9-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari


Hozirgi zamon umumbashariy muoammolari, ularni hal etish yo’llari


Download 26.42 Kb.
bet3/4
Sana05.01.2022
Hajmi26.42 Kb.
#232425
1   2   3   4
Bog'liq
falsafa 9

Hozirgi zamon umumbashariy muoammolari, ularni hal etish yo’llari va istiqbollari qanday? 

Shunday qilib, uchinchi ming yillikka kelib, insoniyat yangi, shu bilan birga, turfa manoli reallik bilan yuzma-yuz kelaboshladi. Bu avvalo, fan, texnika, yangi texnologiyalarning jadal rivoji va jamiyatning bir qator sohalari taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa jihati– hal etilishi murakkab umumbashariy muammolarga oiddir. Bu muammolarning zaminini madaniyatning o‘z axloqiy asoslaridan ajralib qolishi, moddiy boyliklarga ortiqcha ruju qo‘yilishi, hayotning manosini tor utilitar-pragmatik tarzda tushunish kabi shaxs manaviyatiga tegishli sabablar tashkil etadi. Shuning uchun ham yangi strategiyalarni tanlash muammosi bilan to‘qnash kelgan insoniyat ularning yechimini topish maqsadida Sharq falsafasiga murojaat eta boshladi. Negaki, manaviy qadriyatlarning ustuvorligi, shaxs kamolotiga oid masalalar aynan Sharq falsafasi, xususan,  Markaziy Osiyolik mutafakkirlar tomonidan mukammal bayon etilgan.Global lashuv jarayonlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, go‘zallikni amaliy-pragmatik.  jihatdan ahamiyati katta ekanligi yanada oydinlashadi.  CHunki, hozirgi kunda tinchlikni barqarorlashtirish, ekologik xavfning oldini olish, davlatlararo va etnik nizolarga chek qo‘yish, ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishni yo‘q qilish, terrorizm, genotsid va giyohvandlikning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi umumbashariy muammolarga aylanib bormoqda. Endilikda texnogen sivilizatsiyani ham go‘zallik qonunlari asosida tashkil etishga katta ehtiyoj sezilmoqda. Davlatning bugungi va istiqbolidagi barqaror iqtisodiy o‘sishini taminlovchi omillar aynan talim sohasi rivojlanishiga bevosita bog‘liq. SHu sababli mustaqillikning ilk yillaridanoq iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida talim sohasida jahonda munosib o‘rinni egallashga qaratilgan yangi uzluksiz talim tizimini yaratish va rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu boradaalohida ahamiyat kasb etadigan siyosiy globallashuv davlatlarning.  siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar o‘rtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning unifikatsiyalashuviga olib keladi. Bunda o‘ziga xos siyosiy munosabatlar ko‘lamiga ko‘ra global va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. Bu jarayonda milliy davlatchilik suverenitetiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan bir qancha holatlar mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Birinchidan, jahon siyosiy sahnasida trans milliy korporatsiyalar, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy subektlar shakllanmoqda .
4. 
Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling