AVS" aktsionerlik jamiyatida ish vaqtidan foydalanishni va o'rtacha 1 soatlik ish unumdorligini ishchining yillik mahsulot hajmiga ta'sirini tahlili
A) -9 * 7,83 * 1751,723
B) +0,01 * 256 * 1751,723
V) +371,628 * 7,84 * 256
Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan "AVS" aktsionerlik jamiyatida o'rganilayotgan davrda bir ishchining o'rtacha yillik mehnat unumdorligi 629,4 ming so'mga ko'tarilgan. Ishchilarning mehnat unumdorligini oshishida asosan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o'sishi hamda aksincha, ishchilar sonining va bir ishchining yil davomida ishlagan kishi kunlarining kamayganligi ijobiy ta'sirini ko'rsatgan. Bundan tashqari jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, korxonada ishchining mehnat unumdorligini oshishiga asosan uchta omil, ya'ni, ish kunlarining yo'qotilishi hisobiga 123,4 ming so'mga salbiy ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, ish kuni davomiyligining biznes rejadagiga nisbatan 0,01 soatga uzayganligi mehnat unumini 4,5 ming so'mga, ishchilarning bir soatlik ish unumini 371,628 so'mga ortganligi ham mehnat unumini 745,9 ming so'mga oshirgan. Har uchchala omilning ta'siriga ko'ra bir ishchining o'rtacha yillik mehnat unumdorligi biznes rejadagiga nisbatan 629,4 ming so'mga ortishiga olib keldi. Bunday natijalarni aktsionerlik jamiyati uchun ijobiy deb baholamoq lozim deb o'ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |