9 Mavzu. Kompleks ishlab chiqarish va qo‘shimcha mahsulot xarajatlarini hisobi


Download 48.61 Kb.
bet5/9
Sana06.10.2023
Hajmi48.61 Kb.
#1693303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 Mavzu. Kompleks ishlab chiqarish va qo‘shimcha mahsulot xaraja-fayllar.org

3) Sof sotish qiymati usuli
Kompleks xarajatlar sof sotish qiymati asosida taqsimlanadi. Sotish sof qiymatini aniqlash uchun ajralish nuqtasidan keyingi qo‘shimcha xarajatlarni sotish narxidan olib tashlash lozim.

Kompleks xarajatlar, sh.b.




30 000

Alohida xarajatlar, sh.b.:




A Mahsulot


16000

B Mahsulot

24000




Birliklar miqdori


Tayyor mahsulotni sotish narxi, sh.b


Sotish qiymati, sh.b.


Alohida xarajatlar, sh.b.


Sof sotish qiymati, sh.b.


A Mahsulot


1600

25

40000

16000

24000

B Mahsulot

800

50

40000

24000

16000

Jami









40000

A Mahsulotga taqsimlangan 30 000 sh.b. x (24 000 sh.b. / 40 000 sh.b.) = 18 000 sh.b.
B Mahsulotga taqsimlangan 30 000 sh.b. x (16 000 sh.b. / 40 000 sh.b.) = 12 000 sh.b.
Taqsimlangan jami kompleks xarajatlar 30 000 sh.b.
4) Yalpi foyda doimiy ulushi usuli
Bu usulda kompleks ishlab chiqarish xarajatlari yalpi foydaning umumiy foizi mahsulotning har bir turi uchun bir xil qilib taqsimlanadi. Bu usul quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Yalpi foyda foizini hisoblash.
2. Sotilgan mahsulot tannarxini aniqlash va kompleks ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash.
Misol:

Kompleks xarajatlar, sh.b.


30 000

Alohida xarajatlar, sh.b.:



A Mahsulot


16 000

B Mahsulot



24 000


40 000




Birliklar soni


Tayyor mahsulotni sotish narxi, sh.b.


Sotish qiymati, sh.b.


AMahsulot


1600

25

40 000

BMahsulot

800

50



40 000

Jami







80 000

1. Yalpi foyda foizini hisoblash.


Sotish qiymati, sh.b.


80 000 sh.b.


Minus kompleks ishlab chiqarish xarajatlari va alohida qilingan xarajatlar, sh.b.


70 000 sh.b.


Yalpi foyda, sh.b.


10 000 sh.b.


Yalpi foyda foizi


12,5 %

2. Sotilgan mahsulot tannarxini aniqlash va kompleks ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash



A Mahsulot, sh.b.


B Mahsulot,sh.b


Jami, sh.b.


Sotish qiymati


40000

40000

80000



Minus Yalpi foyda, 12,5 %


5000


5000


10000

Sotilgan mahsulot tannarxi


35000

35000

70000



Minus Alohida xarajatlar


16000


24000


40000

Kompleks ishlab chiqarish xarajatlari




19000


11000


30000

Bu usuldan foydalanilgandagi yagona gumon (taxmin) shundan iboratki, yakka darajada har bir mahsulot bo‘yicha xarajatlar va savdo hajmi o‘rtasida bir xil o‘zaro bog’liqlik nazarda tutiladi. Bunday o‘zaro bog’liqlik ko‘p turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarda kamdan-kam kuzatiladi.


(Mahsulotga taqsimlangan xarajatlar bu usuldan foydalanganda hamisha ijobiy bo‘lmaydi. Kompleks ishlab chiqarish xarajatlari ba’zi mahsulotlarga manfiy belgi bilan o‘tadi)
3. Qo‘shimcha mahsulot hisobi
Kompleks va qo‘shimcha mahsulotlar hamda chiqindilar o‘rtasidagi tafovut ularning nisbiy qiymatidan iborat.
Qo‘shimcha mahsulot – bu kompleks ishlab chiqarish natijasidir. Ular birgalikdagi mahsulot yoki asosiy mahsulotning sotilgan qiymatiga nisbatan ancha past qiymatga ega bo‘ladi. Bunga paxtani qayta ishlash chog’idagi tola (asosiy mahsulot) va chigit po‘yloq (qo‘shimcha mahsulot), benzin ishlab chiqarishda kerosin va bitum bunga misol bo‘la oladi.
Chiqindilar bilan qo‘shimcha mahsulotlarni aniq chegaralab qo‘yish mumkin emas. Qo‘shimcha mahsulot:
a) chiqindiga nisbatan bozorda katta qiymatga ega;
b) ko‘pincha keyingi texnologiya jarayonining ob’ekti bo‘ladi, chiqitlar esa darhol sotilishi shart, degan fikrlar bor.
Qo‘shimcha mahsulotlar va chiqindilarni hisobga olish asoslari bir xil. Asosiy mahsulot xarajatlarini qo‘shimcha mahsulotlarning yoki chiqitlarning bozor qiymatiga kamaytirish eng yaxshi usul hisoblanadi.


Qo‘shimcha mahsulot daromadlari yoki sof daromadlari (qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromad miqdori minus ajralish nuqtasidan keyingi ishlov berishga qo‘shimcha xarajatlar) birgalikda ishlab chiqariladigan yoki ishlab chiqarish qo‘shimcha mahsulot olishga imkon beradigan asosiy mahsulot tannarxidan chiqarib tashlanadi.
Qo‘shimcha mahsulotlarni hisoblashning ikki usuli mavjud:
  1. Sotishdan tushgan sof daromadni qo‘shimcha mahsulotning haqiqatan sotilishiga qarab taqsimlash. Bu usulda qo‘shimcha mahsulotni sotishdan tushgan pul sotish paytidagi daromad sifatida kirim qilinadi.


  2. Sotishdan olingan sof daromadni haqiqatan ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulotga qarab taqsimlash. Bu usulda qo‘shimcha mahsulotdan olingan daromad ishlab chiqarishni tugallash paytidagi kompleks xarajatlarni aks ettiradigan schetda kirim qilinadi.




Misol.
A mahsulotni ishlab chiqarish chog’ida ishlab chiqarish jarayonining oxirida V qo‘shimcha mahsulot hosil bo‘ladi. 1 davrda quyidagi ma’lumot olingan:

Ikki mahsulot ajralguncha mahsulotga xarajatlar, $


60000

Davrdagi ishlab chiqarish:
A Mahsulot, birlik
V Qo‘shimcha mahsulot, birlik

20000
4000




V mahsulot ajralgach qo‘shimcha mahsulotga ishlov berishga xarajat (4000 b. har biri $ 0,1/b.)


400

Davrda sotildi:
A Mahsulot, 15000 birlik
V Qo‘shimcha mahsulot, 2000 birlik

$ 5/b.
$ 1/b.







Download 48.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling