9-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Muhokama uchun savollar


Umumbashariy mummolar, asosiy sohalari va ularning xususiyatlari


Download 32.68 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi32.68 Kb.
#232899
1   2   3
Bog'liq
falsafa

Umumbashariy mummolar, asosiy sohalari va ularning xususiyatlari. “Hozirgi davrning global muammolari” tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomalahamda ommaviy ongdan mustahkam o‘rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo‘llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular “global” deb nomlangan holda duch kelish mumkin.

Etimologik jihatdan “global” atamasi, “globallashuv” atamasi kabi, er kurrasi bilan bog‘liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo‘lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham “global” deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob’ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularni echish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning echilmay qolishi butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.



  1. Global muammolarning mohiyati.

Falsafa fanining dolzarbligi bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish, xalqimiz ma’naviy me’rosini asrash va yanada yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ongini turli zararli g‘oyalardan saqlash, ularni falsafiy bilimlar bilan qurollantirish zarurligi bilan belgilanadi. Ushbu fan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘tilishi belgilangan bo‘lib, o‘zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy qarashlarini mujassamlashtirib, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, unga munosabat bildirishni shakllantiradi hamda analitik, sintetik, kreativ tafakkurni hosil qiladi. Shuning uchun falsafa fani yosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



  1. Muammolarning turli darajalari.

Fanni o’qitishda interfaol, kommunikativ, pertseptiv yondashuvlardan maksimal darajada foydalanish, o’quv adabiyotlaridan tashqari autentik materiallar: audio, video, jurnallar, internet manbalaridan o’zlashtirilgan bilimlar majmuasini amaliyotda kuzatilayotgan dalil va hodisalarga bog’lay olish, olingan natijalarni baholash, tahlil qilish orqali kasbiy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilim, malaka va kompetentsiyalarni innovatsion tafakkur layoqati negizida shakllantirishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, o’quv mashg’ulotlarini loyihalash jarayonida: - mezonni tanlash; - o’quv maqsadlarini toifalash; - o’quv materiallarini modullashtirish; - ularni o’rganish, tahlil qilish va qayta ishlash; - o’rganish natijalarini aniqlash kabi omillarga qaratish orqali ta’lim oluvchida nazariy bilimlar puxta egallanishi hamda ularni amaliyotda qo’llash ko’nikmasini shakllantirish, mustaqil ta’limni samarali tashkil etish talab etiladi

Testlar
1. Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot jabhasi sifatida nechanchi yillardan shakllanish boshladi?

A.1960-yillarning oxirlaridan

B.1950-yillarning oxirlaridan

C.1970- yillarning oxirlaridan

D.1980-yillarning oxirlaridan
2.Globallashuvning vujudga kelishiga asos bo’lgan yirik sabablarni toping?

A.Hayotning barcha sohasidagi integratsiyalashuv

B.Fan va texnika kashfiyotlari

C.Falsafada yangi ta’limotlarning vujudga kelishi

D.Odam sonining keskin o’sishi
3. Ikkinchi jahon urushidan so’ng yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy holat, bugungi kunda global muammolarni bataraf qiluvchi qaysi asosiy hamkorlikning vujudga kelishiga sabab bo’ldi?

A.BMT


B.YUNESKO

C.EHHT


D.MDH
4.Hozirgi zamonda “jahon fuqarosi” deb hisoblovchi odamlarning paydo bo’lishiga nima sabab bo’ldi?

A.Serqirra globallashuv

B.Ekologik globallashuv

V.Siyosiy globallashuv

G.Madaniy globallashuv
5. “Tarix kurtaklari va uning maqsadi” asari muallifi kim?”

A.K.Yaspers

B.Yu.Xabermas

V.M.Xaydegger



G.G.Gadamer
Download 32.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling