9-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji. Reja
Download 403.65 Kb. Pdf ko'rish
|
umumiy pedagogika 9
«Ulug’landimu maydonim hamon ibor
Qimmatim oldin yo’qdir xaridor». U johillikni qoralab bir ruboyisida: «Ikki-uch nodon kim chunun hisoblar, Jahlidan oqili jahondir ular. Eshak bo’lchunki u eshaksimondir Eshak bo’lmaganni kofirga jo’yar». Ibn Sino o’zining axloq to’g’risidagi fikrlarida insoniylik fazilatlarini ulug’laydi. U kishilarning kundalik amaliy ishlarida eng zarur axloqiy munosabatlarga kamtarlikka, izzat, hurmat, jasurlik, to’g’rilik, sofdillik kabi xulqiy qoidalarga alohida e’tibor beradi. Insonni kishilar o’rtasida o’zini tutishi, oila a’zolarining o’zaro munosabati, jamiyatda turli tabaqalarning munosabatlari maxsus yoritilgan. Tarbiyada aqliy: axloqiy va jismiy kamollikni uyg’unligini asoslashga harakat qilgan. Tarbiya bola tug’ilganidan boshlansagina samarali bo’lishini ta’kidlaydi. Ibn Sino o’zining ko’p tarmoqli mahsuldor bisoti bilan jahon madaniyati, fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. «Olimlar boshlig’i», «Tabiblar podshosi» nomi bilan mashhurdir. Uyg’onish davri rasmlarida mashhur qadimgi inson olimlari Arestotel, Gepen, Gippokrat, Pitolome, Evklid bilan bir qatordan o’rin olgan. Cherkov ruhoniysi Yakov Fridrix Reyman 1725 yilda yozgan «Ateizm va ateistlar umumiy tarixi» kitobida Jordano Bruno va Koperniklar bilan Ibn Sinoni ham xudosiz deb ataydi. Lekin uning dunyoqarashi idealistik jihatdan cheklangan edi. Uning 1000 yillik yubileyini jahon xalqi tomonidan nishonlanishi Ibn Sino merosining qimmatini ko’rsatadi. O’rta Osiyo xalqlarining buyuk mutafakkiri, entsiklopedist olim va shoir Umar Xayyom (1048 yilda Nishopurda tug’ilgan). Asosiy bilimni nishopurda Balx, Buxoro, samarqandda oladi. Zamonasining barkamol olimlaridan bo’lib etishadi. U mashhur matematik, faylasuf, astronom va she’riyat osmonining yorqin yulduzlaridan biri, u 1074 yildan boshlab Isfaxon rasadxonasi ishlariga rahbarlik qiladi, matematika va astronomiya sohasida katta ilmiy tadqiqod ishlari olib boradi. U 1077 yilda Evklid kitobidan bir necha geometrik shakllarni sharhlab ildiz topish yo’llarini ko’rsatib bergan. Ibn Sino asarlarini ko’p yillar targ’ib qiladi. Ibn Sinoni ustozi deb biladi. 1079 yilda yangi isloh qilingan kalendar taklif qilingan. Bu kalendar Evropada 500 yil keyin qabul qilingan Grigoryan kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Umrining oxirida faqirlikda umr kechirgan bo’lsada, ilmiy ishlarni davom ettirgan. O’z atrofiga shogirdlar yig’ib lektsiyalar o’qiydi, bir guruh olimlarni tarbiyalab chiqaradi. 1123 yilda Nishopurda vafot etadi. Umar Xayyom o’zining jahonshumul ilmiy asarlari bilan emas, nodir poetik asarlari bilan olamga mashhur bo’ldi. Uning ruboiylari deyarli hamma jahon xalqlari tillariga tarjima qilingan. Qisqa, ammo vazmin she’rlar kishilarni og’ir kurashlardan iborat bo’lsada, insonga eng mahbub narsani mana shu real hayotni sevishga, kerak bo’lsa shu g’oya uchun o’limga tik borishga chorlaydi. U o’zi ko’ngil taskin uchun yozgan ruboiylarini hech kimga ham o’qib bermagan. Kitoblar hoshiyasida yon daftarida bitilgan. U ko’p ruboiylarida insoniy fazilatlarini ulug’laydigan falsafiy fikrlarini ilgari surgan. Insonlarni do’stlik va inoqlikka chaqirgan mutafakkir: «Do’stlar, inoqlikni qilingiz bunyod, Tez-tez diydor ko’rib o’zni aylang shod. Soqiy toza mayni suzganda, aylang Men bechorani ham duo birla yod»-degan edi. Jahon xalqlari uni sevib o’qimoqdalar, yod olmoqdalar. XII asr O’rta Osiyo xalqlarining madaniyati tarqqiyotida katta o’rin egallagan yangi bir bosqich bo’ldi. Bu bosqichda O’rta Osiyo jahon madaniyati taraqqiyotining yirik va markaziy o’choqlaridan biri bo’ldi. O’rta Osiyo olimlari jahon ilm-fanini o’z kashfiyotlari va o’lmas ilmiy asarlari bilan boyitdilar, uning bir necha asrlik taraqqiyotiga samarali ta’sir etdilar. Shu bilan birga, O’rta osiyo xalqlari madaniy hayotning arxitektura, tasviriy san’at, naqqoshlik, o’ymakorlik kabi boshqa sohalarida ham benihoya katta yutuqlarga erishdilar. Boshqa xalqlar bilan iqtisodiy madaniy aloqalarning kengayishi fanning turli tarmoqlarini taraqqiyotiga asos bo’ldi. Buxoro, Urganch, Marv, Balx, Bog’dod, Shom va boshqa shaharlardir. Sharq olimlari hamkorligining markaziga aylandi. XII asr Sa’diydan boshlangan ta’limiy, tarbiyaviy masalalarni badiyotda aks ettirish an’anasi ko’zga tashlanadi. Yu.X. Hojib, A. Yugnakiy, A. Yassaviy, S. Boqurg’oniy asarlarida pedagogik nazariyani, ta’lim-tarbiyani mohiyati, qonunlarining yoritilishini ko’rsatish mumkin. Ammo, feodal iste’dodining keyingi bosiqichlarida ilm-fanning rivojlanishiga to’siqlar paydo bo’ldiki, bu olimlarning ijod qilishiga to’sqinlik qildi. Ulug’ olimlarning ko’p noyob asarlari yo’qotib yuborildi, ularni maktab va madrasalarda o’qitish qat’iyan man qilindi. X asr shoiri Shahid Balxiy o’z davri olimlarining ahvoli haqida bunday degan edi: Download 403.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling