9-mavzu: Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish


Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tartibga solishning huquqiy asoslari


Download 215.26 Kb.
bet3/3
Sana21.01.2023
Hajmi215.26 Kb.
#1107031
1   2   3
Bog'liq
9. korxonalarining debitorlik qarzdorligini boshqarish-fayllar.org

Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tartibga solishning huquqiy asoslari


· Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tartibga solishning huquqiy asoslari
· Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiyotda debitorlik va kreditorlik qarzlarini huquqiy asoslarini takomillashtirish va tartibga solish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
· Albatta, bunday iqtisodiy siyosatning amalga oshirilishi natijasida mamlakat miqyosida debitorlik va kreditorlik qarzlari darajasini ma’lum
· darajada kamaytirishga, iqtisodiy vaziyatni yumshatishga va to‘lov intizomini ancha mustahkamlanishiga erishildi. Biroq, shunday bo‘lishiga qaramasdan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro debitorlik va kreditorlik qarzlarining hozirgi darajasini va ayniqsa, ularning to‘lov muddati o‘tgan qismlarining mavjud ekanligini inobatga olgan holda to‘lov intizomining hozirgi ahvolini qoniqarli deyishga yetarli asoslar mavjud emasdir.
· Mamlakatimizda debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishda asosiy qonuniy hujjatlardan biri Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14- apreldagi 182-sonli Qaroriga ilova «Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mus- tahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risida»gi Nizom hisoblanadi. Bunda asosan, quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratilgan. Ushbu Nizomga ko‘ra, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Komissiya o‘z faoliyatini to‘lovlar intizomini mustahkamlash, muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi to‘lovlar va hisob- kitoblar tizimini takomillashtirish, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish, keyinchalik ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish maqsadida amalga oshiradi.
Download 215.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling