9-Mavzu: Makkajo’xorida navdorlik belgilarini aniqlash. Darsning maqsadi
Download 59.69 Kb. Pdf ko'rish
|
навшунослик амалий 9 мавзу-1
9-Mavzu: Makkajo’xorida navdorlik belgilarini aniqlash. Darsning maqsadi: Makkajo’xori navdorlik belgilarini aniqlash. Topshirik: Makkajo’xorining so’talariga, urug’lariga qarab navdorlik belgilarini aniqlash. Makkajo’xori Zea avlodini tashkil etadi. Bu avlodning faqat bitta Z. mays turi mavjud. Makkajo’xori erkak gul tuplami so’ta deyiladi. Zea mays turi don endospermi va murtakning tuzilishiga qarab 7 ta kenja turga bo’linadi.
1.Kraxmalli 2.Tishsimon
3.Kremniyli 4.Bodroq 5.Shakarli
6.Muysimon 7.Qobiqli
Bu kenja turlarning har kaysisi 5 tadan 24 tagacha, jami 80 tadan ortik xillarni o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishda kenja turlar orasida eng ko’p tarqalgani tishsimon, so’ngra kremniyli va kraxmalli makkajo’xori hisoblanadi. Makkajo’xorining mavjud nav va duragaylari quyidagi belgilari bilan farq qiladi. O’simlik bo’yi (0,5m dan 6 metrgacha) Birinchi (pastki) so’taning joylashish balandligi, juda past 30 sm gacha, juda baland 140 sm dan yuqori). Tuplanganligi Tupdagi so’talar soni So’ta shakli (silindirsimon, konussimon va yumaloq) So’ta uzunligi (kalta -10 sm gacha, uzun 25 sm dan ziyod) So’tadagi don qatorlarining soni (4 – 8 tadan 22 –32 tagacha) So’taning don hosil qilganlik darajasi (60 – 90 %) So’ta bandining uzunligi (kalta - 5 smgacha, uzun - 40 smdan uzun) 1000 ta don massasi (120 – 400 g) Hosildorligi. Tupdagi barg soni Kasallik va zararkunandalarga bardoshliligi O’suv davri davomiyligi va xokazo. Makkajo’xorining chetdan changlanishi va o’stirish sharoitiga qarab bu belgilar keskin o’zgaradi. Shuning uchun aprobasiya o’tkazishda bu belgilar hisobga olinmay, faqat yangi nav, duragaylar yaratish jarayonida hisobga olinadi. Aprobasiya o’tkazish chog’ida makkajo’xori navi yoki duragayi bo’lsa don rangi, so’ta shakli, o’zidan changlatilgan liniyalarida so’ta yirikligi ham tekshirib aniqlanadi.
Nav, duragay nomi, yaratilgan joyi,
muallifi
K en ja t u r, t u r x il i D u ra g ay la rn i o ta -o n a sh ak la ri So’ta
Don Vegetasi
ya davomiyl
igi, (kun) Xo’jalik biologik ta’rifi
R an g i D o n q at o rl ar i so n i U zu n li g i R an g i S h ak li Y ir ik li g i
Download 59.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling