkiston yerlarining arablar tomonidan bosib olinishi.

  2. Arablar davrida Turkiston o’lkasida ijtimoiy-iqtisodi hayot.

  3. Arablar davrida Turkistonda boshqaruv tuzumi.

  4. Islomlashtirish siyosati.

Arablarning mamlakatimiz hududiga uyushtirgan harbiy yurishlarini ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi davr 650-705-yillarni o'z ichiga olsa, ikkinchi davr 705-yildan keyingi davrdir. Arablar birinchi davrda O'rta Osiyo hududlarini zabt etishni eraas, balki bunday maqsaddagi harbiy yurishlar uchun tayyorgarlik ko'rish, mahalliy hukmdorlarning kuch-qudratlarini sinovdan o'tkazish, o'lkaning geografik joylanish hududiy sharoitlarini o'rganish va kichik-kichik harbiy yurishlar qilib, o'lkaning boylik va o'ljalarini tashib olib ketishni o'z oldilariga vazifa qilib qo'ygan edilar. Birinchi yurish 651-yilda noib Abdulloh ibn Amir hukmronligi davrida bo'lgan. 651-652-yillarda arablar Xurosondagi bir qator shaharlarni egallab, Balx va Chag'oniyonni bosib oladilar. 666 (46)-yilda Ziyod bin Abu Sufyon Amudaryo bo'ylariga keladi, Marvni qayta talaydi . 670-yilda Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoroga qo'shin tortib keladi, Romiton va Boykandni egallaydi.
Buxoroda bu davrda taxtni malika Xotun boshqarar edi. 676 (56)-yilda Buxoroga Sa'id ibn Usmon qo'shin tortib kelgan. So'g'diyona, Kesh, Nasaf qo'shinlarini tor-mor qilgan. Ana shu yurishlar davrida arablar O'rta Osiyodan juda ko'plab zeb-ziynat, boyliklar va asirlarni o'z yurtlariga olib ketadilar. Movarounnahrning Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo‘shini tomonidan istilo qilinishi. VII asr o‘rtalariga kelib, xalifalik e’tibori O‘rta Osiyo yerlarini bosib olishga qaratiladi. 651-yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so‘ngra Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlami Xuroson deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan noib orqali boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar Amudaryodan shimoldagi boy viloyatlami istilo etishga tayyorgarlik ko‘radilar. Bu yerlami arablar Movarounnahr, ya’ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta’kidlab o‘tmoq joizdir. Uning birinchi bosqichi - VII asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshilari qo‘shini Amudaryo atrofidagi hududlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu yerlarning boyliklarini talab, ma’lum o’ljalami qo’lga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish mumkin. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - bu hududlami yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko‘rish edi.
Masalan, arab lashkarboshilari Ziyod ibn Abu So‘fiyonning 654-yilda Maymurg‘ga, 667-yilda Chag‘oniyonga, 673-yilda uning o‘gli Ubaydulla ibn Ziyodning Amudaryodan o‘tib, Poykand, Romiton yerlarini egallashi, so‘ngra Buxoro hukmdorini yengib, o‘z foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklarni qo’lga kiritishi va, nihoyat, 675-676-yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo‘shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlami yengib, katta boylik va ko‘p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular O‘rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar. O’lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to‘g‘ri keladi. Xususan, 704-yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O‘rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707-yilda Amudaryodan o‘tib, Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini yengib shahami qo’lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og‘ir janglar bilan fath etiladi. 710-yilda Qutayba mahalliy hukmdorlarning o‘zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug‘dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko‘radi.
Shu orada Xorazm shohi Chag‘on o‘z ukasi Xurzod boshchiligida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonidan qo‘rqib, 711-yilda yordam so‘rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib, Xorazmga yurish boshlaydi. Xurzod tor-mor qilinadi va o’ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o‘z mustaqilligini yo‘qotib, xalifalikka tobe bo’lib, uning tojdoriga aylanadi. Chag‘onning qo‘shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 712-yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G‘urak edi. G‘urak arab qo‘shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng bo’lmaganligi sababli yengiladi. Qutayba bilan G‘urak (709-738) o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan, u arablarga bir yo’la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirham hisobida boj to‘lash, 30 ming baquvvat yigitlami qul o‘rnida berishi ko‘zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o‘z joyidan mahrum etiladi. Arab qo‘shini 713-yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab, O‘rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg‘ona vodiysini egallaydi, ko‘p o‘tmay, o’lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin ishg‘ol qilinadi. Shu tariqa, 10 yil davom etgan qirg‘inborot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Arablar Movarounnahrni istilo qilganidan so'ng, bu hududning yer-mulklari xalifaga qarashli bo'lib qoldi. Ilgarigi yerlar, masalan, Buxoroda yirik zodagon qatlam - buxorxudotlarning xususiy mulki sanalsa, endilikda ular xalifalik mulklariga aylandi. Yirik yer egalari - dehqonlar arab xalifaligi davrida ham o'z yerlarining egalari bo'lib qoldilar, biroq ular endilikda ijaradorga aylanib, daromadning ma'lum qismini xaljfalik xazinasiga jo'natish majburiyatini olgan edilar. Ko'p xudolilikka sig'inuvchi xalqlarning hududlari arablar tasarrufiga o'tganidan so'ng, bu aholining katta qismi, asosan islomni qabul qilmaganlar soliq to'lovchilar sanalar va ular zimmiylar deb atalar edi.
Movarounnahrdagi qishloqlarda yerlar mayda xo'jaliklar tomonidan ishlov berilgan. Yirik yer egalari - dehqonlar yerlarini mayda bo'laklarga taqsimlab ziroatkorlarga ijara tarzida bo'lib berishgan. Mehnatkashlar tarkibiga yarim ozod kadivarlar, ozodlikka chiqqan qullar va qaram qullar kirar edi. Dehqonlarning arablar bilan yaqinlashuvi, ularni istilochilar uchun ishonchli xizmatkorligini ta'minlash bilan bir qatorda, yer-mulklari va boshqa boyliklarini muhofaza qilinishiga imkoniyat yaratdi. So'gdiylarning asosiy qismi jiz'ya va xiroj to'lashgan (jiz'ya jon solig'i bo'lsa, xiroj yer solig'i hisoblanar edi). Xiroj hosilning ma'lum miqdorida, ko'pincha u yalpi mahsulotning uchdan bir qismi hisobida olingan. Soliqning bunday turi «muqassama» degan nomda ham aytilgan .
Movarounnahrning xiroj to'lovchi mehnatkashlar guruhi «harros» atamasi bilan nomlangan. Xo'janddagi aholining qo'zg'oloni 723-yilda bostirilgandan so'ng arablar jamoatchilarni xiroj va jiz'ya solig'i to'lashga majburlab, ularning bo'yinlariga qo'rg'oshindan qilingan muhrlar - xavatim osib yurishni talab qilganlar. Bunday muhrlarda ma'lum joyning norfii bilan bir qatorda to'lanadigan soliq miqdori qayd etilgan. Arab manbalarida ijarachilar akkor, sharik, munasif, fors manbalarida barzikor yoki kadivar deyilgan.Movarounnahr va unga qo'shni hududlarda jamoachilar soliqlar, uzluksiz urushlar, talon-tarojlardan qiynalib yirik yer egalaridan panoh izlashga intilishgan. Bu jarayonda jamoachilar yerni ishlash huquqini saqlab qolgan holda yirik zamindorga soliq to'lash asosida o'zaro kelishib olganlar. Zamindorlarning jamoachilar bilan bunday munosabati «ilja'», «at-talji'a», «al-malaja» atamalari bilan izohlangan.Soliq yig'uvchilar «amil» degan nom bilan yuritilardi. Bag'doddan Buxoroga maxsus soliq yig'uvchi kelib, soliqlarni o'zi jamlab olib I ketardi. Soliqlar pul yoki mahsulot shaklida olingan.
Soliq Movarounnahrda boshqa viloyatlardagi singari uch xil shaklda yig'ilgan: 1. Qavonin yoki muqati'a - mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan yig'in. 2. Maqosima - hosilning ma'lum ulushi miqdorida to'langan. Uning hajmi sug'orishga bog'liq holda belgilangan. 3. Misoxa - yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo'lib, unda ekin ekilishi yoki ekilmasligiga e'tibor berilmagan. Shunday qilib, xiroj xalifalikning mulki va xazinaga tushadigan daromadning asosini tashkil etar edi. Yer solig'ining bir qismi sug'orish inshootlari barpo etishga sarflangan, boshqa qismi esa xalifa xazinasini fo'ldirar edi.
Oziq-ovqat narxi oshgan taqdirda, soliq to'lovchilardan ortib qolgan mahsulot ham yig'ilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashgan taqdirda soliq to'lovchilardan faqat mahsulot olinar edi. Mabodo soliq to'lashga qurbi yetmasa, u holda sotib olib bo'lsa ham to'lashga majbur edi. Soliq yig'uvchilarning o'zboshimchaliklari, talon-tarojliklar, urushlar, hosilsizliklardan zarar ko'rgan oddiy ijaradorlar tobora xonavayron bo'lib bordilar. Movarounnahrda bu jarayon ijtimoiy toifalar orasidagi farqni keskin o'zgartirdi. Ozod va erkin jamoachilar orasidan ko'pchiligi yer-mulkni ijaraga olib soliq to'Jar va umuman zodagon kishi - dehqonga qaram edi. Soliq yig'ish va xalifalik xazinasini toidirishning boshqa bir usuli - bu islomni qabul qilmaganlardan jon solig'i va xiroj olinishi bo'lgan. Isyon ko'targan va qo'zg'olonlarda qatnashgan aholining mulklari. tortib olinar, o'zlari qatl qilinar, ular joylashgan joylar iqta tarzida harbiylar va amaldorlarga bo'lib berilar edi.
Shu tarzda xalifalik iqtisodiy hayoti Movarounnahrdagi xo'jalikka, aholi turmushiga katta ta'sir ko'rsatdi. Arab xalifaligidagi ichki sulolaviy kurashning o‘lkamiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri haqida gapiradigan bo’lsak , quydagi misollarni keltirishimiz mumkin : -
- Abu Muslim boshchiligidagi harakat.
- Mustamlaka zulmining yanada kuchayishi.
- Muqanna qo‘zg‘oloni va uning tarixiy ahamiyati.
- O‘rta Osiyoda arablarga qarshi xalq qo‘z- g‘olonlari.
- Sug‘diyonada 720-722-yillarda G‘urak va Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olon.
- 725-729-yillarda Samarqand, Buxoro, Xuttolondagi qo‘zg‘olon. •736-737-yillarda Tohariston va Sug‘ddagi qo‘zg‘olon.
- 746-749-yi1larda Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon.
- •806-809-yillarda Rofe ibn Lais qo‘zg‘oloni.
O'zbekiston hududi arablar tomonidan bosib olinganidan so'ng Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Arab xalifaligi feodal teokratik davlat bo'lib, uning tepasida xalifa turgan. Xalifaga davlatdagi barcha dunyoviy hamda diniy hokimiyat tegishli bo'lgan. Arab xalifaligi tomonidan bosib olingan viloyatlar tepasida xalifa tomonidan tayinlanadigan amirlar turgan. O'zbekiston hududini xalifaning Xuroson va Movarounnahr bo'yicha noibi idora etgan.Noib alohida shaharlar va aholi punktlarining hokimlarini, shayxlarini tayinlagan. Ular mahalliy aholidan o'lponlar yig'ish hamda jamoat tartibni saqlab turish kabi vazifalarni bajarib turgan. Ba'zi shaharlarning hokimlari ma'muriy-moliyaviy ishlardan tashqari, hatto harbiy kuchlarni ham boshqarganlar. Ko'p joylarga arablar o'z harbiy qismlarini joylashtirgan edilar. Ular mahalliy aholini tutqunlikda ushlab turganlar. Arablarning ma'muriy apparati va mirshablari bo'lgan, hokimlarning esa shaxsiy qo'riqchilari mavjud edi .
VIII asr o'rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So'g'diyonada buxorxudotlar va boshqa hukmdorlarning qo'li ostidagi ma'muriy idora usuli o'z shaklini saqlab qolgan bo'lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko'pchiligi o'z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o'z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to'lar edilar. Arablar Movarounnahrni istilo qilganlaridan so'ng, bu hududning yer-mulklari xalifaga qarashli bo'lib qoldi. Ilgari yerlar Buxoroda yirik zodagon - buxorxudotlarning xususiy mulki sanalsa, endilikda ular xalifalik mulklariga aylandi.

Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul-vuzaro (ulug' vazir)ga tayangan. Harbiy ishlar, harbiy qo'shinlar amir ul-umaro qo'li ostida edi. Xalifa turli masalalarni devon ad-dar, ya'ni kengashda ko'rib chiqar edi. Devon ad-dar uchta asosiy devonga bo'lingan: ular devon al-mashriq, devon al-mag'rib va devon al-harajdan iborat bo'lgan. Movarounnahrga tegishli masalalar devon al-mashriqda hal etilar edi.Xalifa viloyat noiblarini lavozimiga tayinlash yoki bo'shata olish huquqiga ega edi. Xalifalikning huquqiy masalalari Qur'oni Karim va Rasululloh (s.a.v.) ko'rsatmalari, nasihatlariga asoslangan holda ko'rib chiqilgan.


Shunday qilib, VIII asr o'rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So'g'diyonada buxorxudotlar va boshqa hukmdorlarning qo'li ostidagi ma'muriy - idora usuli o'z shaklini saqlab qolgan bo'lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko'pchiligi o'z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o'z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to'lar edilar. Shu tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy e'tiqodiga o'z ta'sirini o'tkaza oldilar.Arablar O‘rta Osiyoni bosib olgach, bu hududdagi hamma shaharlar va aholi joylarida o‘z qo‘shinlarini joylashtirdilar.
Xalifalik o‘lkani zabt etish jarayonida uning deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini, juda ko‘p shahar va qishloqlarga o‘t qo‘yib vayron etdi. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi. Zabt etilgan shahar va qishloq aholisidan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar va ko‘plab qurol-yarog‘lar tortib olindi. Sulh tuzishga majbur bo‘lgan Buxoro, Poykand, Sug‘d hukmdorlaridan katta miqdorda boj-u tovonlar undirib olindi. Xalifalik qo‘shinlariga minglab nafar mahalliy yigitlarni jalb etdilar. Istilochilar harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar undirib, aholini xilma-xil jamoa ishlariga safarbar etadilar .
Marv, Poykand, Buxoro va Samarqand kabi shaharlarda shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi arablar va ular bilan birga kelgan ajamlar (eronliklar)ga bo‘shatib beriladi. “Xiroj”, “ushr”, “zakot”, “jizya” kabi soliqlar joriy etiladi. Islomga da'vat etish. Arablar Movarounnahrda o‘rnatilgan siyosiy hokimiyatni mustahkamlash va uning barqarorligini ta'minlash uchun Islom dinini da'vat etishga, aholi o‘rtasida islomni yoyishga alohida ahamiyat berdilar. Shu boisdan ular shu davrgacha Movarounnahrda mavjud bo‘lgan dinlarga qarshi qattiq kurash olib boradilar. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o‘rniga jome masjidlari bino qilinadi. Masalan, Qutayba Buxoro shahrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi,sug‘diy yozuvda bitilgan asarlarni yo‘qotdi. Mahalliy aholini Islom diniga kiritishga harakat qildi. Shu maqsadda masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun hatto 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi.
Islom dinini qabul qilib, musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va jizya soliqlaridan ozod etilgan. Islomni qabul qilmaganlardan esa jon solig‘i - jizya undirilib olingan. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan kishilarning bo‘yinlariga “qarzdor” deb yozilgan taxtacha osib qo‘yilardi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida Islom dinini qabul qilgan. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o‘z yerlaridan mahrum etilgan yoki tovon to‘lagan. Bunday tadbir va choralar Movarounnahr aholisi o‘rtasida Islom dinining tez tarqalishiga yordam bergan. Shu tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy e'tiqodiga o‘z ta'sirini o‘tkaza olganlar.
- Jizya -Islomni qabul qilmagan aholidan olinadigan jon solig‘i
- Zakot - mol-mulkning 1/40 qismi hajmida olingan soliq
- Xiroj - hosilning 1/3 qismi hajmida olinadigan yer solig‘i
- Masjid, machit (arabcha - sajda qilinadigan joy) - musulmonlar jamoa bo‘lib, namoz o‘qiydigan joy, ibodatxona Xalifalik tomonidan Movarounnahrning bosib olinishi oqibatida mahalliy xalqning urf-odati, dini va e'tiqodi, madaniyati poymol etildi. Mahalliy sug‘d yozuvida bitilgan diniy va ma'rifiy kitoblarni, ilmiy asarlarni va qimmatli hujjatlami hamda sanamlarni gulxanlarda yoqib, yo‘q qilib tashlaydilar. Quvadagi budda ibodatxonasi haykallarining parchalab tashlangani, Afrosiyob saroy devorlariga solingan suratlardagi odam rasmlarining ko‘zlari o‘yilib, bo‘yinlariga qilich bilan chizib yuborilganligi bunga yaqqol misoldir.
747-yilda Abu Muslim aholini umaviylarga qarshi kurashga da'vat etadi. Tez orada Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Xalifa Marvon o‘z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo‘zg‘olonchilarga qarshi safarbar qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi. 749-yilda Abu Muslim boshliq qo‘zg‘olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo‘l oladilar. Xalifalikning poytaxti Damashq shahri qo‘lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag‘dariladi. Uning o‘rniga abbosiylar xonadonidan bo‘lgan Abul Abbos Saffoh (750-754) xalifalik taxtiga ko‘tariladi. Joylarda

Download 46.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling