9-Mavzu: Invеstitsiya fаoliyatini аmаlgа oshirish vа tаrtibgа solish


Download 43.68 Kb.
bet1/5
Sana25.06.2023
Hajmi43.68 Kb.
#1654688
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Invеstitsiya fаoliyatini аmаlgа oshirish vа tаrtibgа solish


9-Mavzu: Invеstitsiya fаoliyatini аmаlgа oshirish vа tаrtibgа solish


Reja:
1.Investitsiya faoliyatini tartibga solishda investitsiya strategiyasining o’rni
2. O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni davlat tomonidan boshqarilishi
3.Xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning jahon tajribasi
Qisqa xulosalar
Adabiyotlar ro’yxati

1.Investitsiya faoliyatini tartibga solishda investitsiya strategiyasining o’rni
Investitsiya strategiyasining asosi moliyaviy institutlar faoliyatining maqsadi va cheklovlari hisoblanadi. Samarali investitsiyalarni tanlash maqsadini oldindan aniq shakllantirmasdan hal qilib bo’lmaydi. Ushbu holatni har qanday investitsiya boshqaruvchisi uchun o’ta muhim hisoblanadi. “Qaysi qimmatli qog’oz eng foydali?” yoki “Qanday portfel eng samarali?” -degan savollarga javob yo’q;

Vazifani to’g’ri qo’yishni quyidagicha shakllantirish mumkin: maqsadlardan kelib chiqqan holda, rejali istiqbolda, ushbu tashkilot uchun mijozlar oldidagi majburiyatlar nisbati, qonuniy va boshqa cheklovlarga qarab investitsiya qarori yaxshi bo’ladi. Investitsiya institutlarining (investitsiya fondi, investitsiya kompaniyalari) strategiyasi odatda investitsiya deklaratsiyasi deb nomlanadigan maxsus hujjat bilan shakllantiriladi.

Aslida investitsiya deklaratsiyasi investitsiya fondining yoki investitsiya kompaniyasi nizom fondining bir qismi hisoblanib matbuotda e’lon qilinishi, uni asosiy mazmuni esa aniq tartiblanishi lozim. Ammo investorlar mablag’lariga raqobat uchun ob’ektiv sharoit yo’qligi ko’pchilik investitsiya fondlari va kompaniyalari deklaratsiyalari ularni nomigagina ishlashiga sababchi bo’ladi va faqatgina me’yoriy talablarni qondirish maqsadida tuziladi.

1. Tashkilot maqsadi. Strategik maqsadlar inflyatsiyadan ma’lum foiz ortiq bo’ladigan kafolatlangan eng kam daromadni ta’minlashdan iborat bo’lishi kerak. Deklaratsiya ba’zi andoza portfelining (ma’lum fond indekslari asosida shakllantirish) daromadliligidan ortadigan majburiyatlarni aks ettirishi mumkin.


Download 43.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling