9-Mavzu: Jamiyat va tarix falsafasi Reja


Download 108.5 Kb.
bet6/12
Sana16.06.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1500657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Falsafa 9-mavzu

Kommunikatsiya – siyosiy tizimning zaruriy elementi. U birinchidan, siyosiy tizim institutlari o‘rtasidagi aloqa vositalarini, ikkinchidan, hukumatga axborot uzatish yo‘llarini, uchinchidan, ommaviy axborot vositalarini o‘z ichiga oladi. Mazkur axborot tizimlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Ommaviy axborot vositalari nafaqat aholiga axborot beradi, balki hokimiyat vakillari, partiyalar va harakatlarning u yoki bu siyosiy bayonotlarini sharhlaydi, ularga baho beradi, informatsion materiallarni tegishli tarzda saralaydi, fuqarolarning kayfiyati va siyosiy mo‘ljallarini shakllantiradi. Umuman olganda siyosiy tizim ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. U o‘z vazifalarini bajarish uchun nafaqat o‘zining huquq va davlat majburlovi institutlaridan foydalanadi, balki jamiyatda vujudga kelgan qadriyatlar va me’yorlar tizimiga tayanadigan va o‘z fuqarolarining siyosiy va huquqiy ongini shakllantiradigan ishontirish vositalarini ham ishga soladi.
Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, g’oya, mafkura go’zallik bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirilishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uyg’unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma’naviyat tufayligina o’z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to’laroq qoldirish imkoniga ega bo’ladi. Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi.
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi:
- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg’i, kommunikatsiya vositalari;
- moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.
Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to’g’risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, g’oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o’rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur o’zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatning kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan shug’ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat strukturasida o’ziga xos o’rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan hissa qo’shadi.

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling