9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari
Download 104 Kb.
|
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari
Yettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, o’lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo’yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funksiyasi shundan iboratki, u insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bog’liq bo’lgan va bashariyat rivojlanishining ob’ektiv tendentsiyalarini tushunish va anglab yetishda ulkan rol o’ynaydigan «tabiat», «jamiyat», «sivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnika inqilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab chiqadi. Hozirgi davrning global muammolarini o’rganishga nisbatan falsafiy yondashuv haqida muayyan tasavvur hosil qilgach, endi globallashuv jarayonlari kuchayishiga qarab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning o’zini shu nuqtayi nazardan ko’rib chiqamiz. «Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam o’rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo’llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish mumkin. Falsafada bu vazifani yechish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo’lib, ularga muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday xususiyatga ega bo’lmagan boshqa ko’p sonli muammolardan farqlanadi. Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, er kurrasi bilan bog’liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo’lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob’ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Ularni yechish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g’ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning echilmay qolishi butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling