O’zbekiston bilan YUNESKOning o’zaro hamkorligi kengayishi natijasida YUNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000 yil 28 dekabrda esa Shahrisabz YUNESKO ro’yxatiga kiritildi. Shahrisabz bu ro’yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo’ldi. Bunday aloqalar o’z navbatida munosabatlarimizni yanada yuqori pog’onaga ko’tarib, hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari respublikada o’tkazilgan barcha tadbirlarda YUNESKO ishtirok etdi. Amir Temur tavallud topgan kunining 660 yilligi, Ahmad al-Farg’oniy, Imom al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslarning yubiley tantanalari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, "Alpomish" dostonining 1000 yilligi kabi tadbirlar bevosita YUNESKO homiyligida o’tkazildi. - O’zbekiston bilan YUNESKOning o’zaro hamkorligi kengayishi natijasida YUNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000 yil 28 dekabrda esa Shahrisabz YUNESKO ro’yxatiga kiritildi. Shahrisabz bu ro’yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo’ldi. Bunday aloqalar o’z navbatida munosabatlarimizni yanada yuqori pog’onaga ko’tarib, hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari respublikada o’tkazilgan barcha tadbirlarda YUNESKO ishtirok etdi. Amir Temur tavallud topgan kunining 660 yilligi, Ahmad al-Farg’oniy, Imom al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslarning yubiley tantanalari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, "Alpomish" dostonining 1000 yilligi kabi tadbirlar bevosita YUNESKO homiyligida o’tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |