9-mavzu Islom dini asoslari (3-ma`ruza )
Download 34.42 Kb.
|
9-mavzu (1)
Islom quyidagi mollardan zakot olishni tayin qilgan:
Tilla, kumush, qog‘oz pullaridan; Yerdan olinadigan hosillardan; Mevali daraxtlarning mevalaridan; Savdo mollaridan; Chorvalardan; Yer osti boyliklaridan va xazinalaridan. Masalan, tillaning nisobi 20 misqol bo‘lib, 20 misqol tillasi bor kishi 0,5 misqol zakot berishi kerak. Savdodan olinadigan zakot tijorat uchun harid qilingan buyumlardan, hunarmandchilik yo‘li bilan sotish uchun tayyorlangan anjomlardan, savdogarchilik uchun olingan kiyimlardan, don-dun, meva-cheva, mato-gazlamalardan to‘lanadigan zakot ham tilla hisobiga teng. Chorvadan beriladigan zakot miqdori masalan, 40-120 qo‘ydan bir qo‘y, 201-300 ta qo‘ydan zakot 3 ta, 30-40 sigirdan bir bosh sigir, 91-120 ta tuyadan esa 3 ta tuya, yerga ekilgan ekin hosilidan, daraxt mevalaridan, agar tabiiy suvda yetishtirilgan bo‘lsa, hosilning 10 foizini, sun’iy sug‘oriladigan yerdan olingan hosilni 5 foizini zakotga beriladi. Zakot faqir, ya’ni kambag‘allar, miskin, ya’ni eng qash-shoq kishilarga, zakot yig‘uvchilarga, dinga da’vat qiluvchi-larga, qarzdorni qutqarish uchun, qulni ozod qilish uchun sarflanadi. Zakotni g‘ayridinlarga, badavlatlar va ularning bola-lariga, qarindoshlariga, xotiniga, o‘g‘il-qizlariga berilmay-di. Zakot halol topilgan mol-mulkdan olinadi. Zakot shariat qonunlari rasmiy kuchga ega bo‘lgan davlatlarda amal qiladi, ammo din davlatdan ajratib qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasida zakot olinmaydi, balki fuqarolar daromad solig‘i to‘laydilar. Haj ham islomdagi majburiy farz rukn’laridan biridir. Hajga Makka va Madina shaharlariga boriladi. 10 dan ortiq haj marosimlari ado etiladi. Hajga kuchi yetadigan, sog‘lom, haj harajatlari oilasi, qarindoshlari ehtiyojidan ortgan shaxslargina borishi mumkin. Haj katta va kichik hajlarga bo‘linadi. Kichik haj umra deyiladi. Hozirgi sharoitda O‘zbekistondan ham har yili uch-to‘rt minglab fuqaro hajga boradi. Download 34.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling