9-mavzu. Ijtimoiy menejment tizimi


Download 43.02 Kb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi43.02 Kb.
#1008603
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 мавзу

Boshqaruv funktsiyalari

Boshqaruv funktsiyalari - faoliyatining alohida turlari bo’lib, jamiyatni boshqarish jarayonida odamlar munosabati va aloqalarini maqsadga muvofiq ta’sirini amalga oshirish bosqichlari va yo’nalishlarini ko’rsatadi. Boshqaruv funktsiyalari tarkibi boshqaruv tizimining uning holatidagi har qanday o’zgarishga samarali munosabatini ta’minlashi zarur. Boshqaruv funktsiyalarini quyidagi belgilarni hisobga olgan xolda ko’rib chiqish zarur:
1) boshqaruv jarayonining xususiyatlari, ya’ni menejmentga tegishli belgilarning ajralishi;
2) ijtimoiy rivojlanish jarayoni. Boshqaruvning bu jarayoni aniq elementlarga, ya’ni jamiyatning hayot faoliyatiga yo’naltirilgan.
Boshqaruvning asosiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:

  1. rejalashtirish;

  2. tashkil etish;

  3. tartibga solish;

  4. rag’batlantirish;

Barcha sanab o’tilgan asosiy funktsiyalar birgalikda amal qiladi va o’zaro bir-biriga bog’liq. Lekin ijtimoiy boshqaruvning bir pog’onasidan boshqasiga o’tishda ularning roli va munosabatlari o’zgaradi.
Boshqaruv tizimini mukammallashtirishning zarur sharti bo’lib uning funktsiyalari tahlili hisoblanadi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ishlab chiqilgan mezonlar asosida boshqaruv ob’ektlari tuzilmasini aniqlash;

  • ish va operatsiyalar turlari, boshqaruv funktsiyalarining ajralishi;

  • boshqaruv tizimining funktsional va chiziqli bo’g’inlari o’rtasida aniq mehnat taqsimoti;

  • lavozim instruktsiyalari va tuzilma bo’g’inlari haqida holatlarning mavjudligi;

  • menejmentning barcha asosiy funktsiyalari asosida boshqaruv faoliyati bilan solishtirish yo’llarining asoslanishi.

Ijtimoiy menejment funktsiyalari taxlili to’rt bosqichdan iborat:

  1. ob’ektlar va aniq boshqaruv funktsiyalarini ajratish;

  2. boshqaruv jarayoni modeli qurilishi;

  3. menejment funktsiyalarini amalga oshirish bo’yicha haqiqatda bajarilayotgan ishlar va operatsiyalar tarkibini namoyon etish;

  4. boshqaruv ishlari tarkibini qurilgan modelь bilan solishtirish.

Tuzilma kategoriyasi qurish va tizimning ichki shaklini aks ettiradi. Elementlari hamkorligini ta’minlovchi o’zaro aloqalar o’rnatilgan, ma’lum maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan tizim tashkiliy hisoblanadi. Ma’lum maqsadga erishish uchun amal qiluvchi turli elementlar, bo’g’inlar va boshqaruv pog’onalari tarkibini aks ettiruvchi tuzilma tashkiliy deyiladi.
Boshqaruv funktsiyalari va tuzilmasi - boshqaruv tizimini tashkil etishning ikki o’zaro bog’liq tomonlaridir. Ular boshqaruv jarayoni mazmuni va shakli sifatida namoyon bo’ladi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va uning rivojlanishi mavjudligi butun tashkil etishning asosi hisoblanadi. Tashkiliy tuzilmaning shakllanish jarayoni birinchi navbatda boshqaruv apparatining u yoki bu bo’linmalari tashkiliy mustahkamligini nazarda tutadi. Bunda boshqaruv funktsiyalari boshqaruv organlari vazifalarini aniqlaydi.
Boshqaruv bo’g’ini qat’iy boshqaruv funktsiyalari bo’lgan alohidalashgan yacheykadan iborat. Boshqaruv pog’onasi - boshqaruvning ma’lum ierarxik darajasidagi boshqaruv bo’g’inlari yig’indisidir. Boshqaruv tuzilmasida boshqaruvchi tizim oydinlashadi, har bir bo’g’in, har bir pog’ona roli aniqlanadi, boshqaruv jarayonidagi aloqalar ochiladi.



Download 43.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling