9-Mavzu. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji. Reja. Mustaqillik va ta’lim tizimida islohatlar. O’zbekiston Respublikasida «Ta’lim to’g’risida»


Download 211.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.11.2023
Hajmi211.91 Kb.
#1785265
1   2   3
Bog'liq
9-Mavzu. Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillari

Oliy ta’lim. 
Oliy ta’limda yuqori malakali mutaxasistlar tayyorlanadi. Oliy ma’lumotli 
mutaxasistlar tayyorlash universitet, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning ta’lim 
muasasalarida o’rta maxsus Kasb-hunar ta’lim asosida amalga oshiriladi. 
Oliy ta’lim ikki bosqichdan bakalavriat va magistraturaga ega. 
Bakalavriat - oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’ycha puxta bilim beriladigan, 
o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir. 
Magistratura-aniq mutaxasistlik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil 
davom etadigan oliy ta’limdir. 
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shartnoma asosida olinadi. Oliy o’quv 
yurtidan keyin malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar bo’lgan extiyojga qarab oliy 
o’quv yurti va ilmiy tadqiqot muasasalarda aspirantura, ad’yunktura, doktarantura, 
mustaqil tadqiqotchilik tarzida davom ettiriladi. 
Oliy ta’limdan so’ng kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb 
bilimini va ko’nikmalarini chuqurlashtirish va yangilashga qaratiladi. 
Bolalar va o’simrlarning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun madaniy-
estetik, ilmiy-texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim 
muasasalari mavjud. Bunday maskanlarga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylar, 
klublar markazlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, 
kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari kiradi va bu joylarda bolalar o’z ehtiyojlari 
va qiziqishlariga ko’ra shug’ullanadilar. 
Ta’lim islohatlarida kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlarini 
asosan quyidagilar tashkil qiladi: 
-shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’yekti va ob’yekti, ta’lim sohasidagi 
xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi
Davlat va jamiyat-ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatining tartibga 
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib 
olishning kafillari; 
-uzluksiz ta’lim-malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning asosi bo’lib, 
ta’limning barcha turlarini, davlat a’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi 
va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi; 
-fan-yuqori malakali mutaxasislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or 
pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi


-ishlab chiqarish-kadrlarga bo’lgan extiyojini, ularning tayyorgarlik sifati va 
saviyasiga nisbatan quyidagi talablarni belgilochi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash 
tizimini, moliya va moddiy-texnik jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturda intelektual, ma’naviy-axloqiy jihatdan 
tarbiyalash bilan bog’liq bo’lgan uzluksz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol 
shaxsni shakllantirish nazarda tutilgan. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida fan, jumladan, pedagogika fani, ham yangi 
fundamental va bilimlarni shakllantirish orqali muhim ilmiy natijalarni jamlaydi. Oliy 
malakali va ilmiy va pedagogik texologiyalarni yaratish va o’zlashtirish orqali ilm-
fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlashni amalga oshirish ko’zda tutiladi, 
ilg’or axborot va tendensiya texnologiyalarini joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishga 
e’tibor qaratildi. 
Mustaqillik yillarida pedagogika sohasida ham yirik tadqiqotlar olib borildi. 
Masalan, O’rta va oliy ta’lim vazirligida yiliga 17 aspirantura va 7 doktorantura; xalq 
ta’limi vazirligida 5 aspirantura, 1 doktorantura o’rinlari mavjud bo’lgan. 
Pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyasini 
himoya qilish uchun ixtisoslashgan Kengashlar faoliyat ko’rsatgan. 

Download 211.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling