4. Mustaqillik yillarida pedagogik fikr taraqqiyoti.
Mustaqillik yillarida pedagogika fanining eng dolzarb muammolari ustida doktorlik
dissertatsiyalari
himoya
qilindi.
Chunonchi.
O.Musurmonova
«Yuqori sinf
o’quvchilarida ma’naviy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari»,
S.Nishonova «SHarq Uyg’onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida
barkamol inson
tarbiyasi», U. Mahkamov «Yuqori sinf o’quvchilarining axloqiy madaniyatini
shakllantirish», M.Inomova «Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashning
pedagogik asoslari» kabi doktorlik dissertatsiyalari shular jumlasidandir.
Hozirgi paytda Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlar ilmiy
tadqiqot
instituti, hunar ta’lim ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy
nomli Toshkent davlat
pedagogik universiteti yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim sohasi bo’yicha Davlat
ilmiy-texnikaviy dasturining ijrochilari hisoblanadilar.
Hozirgi davrda O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti strategiyasi, o’zbek xalqining
buyuk davlat barpo etish yo’lida
ezgu orzu-umidlarini, Milliy istiqlol mafkurasini asl
mohiyatini yoshlar qalbiga va ongiga singdirish jarayoni
kechayotgan bir davrda bu
muhim ishni «Ta’lim to’g’risidagi » O’zbekiston Respublikasi Qonuni asosida uzluksiz
tarzda olib borishni taqoza etadi.
Zero, istiqlol mafkurasi hur fikrlilik va jur’atsizlikdan xoli bo’lgan, o’z
bilimi va
kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalaydi.