9-mavzu: Medianing boshqa axborot xizmatlari bilan o‘zaro munosabati Reja


Масалан Axborot uzatish uchun media qaysi usul lardan foydalanadi?


Download 105.26 Kb.
bet2/4
Sana16.11.2023
Hajmi105.26 Kb.
#1778811
1   2   3   4
Масалан
Axborot uzatish uchun media qaysi usul lardan foydalanadi?
Media va axborot savodxonligining tarkibiy unsurlaridan biri — bu medialar voqealar tarixi hamda axborotni qanday talqin etishi va qanday usullardan foydalanishini tushunib yetish hisoblanadi. Muhimi, medialar qo‘llaydigan turli usul, kod va ramzlarni tushunish va talqin etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishdir Media va axborot savodxonligiga ega bo‘lish uchun medialarning timsol va reprezentatsiyalarini o‘rganish, bunda nafaqat tasvir yoki matnni tahlil qilish, balki e’tibordan chetda qolayotgan kontekstni ham yoddan chiqarmaslik zarur. Jamoatchilik fikrini yo‘naltirish va jamiyat oldiga dolzarb masalalarni ko‘ndalang qo‘yish borasida kuchli hokimiyatga ega bo‘lgan medialar ijtimoiy hayotni yoritishini va amalda biz kutadigan hamda qabul qilishga tayyor bo‘lgan voqea va timsollarni taqdim etishini nazarda tutish zarur.
Mediamatnni tanqidiy tahlil qilish jarayonida odatda unda qaysi siyosiy guruhning nuqtai nazari aks etganligini anglash mumkin. Jumladan, mediamatnda kimning nuqtai nazari va qarashlari ifoda etilganligi, nima haqida va qanday rakursda xabar berilganligi, nima haqida esa sukut saqlanayotganligi ham namoyon bo‘ladi. Medialarning o‘z hukmronligi qanday axborot (masalan, yangiliklar)ni haqiqat sifatida taqdim etishi hamda qaysi mavzularni e’tiborsiz qoldirishida ham namoyon bo‘ladi.
− Media matn yaratuvchi lar turli ko‘rinishdagi axborotni taqdim etish uchun qanday usul va vosita lardan foydalanadilar?
− Jamoat ushbu usul va vositalarni ajrata oladimi va ularni qanday qabul qiladi?
− Ma’lum bir medianing kodi, shartli belgilari, kalit komponentlari, grammatikasi kanday?
− Media masalalari bo‘yicha mutaxassis Marshall Maklyuen «kommunikatsiya vositasi xabardir» degan, chunki axborot uzatish vositasining shakli (matbuot, televideniye, radio yoki Internet) ham bizning idrokimizga ta’sir qiladi. Media tanlanishi biz qabul qilayotgan axborotga qanday ta’sir qiladi? Medianing ma’lum bir ko‘rinishi uzatilayotgan g‘oyaga qanday ta’sir qiladi?

Download 105.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling