9-mavzu. O’rta Osiyo arxitekturasi tarixining umumiy tavsifi
Download 36.93 Kb.
|
9-МАВЗУаа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish konstruksiyalari.
- Turar uylar me’morligi.
Qurilish ashyolari. Bino va inshootlar qurilishida gil (tuproq)dan tayoyrlangan turli ashyolar qo‘llanilgan. Keng ko‘lamda paxsadan foydalanilgan. Guvala bilan sinchlar oralig‘i to‘ldirilgan. Xom g‘isht paxsa bilan va paxsasiz ishlatilgan. Pishiq g‘ishtdan devor va gumbaz-toqlar terilgan. Qorishma sifatida loy va ganch ishlatilgan.
Qurilish konstruksiyalari. Umuman jahon tarixiy me’morligida bo‘lganidek, asosan ikki: tayanch-to‘sinli va toq-gumbazli konstruksiyalar qo‘llanilgan. Tayanch-to‘chinli qurilmalarichida ayniqsa xalq me’morligida sinchlardan foydalanilgan. Toq-gumbazli konstruksiyalar sirasiga ravoqlar, toq gumbaz shakllaridagi yopmalar kiradi. Bu ikkala turdagi konstruksiyalar zil-zilaga bardosh bera oladigan ko‘rinishlarga ega bo‘lgan. Turar uylar me’morligi. Mahobatli me’morlikni ko‘p jihatdan turar uylar me’morligi belgilagan. Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi turar uylar mahalliy qurilish ashyolaridan bunyod etilib tabiiy-iqlimiy muhit bilan bog‘liq holda rivoj topgan. Ularni qurishda toshdan, ko‘proq esa tuproqdan (guvala, xom va pishiq g‘isht, paxsa xolatlarida), yog‘ochdan, qamishdan, ganchdan (ganch xok, gulganch va boshqa holatlarida) foydalanishgan. Uylarning shakllanishida yil davomida issiq (iliq)kunlar ko‘pligi, hovlining (ochiq muhitning) ahamiyati katta bo‘lishiga olib kelgan; atrofi qizil va Qoraqum sahrolari bilan qurshalgan iqlimi qattiq Xorazm bundan mustasnodir. Uylarning konstruksiyasi asosan tayanch-to‘sinli bo‘lgan uylar tarqalmagan. Turar-uylarning shakl-shamoyiliga xalqlarning mentaliteti (mahalla bo‘lib yashashga intilishi, bolajonligi, mehnatsevarligi kabilar), urf-odatlari, turmush tarzi, kasb-kori, moddiy imkoniyati va boshqalar ta’sir ko‘rsatgan, davrning taraqqiyot darajasini ifoda etib kelgan. Turar uylar me’morligida oilani toza suv bilan ta’minlash, oqavani bartaraf etish, xonalarni yoritish, shamollatish, isitish, zilzilabardoshlik kabi muammolar turli davrlarda turlicha xal etilgan. Uylar ichida asosan shahar va qishloq uylarini farqlash mumkin. Uylarning qiyofalarini belgilashda ulardagi jihoz (xonumon) katta rol o‘ynaydi. Uylar qadimdanoq xonalar (yopiq muhitlar) va hovlilar (ochiq muhitlar), ba’zan yana bog‘dan iborat holda shakllangan. Download 36.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling