9-mavzu: Boshlang‘ich sinfda matеmatikadan fakultativ mashg’ulotlar
mashg'ulot. Abu Ali ibn Sino haqida ma'lumot. mashg'ulot
Download 61.35 Kb.
|
fakultatuv kanspekt
mashg'ulot. Abu Ali ibn Sino haqida ma'lumot.
mashg'ulot. Abu Ali ibn Sinoning ,,Al-hisob" nomli asari. Ibn Sinoning „Ash-shifo" nomli asari bo'limlaridan biri riyoziyot, hisob (arifmetika), handasa (geometriya) va aljabr (algebra) faniga bag'ishlangan. Ibn Sino arifmetikasi arab tilida yozilgan bo'lib, to'rt bo'limdan iborat. Birinchi bo'limda turli ketma-ketlik sonlar xossalari bayon etilgan. Ikkinchi bo'limda sonlar tengligini tengsizligi bilan solishtirish amallari ko'rsatiladi. Uchinchi bo'limda arifmetikaning geometriya qonunlaridan ay- rimlari bilan bog'lanish ifodalanadi. To'rtinchi bo'limda arifmetik va geometrik ko'rsatmali vositalar aniqlanadi. IV sinfda matematikadan fakultativ mashg'ulotlarda quyidagi xossalardan foydalanish mumkin. Sonlarning xossalari Fakultativ mashg’ulotlar va fanlar chuqur o’rganiladigan sinflarning ishlarini yo’lga qo’yishning muhim printsiplaridan biri o’qitishning tegishli formasida qatnashishni xohlagan biror sohaga doimiy qiziqish va moyillik ko’rsatgan har bir o’quvchining tayyorgarligini shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga, qo’shimcha o’quv faoliyatini tanlash ishonchli, yuqori sinf o’quvchilarining fanni chuqur o’rganish ishi muvaffaqiyatli bo’lishi uchun puxta o’ylangan va hamma joyda tashkil kilingan fakultativ mashg’ulotlarga tayyorlash sistemasi, har bir o’quvchiga „o’z kuchini sezish" ga qiziqarli va kuchi yetadigan mashg’ulotlar tanlashga, o’z qobiliyatini aktiv rivojlantirishga yordam beradigan o’quv-tarbiya tadbirlari zarur. Buning uchun o’rta maktabning boshlang’ich va o’rta sinflarida matematikadan sinfdan tashqari keng rivojlantirilgan ommaviy ish zarur va bu ish shunga xizmat qiladi. Tabiiyki, boshlang’ich va o’rta sinflarda vaqtidan oldin o’tkazilgan fakultativ mashg’ulotlar yoki biror o’quv fanini, qo’shimcha, chuqurroq o’rgatish mutlaqo o’z-o’zini oqlamaydi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini fakultativ mashg’ulotga tayyorlashning o’quvchilarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlariga mos keladigan eng tabiiy va sinalgan formasi sinfdan tashqari ishdir. Hozirgi vaqtda maktabning matematik ta’limning yangi mazmuniga o’tishi munosabati bilan sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish uchun qulay sharoit yaratilmoqda: hozir mashg’ulotlar tematikasi eski programmaning arifmetika kursi doirasida chegaralangan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning imkoniyatlariga qaraganda ancha kengaytirilishi va to’ldirilishi mumkin. O’qituvchilarining tajribasi boshlang’ich sinflarning sinfdan tashqari mashg’ulotlari o’rta o’quv yurtlari o’quvchilarining chuqur matematik tayyorgarligini oshirish umumiy sistemasining ajralmas qismi ekanini ko’rsatmoqda. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi — o’quvchilarda fanga qiziqishini rivojlantirish, asosiy kursda olinadigan bilimlarni to’ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik fakt va ma’lumotlar, malaka va ko’nikmalar zapasini to’plashdan iborat. Hozirgi sharoitda matematikadan sinfdan tashqari ishlar boshlang’ich sinflarda o’tkazila boshlashi kerak edi. Baxtga qarshi, hozircha boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan matematikadan sinfdan tashqari ish tashkil qilishning yetarlicha umumlashtirilgan tajribasi yo’q; sinfdan tashqari ishlarga oid boshlang’ich sinf o’qituvchilariga mo’ljallangan qo’llanma deyarli yo’q. O’quvchilarning chuqurlashtirilgan matematik tayyorgarligining umumiy sistemasida sinfdan tashqari mashg’ulotlarning qanday rol o’ynashini hisobga olib, umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarda o’quvchilar bilan ishlashning bu turini yanada yaxshilash choralarini birinchi navbatda ko’rish kerak. Bu yerda eng oldin sinfdan tashqari ishga, ayniqsa, to’garak mashg’ulotlariga ko’proq o’quvchilarni qatnashtirishga erishmoq lozim; faqat shunday sharoitdagina kelgusida matematik bilimlar bilan chambarchas bog’liq bo’lgan hilma-xil ishlarni uddalashga yordam beradigan matematik qobiliyatlarga ega bo’lgan bironta ham o’quvchi „yo’qotilmaganligiga" ishonish mumkin. Download 61.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling