Tarjimayi hol namunasi:
T A R J I M A Y I H O L
Men, Sobirov Nodirbek Nozimjon o‘g‘li, 1993-yil 27-iyunda Buxoro shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam –Nozimjon Raxmatovoch Sobirov, viloyat yo‘l qurilishi boshqarmasining bosh muhandisi, Onam –Nasiba Sodiqo‘vna Nomozova, 18-o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar.
2000-2001-yilarda Buxoro shahridagi 18-maktabda o‘qidim. Maktabda sinf devoriy gazetasi muharriri bo‘ldim. Ona tili va adabiyot fanlariga juda qiziqaman. Bu fan bo‘yicha viloyat olimpiadasida 2-o‘rinni egallaganman. Tennis bo‘yicha respublika musobaqalarida faxrli o‘rinlarni olganman.
9-sinfni tugatib, 2001-yilda Buxoro davlat universitetining akademik litseyiga o‘qishga kirdim. 2011-yilda Buxoro davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirdim. 2014-yilda universitetni imtiyozli diplom bilan tugatib, O‘zbekiston jahon tillar universitetining “Xorijiy jurnalistika” mutaxassisligi bo‘yicha davlat budjeti asosida magistraruraga qabul qilindim. 2016-yili magistrlik diplomiga ega bo‘ldim. Shu yildan boshlab O‘zAda muxbir lavozimida ishlayapman.
Uylanganman. Turmush o‘rtog‘im – Sobirova Laylo, 1997-yilda tug‘ilgan. Buxoro tibbiyot institutining 2-kurs talabasi.
Mening turar joyim: Buxoro shahri, Yangiyer ko‘chasi, 51-uy.
2018-yil 21-may (imzo) N. Sobirov.
|
A R I Z A
Arizaning yozilish shakli:
Ariza yozuvchining turar joyi, lavozimi, to‘liq nomi
Meni (yoki menga) ________________________________________
_____________________________________________________________
___________________________________________ so‘rayman.
Sana (yil, kun, oy)
I.O. va familiyasi
Imzo
TDTU rektori
prof. S.M. Turabdjanovga
EAF, 32-16 guruhi
talabasi Botir Sobirovich Hamidullayevdan
Ariza
Sog‘ligim yonlashganligi va uzoq muddat davolanishim zarurligi tufayli menga 2018-yil 1-sentabrdan bir yillik o‘quv (akademik) ta’tili berishingizni so‘rayman.
Arizamga tibbiyot muassasasining xulosasi ilova qilindi.
2018.28.08. (imzo) B.Hamidullyev
|
TDTU rektori
prof. S.M. Turabdjanovga
EAF, 40-16 guruhi
talabasi N.Choriyevdan
Ariza
To‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotganligim va xususiy xonadonda ijarada yashayotganimni e’tiborga olib, menga moddiy yordam ko‘rsatishingiz so‘rayman.
2018.05.11. (imzo) N.Choriyev
|
Do'stlaringiz bilan baham: |