9-mavzu: Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish


Kreditorlik qarzlarining iqtisodiy mohiyati va ularni kamaytirish yo‘llari


Download 215.26 Kb.
bet2/3
Sana21.01.2023
Hajmi215.26 Kb.
#1107031
1   2   3
Bog'liq
9. korxonalarining debitorlik qarzdorligini boshqarish-fayllar.org

Kreditorlik qarzlarining iqtisodiy mohiyati va ularni kamaytirish yo‘llari


Kreditorlik qarzlarining iqtisodiy mohiyati va ularni kamaytirish yo‘llari
· Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar boshqa xo‘jalik subyektlari va moliyaviy muassasalar bilan moliyaviy iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida debitorlik va kreditorlik qarzlari vujudga kelishi tabiiy holat hisoblanadi. Korxona majburiyatlarining asosiy tarkibiy moddalaridan biri bu korxonalarning kreditorlik qarzlari hisoblanadi. Korxonalar kreditorlik majburiyatlari qatoriga 2002-yil 27-dekabrda tasdiqlangan buxgalteriya balansiga ko‘ra quyidagi qatorlar kiritiladi:
· mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz;
· ajratilgan bo‘linmalarga qarz;
· sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga qarz;
· soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar;
· olingan bo‘naklar;
· budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz;
· sug‘urtalar bo‘yicha qarz;
· maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz;
· ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar;
· mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz;
· boshqa kreditorlik qarzlari

Kreditorlik majburiyatlari qarshi tomonga korxonaning to‘laydigan majburiyatlarini tavsiflaydi. Biz yuqorida uning tarkibiga nimalar kirishini aytib o‘tdik. Kreditorlik majburiyatlari yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ta’kidlash ham mumkin. Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor bo‘lgan tomonlar bo‘yicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni to‘lash muddatlari bo‘yicha tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek, debitorlik majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davrini aniqlashdagi kabi bunda ham kreditorlik majburiyatlarini aylanish koeffitsiyenti va davri aniqlanadi. Lekin, bunda qatnashuvchi ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlarining aylanishini o‘rganishda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli to‘lanmagan mollar ashyolar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik majburiyatlarining haqiqiy ko‘rsatkichlariga murojaat qilinadi. Korxonalarda kreditorlik majburiyatlarini tahlil etishda ularning yuzaga kelish o‘rni, muddati va tarkibiga alohida ahamiyat qaratilmog‘i lozim.


· Kreditorlik majburiyatlari qarshi tomonga korxonaning to‘laydigan majburiyatlarini tavsiflaydi. Biz yuqorida uning tarkibiga nimalar kirishini aytib o‘tdik. Kreditorlik majburiyatlari yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ta’kidlash ham mumkin. Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor bo‘lgan tomonlar bo‘yicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni to‘lash muddatlari bo‘yicha tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek, debitorlik majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davrini aniqlashdagi kabi bunda ham kreditorlik majburiyatlarini aylanish koeffitsiyenti va davri aniqlanadi. Lekin, bunda qatnashuvchi ko‘rsatkichlar farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlarining aylanishini o‘rganishda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli to‘lanmagan mollar ashyolar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik majburiyatlarining haqiqiy ko‘rsatkichlariga murojaat qilinadi. Korxonalarda kreditorlik majburiyatlarini tahlil etishda ularning yuzaga kelish o‘rni, muddati va tarkibiga alohida ahamiyat qaratilmog‘i lozim.

Download 215.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling