9-mavzu: Mashinalarning texnik holati bilan bog`liq bo`lgan yo`l transport hodisalarining (yth) tahlili
Download 147.86 Kb. Pdf ko'rish
|
9-leksiya
yo`lovchilarni tushib ketishi - harakatlanayotgan transport vositasidan yoki
tez harakatlanayotgan transport vositasining traektoriyalarini to`satdan o`zgarishi oqibatida yo`lovchilarni salondan (kuzovdan) tushib ketish hodisa va h.k.;
hodisa: tashib ketilayotgan yukning tushishi yoki transport vositasining g`ildiragidan odamga, hayvon yoki boshqa transport vositasi tomoniga otilgan predmet va boshqalar tufayli sodir bo`lgan hodisa. YTH oqibatining darajasi bo`yicha uch guruhga bo`linadi: o`limga olib keladigan; insonlarning jarohatlanishi bilan bog`liq; moddiy zarar etkazadigan. Jismoniy jarohatlanishlar: jiddiy, jiddiyroq va yengil turlarga bo`linadi. O`zbekiston Respublikasida o`rtacha yillik YTH turlari bo`yicha taqsimlanishi quyidagicha,%: Transport vositalarining urilishi: yo`lovchilarga……………………………………………..….………………39...40 to`siqlarga…………………………………………….……………….………5...5,5 to`xtab turgan transport vositasiga…………………..……………………...2,5...3,5
velosipedchiga……….………………………………..……………………2,5...3,2 transport vositalarining o`zaro urilishi ……………………..…………….…20...32 transport vositalarining ag`darilib ketishi……………….………………..…13...19 boshqa turdagi YTH ………………………………………….…….…………….2 Yo`l xarakat ishtirokchilari uchun eng xavfli hodisa bu transport vositalarining to`qnashuvi va piyodalarni urib yuborishi. Ushbu turdagi YTH o`limga olib kelish va shikastlanishning deyarli 70 %ini tashkil etadi. Respublikada yiliga 75% holatlarda YTH haydovchilarning xatosi, 25% esa piyodalar aybi bilan sodir bo`lmoqda. Yo`l-transport hodisalarining taxminan 10 foizi yo`llarning qoniqarsiz holatiga, taxminan, 2 % - transport vositalarining texnik nosozligiga bog`liq. 100% (75 + 25 + 10 + 2) miqdordan oshib ketishi avariya sabablarini bir vaqtning o`zida bir necha aloqador ekanligini qayd etish bilan izohlanadi. YTH sabablarini tahlil qilish, ularni quyidagi bir necha guruhlarga tushirish imkonini beradi: - yo`l xarakti ishtirokchilari tomonidan yo`l harakati qoidalariga rioya etmaslik; - haydovchilarning mashina boshqaruv rejimini noto`g`ri tanlashi va natijada transport vositasining sirpanib, tag`darilib ketishi, to`qnashuvlar va h.k. vujudga kelishi; - charchash, kasallik, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarni iste’mol qilish yoki normal holat o`zgarishlariga olib keladigan omillarning ta’siri (ishdagi yoki oiladagi tashvishlar, qarindoshlar kasalligi va boshqalar) oqibatida harakat ishtirokchilarining psixofizologik vazifalari kamayganligi; - transport vositalarining texnik holatining talabga javob bermasligi;
- yuklarni noto`g`ri joylashtirish va o`rnatish; - yo`l va yo`l infrastrukturasi elementlarini qurilishi va ularni saqlash holatlarining qoniqarsizligi;
- yo`l transport xaraktlarini qoniqarsiz tashkil etilishi va boshqalar. Tadqiqot natijalari va statistik ma’lumotlarga ko`ra, YTH vujudga kelishining asosiy sababi – haydovchilar tomonida yo`l harakati qoidalarini buzilishi. Eng katta miqdordagi YTHlar haydovchilar tomonidan transport vositasini mast holda boshqarish (taxminan 25%), tezlikni oshirish (17% dan ortiq), quvib o`tish qoidalarini buzish (deyarli 16%) tufayli sodir bo`lmoqda. Ayniqsa jiddiy oqibatlarga olib keladigan YTH larini odatiy sabablari – quvib o`tish qoidalarini buzish (45% dan ko`p), tezlikni oshirish (qariyb 20%), ichkilikbozlik (11%), manevralar qoidalarini buzish (9%), chorrahalardan o`tish (6,5%), temir yo`l kesishmalaridan noto`g`ri o`tish (4,5%), odamlarni tashish (4% ga), masofani saqlamaslik (2,5% dan ortiq), tartibga solish signallariga rioya qilinmaslik (2% ga), haydovchini charchashi, rul chambaragida uxlab qolishi (2% gacha) xollari hisoblanadi. Download 147.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling