9-мавзу: аудиторлик далиллар


Download 149.5 Kb.
bet1/7
Sana29.03.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1307575
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AUDITORLIK DALILLARINI TO’PLASH


AUDITORLIK DALILLARINI TO’PLASH

Reja:
1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi va oldiga qo’yiladigan talablar.


2. Auditorlik dalillarning turlari.
3. Auditorlik dalillarni olish manbalari.
4. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to’plash.
5. Auditorlik dalillarni olish usullari.

1.Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi va oldiga qo’yiladigan talablar.
Auditning xalqaro standartlari – AXS (International Standarts of Auditing – ISAs)da standartlash obyekti sifatida V–«Auditorlik dalillar» (500-599) nomli maxsus bo’lim ajratilgan. Ushbu bo’lim 9 ta standartni o’z ichiga oladi:
№ 500 – «Auditorlik dalillar» (Audit Evidence).№ 510 – «Birlamchi kelishuvlar – boshlang’ich qoldiqlar» (Initial Engagements Opening Balances).№ 520 – Analitik amallar (Analytical Procedures).№ 530 – Auditorlik tanlash (Audit Sampling).№ 540 – Buxgalterlik hisobida baholanadigan qiymatlar auditi (Audit of Accounting Estimates).№ 550 – Bog’liq tomonlar (Related Parties).№ 560 – Keyingi hodisalar (Subsequent Events).№ 570 – Uzluksiz faoliyat (Going Concern).№ 580 – Rahbariyatning bildirgisi (Management Representations). Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning yetarlilik darajasini va ularni to’plashga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Bizning mamlakatimizda esa shu vaqtgacha qabul qilingan auditorlik faoliyati milliy stanlartlaridan quyidagilarni shunday bo’lim sifatida umumlashtirish mumkin:
№10-AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»; №11-AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish»; №13-AFMS «Tahliliy amallar»; №14-AFMS «Auditorlik tanlash»; №16-AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»; №50-AFMS «Auditorlik dalillar».
Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko’rsatkichlariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo’yiladigan talablar № 50 – «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish chog’ida qo’llashi majburiydir. Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi amallarni bajarish natijasida yetarli auditorlik dalillarini to’plashi lozim:
-schyotlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish; -tahliliy amallar; -ichki nazorat vositalarini tekshirish.
Auditorlik dalillarni to’plash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari va ularning hajmi audit dasturida ko’rsatiladi.

Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling