9-mavzu. Shashmaqom ashula bo‘limining ikkinchi guruh sho‘balari


Download 1.52 Mb.
Sana26.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1233558
Bog'liq
9-мавзу


9-mavzu. Shashmaqom ashula bo‘limining ikkinchi guruh sho‘balari
Reja:

  1. Shashmaqom ashula bo‘limining ikkinchi guruh sho‘balari: Savt sho’basi

  2. Mo’g’ulcha sho’basi



1.Shashmaqom ashula bo‘limining ikkinchi guruh sho‘balari: Savt sho’basi
19 asr oxirlariga kelib Buxoro Shashmaqomida milliy mumtoz musiqamizning boshqa о‘zga mahalliy uslub badiiy qiymatlari, ayniqsa, Farg‘ona-Toshkent maqom yо‘llariga xos qadriyatlar о‘ziga xos in’ikosini topdi. tashkil etadi. Shashmaqom tarkibiga XIX asr oxirida kiritilgan bu asarlar Sharq badiiy ijodida keng ma’lum bо‘lgan “nazira” an’analari asosida ijod etilgan edi. Atoqli olim Ishoq Rajabovning ilmiy tadqiqotlaridan ma’lum bо‘lishicha, “Savt”lar 1-guruh shо‘balaridan “Talqin” va “Nasr”larga nazira etilgan, “Mо‘g‘ulcha” lar esa “Saraxbor” larning kuy-ohanglari asosida ijod etilgan. Savt va Mо‘g‘ulchalarning har biri о‘zaro otdosh (nomdosh) bо‘lgan Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma i Ufar nomli shohobchalari bilan bir-biriga ulanib ijro etiladi. Binobarin, bu shо‘balar alohida-alohida bо‘lgan nisbiy mustaqil besh qismli turkumlarni tashkil etadi.
Ma’lumki, maqomlarda usul ifodaviy vositasi eng muhim omillardan hisoblanadi. Aynan usul ijro sur’ati bilan birga kuy xarakterini ham belgilaydi. Inchunin, vazmin usul kuyga ohista ravonlik bag‘ishlasa, raqsbop shо‘xchan usul negizidagi kuyni ham shu sifatlarga ega bо‘ladi. Ayni vaqtda usul mumtoz maqomlarning asriy tadrijida qaror topgan har bir ijodiy maktab va uslub ifodasi hamdir. Bu о‘rinda Shashmaqom ikkinchi guruh shо‘balari tarkibidan о‘rin olgan Buxoro Irog‘i va Saraxbori Oromijon shо‘balari e’tiborimizni о‘ziga tortadi. Zero, ularda qо‘llangan ikki hissali zarbi qadimning aynan Farg‘ona-Toshkent maqom yо‘llari (Bayot 1, Dugoh-Husayn 1, Chorgoh 1 va b.)ga xos kо‘rinishi qо‘llangani ayon bо‘ladi.
Bu hol, ma’lum ma’noda, Toshkent-Farg‘ona hofizlik maktabining о‘sha davr milliy san’atimizda yetakchilik darajasiga qadar yuksalayotganiga ham ishora edi. Xususan, ustoz-hofiz Buxoro xoni Amir Olimxon taklifiga binoan Buxoro saroyida mumtoz ashulalarni yuksak mahorat bilan ijro etganligi, shuningdek, xon tavalludiga bag‘ishlab о‘tkazilgan va kо‘plab taniqli hofizlar ishtirok etgan о‘ziga xos ijodiy bellashuvda bosh sovringa sazovor bо‘lganligi tarixdan ayon.Zebo Pari, Mirza Qosim hofiz, Madumar hofiz, Isa hofiz, Ahror hofiz, Abduqahhor hofiz, Nazirxon hofizlarMadumar hofiz va Ahror hofizlarni. Xususan, ustoz-hofiz Buxoro xoni Amir Olimxon taklifiga binoan Buxoro saroyida mumtoz ashulalarni yuksak mahorat bilan ijro etganligi, shuningdek, xon tavalludiga bag‘ishlab о‘tkazilgan va kо‘plab taniqli hofizlar ishtirok etgan о‘ziga xos ijodiy bellashuvda bosh sovringa sazovor bо‘lganligi tarixdan ayon.
Farg‘ona-Toshkent maqom yо‘llari bilan bog‘lanishlar Shashmaqomining “Nasr” bо‘limidagi ikkinchi guruh aytim (shо‘ba)lari bо‘lgan “Savt” va “Mо‘g‘ulcha” nomli shо‘balar misolida yanada sezilarlidir.
Inchunin, Shashmaqom birinchi guruh asosiy aytim yо‘llari (shо‘balari) turkumida doyra usullari “oddiydan–murakkabga” tamoyili asosida tartiblanadi. Bunda Saraxborda yurak urishi yanglig‘ kelgan ikki hissali (“bak, bum”) vazmin doyra usuli falsafiy mushohadalarga chorlashi о‘laroq о‘zlikni teran anglashga, botiniy tuyg‘ular ila yо‘g‘rilgan ruhiy holatning nafs tо‘siqlari (parda) ichra bosqichma-bosqich rivojiga “turtki” beruvchi muhim “dalda” bо‘lib xizmat qiladi. Shu asnoda quvvatlangan ruhiyat keyingi qism –Talqin usulining “notekis” yо‘sindagi murakkab harakatli sinov bosqichlaridan muvaffaqiyatli о‘tishi hamda buning samarasida о‘zining chо‘qqi (avj) maqomi sari zafarli yuksalishi (Nasr) va intihoda shodlik tantanasi (Ufar)ga zrishuvi kо‘zda tutiladi.
Shashmaqomning ikkinchi guruh shо‘balari qatoridan о‘rin olgan Savt va Mо‘g‘ulcha turkumlarida bu konsepsiya ma’lum qadar о‘zgacha namoyon bо‘lishini kо‘ramiz. Bunda, eng avvalo, “oddiydan–murakkabga” tamoyilining aksincha holati kо‘zga tashlanadi. Xususan, Savt shо‘basi besh hissali murakkab usul negizida ifodalanadi.

Mazkur usul semantikasida, birinchi guruhdagi Saraxborlarda ilgari surilgan falsafiy mushohadalardan farqli о‘laroq, ma’lum qadar harbiycha intizomlashgan mardonovor siymo odimlari his etiladi. Shu asnoda Savt shо‘basi va unga uzviy bog‘lanib kelgan Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar nomli shoxobchalarini qamragan besh qismli yaxlit turkum badiiy mazmunida azmu shijoatli bahodir (sulton) qahramonning zafarli tariq ifodasini anglash mumkin.


Talqincha usuli:
6 misol

Og‘zaki an’anada «ba-ka bum bak bum» deb ifoda etiladi.
Qashqarcha usuli:
7 misol

Og‘zaki an’anada «bum-ba-ka-bum bak bum» deb ifoda etiladi.
Soqiynoma usuli:
8 misol

Og‘zaki an’anada «ba-ka-ba-ka bum bum» deb ifoda etiladi.
Ufar usuli:
9 misol

Og‘zaki an’anada «bum ba-ka bum bak», yoki quyidagisi «bum ba-ka-bak
bum bak» deb ifoda etiladi:
10 misol

Ular ramal, komil, muzore, rajaz, mutaqorib nomli bahrdagi she’rlar bilan o‘qiladi.1
Arab tilidan olingan “savt” atamasi Shashmaqomga qadar musiqa ilmi va amaliyotida turli mazmun kasb etib kelgan. Qomusiy allomalar – Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino yashagan davrlarda u dastlab ohang, musiqani tashkil etuvchi tovush va umuman, baland-pastligi aniq bо‘lmagan tovushlarni ham anglatib kelgan.
E’tiborlisi shundaki, XIII-XV asrlarda bitilgan musiqa risolalarida Savt doyra usuli tavsif etilmaydi. Chunki bu usul musiqa amaliyotida keyinroq (taxminan XV asr oxiridan e’tiboran) qо‘llana boshlagan. Taxminan XV asrdan boshlab u muayyan shakl asosida bastalanuvchi ashula yо‘lini ifodalay boshlagan. Jumladan, Darvish Ali Changiyning (XVII asr) musiqaga oid mashhur risolasida shu xildagi Savtlar XV-XVII asrlarda juda kо‘plab ijod etilgani ta’kidlab о‘tiladi.
Uning yuzaga kelishi esa umrining salmoqli qismi jangu jadallar bilan о‘tgan jasur sarkarda, dovyurakligi va mardligi bilan “Sher” taxallusini olgan Bobur ijodiy faoliyati bilan bog‘liq bо‘lishi mumkin. Zotan, “musiqa va о‘zga san’atlarni g‘oyatda nozik idrok etgan” temuriy shahzoda musiqa bobida noyob iste’dodi va nozik ta’bligi bilan ham mashhur edi (5. 50 b.; 3. 15 b.; 7. 261 b.). Demak, qiyosiy tahlillar asosidagi mantiqiy xulosaga kо‘ra, dastlab Axsi saroyi san’atida qaror topgan Savt usuli keyinchalik Shashmaqom tarkibidan ham muqim о‘rin olgan.
Lekin о‘tmishdagi risolalarda “mо‘g‘ulcha” atamasi haqida deyarli hech qanday ma’lumot uchramaydi. Hatto Boburiylar saroy musiqasiga oid musiqa namunalarida ham bunday atama qо‘llanmagani ma’lum. Bu bejiz emas, albatta. Zero, Shashmaqom tarkibida kelgan “mо‘g‘ulcha” atamasi ham aslida Savt shо‘basining bir kо‘rinishidir. Ayni vaqtda bu har ikkala shо‘ba usullar nisbati va turkumlanish nuqtai nazaridan о‘zaro о‘xshash bо‘lgani holda, Shashmaqomning birinchi guruhida kelgan Saraxbor, Talqin va Nasr shо‘balaridan sezilarli darajada farq qiladi.
Mо‘g‘ulcha nomli shо‘balarda ham Savtda kelgan mardonavor usulning bir kо‘rinishi hozir bо‘ladi. Shuningdek, Mо‘g‘ulchalar ham Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar nomli shoxobchalari bilan Savtlar kabi besh qismli turkum kо‘rinishida hozir bо‘ladi. Bunda faqat ularning kuy-ohanglari о‘zaro farqlidir – ustoz olim Ishoq Rajabovning e’tiroficha, Savtlar birinchi guruh shо‘balaridan, asosan, Nasrlarga aks-sado, ya’ni javob (nazira) tariqasida, Mо‘g‘ulchalar esa kо‘proq Saraxbor shо‘balariga nazira tarzida ishlangan ashula yо‘llaridir (6. 242-252 b. ).
Tarixdan ma’lumki, XIX asr о‘rtalariga kelib Boburiylar sulolasi tarix sahnasida о‘z faoliyatini tugatgan edi. Shu sabab saroy maqomchilari ona yurtlariga qaytib, shu hududlarda о‘z faoliyatlarini davom ettirgan bо‘lishlari va, jumladan, Shashmaqom ikkinchi guruh shо‘balari shakllanishiga о‘z hissalarini qо‘shgan bо‘lishlari haqiqatga yaqindir.
Zero, Savt va Mо‘g‘ulchalarning Buxoro Shashmaqomi tarkibidan о‘rin olgan payti ham shu tarixiy davrga tо‘g‘ri keladi. Demak, taxminga kо‘ra, Mо‘g‘ulcha deganda Savtning, aniqrog‘i, uning “mо‘g‘ullar” deb atalib kelingan, aslida esa Boburiylar orasida joriy etilgan ma’lum qadar farqli shaklu shamoyili nazarda tutilgan. Shunga kо‘ra, Buxoro Shashmaqomida shartli qо‘llangan bu atamadagi “cha” qо‘shimchasi Savtni mо‘g‘ulcha yо‘sinida ijro etish degan ma’noni anglatib keladi.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda quyidagicha xulosalarga kelamiz:
a) Shashmaqom Savtlari birin-ketin ijro etiluvchi shoxobchalari bilan birga kо‘proq Farg‘ona-Toshkent maqom ashula yо‘llari (Bayot, Chorgoh, Gulyor-Shahnoz kabi)ga xos besh qismli turkumni tashkil etadi.
b) Shashmaqomdagi har biri alohida-alohida besh qismli Savt va Mо‘g‘ulcha shо‘balari pirovardida о‘zaro bog‘lanib yirik turkumni hosil etmaydi, balki Farg‘ona-Toshkent maqom ashula yо‘llari singari “tarqoqlik” xususiyatlarini о‘ziga xos in’ikos etadi.
v) Savt va Mо‘g‘ulcha turkumlarida kо‘proq vodiy yallachiligiga xos raqsbop ohang-usullar ifori taralib turadi. Jumladan, negizi uyg‘urcha bо‘lgan Qashqarcha nomli о‘ynoqi usul va shunga monand ohanglar dastlab yallachi ayol san’atkorlar ijodida qо‘llangani ma’lum. Bu bejiz emas, albatta. “Chunki Andijonda istiqomat qilayotgan kо‘p sonli (vodiyning boshqa viloyatlariga nisbatan) uyg‘ur aholisining milliy qо‘shiqlari bu hududlarda ma’lum va mashhurdir” (8. 83 b.). Bu kabi jozibali ohang-usullar Bobur va Boburiylar saroyi yallachilari ijrochiligida bastakorlik ijodiyotiga kо‘rsatgan samarali ta’siri natijasida maqom turkumlarida ham in’ikos eta boshlagan.
Shu о‘rinda Boburning о‘g‘li Humoyun tug‘ilishi sharafiga о‘tkazilgan tо‘y manzarasi tasvirlangan miniatyuraga e’tibor qarataylik. Bunda saroy musiqachilarining ishtiroki uch kо‘rinishli о‘zgacha montaj uslubini eslatadi: birinchi darajani Bobur Mirzoga yaqin masofada turib ud chalayotgan musiqachi tashkil etadi. Bu esa saroyda maqom san’ati alohida nufuzda bо‘lganini anglatadi. Chunki “sozlar sultoni” ud – О‘n ikki maqom timsolidir.
Keyingi о‘rinni raqs tushayotgan va doyralarda shо‘x usullar chalayotgan yallachi ayol san’atkorlar egallaydi. Miniatyuraning quyi qismida aks etgan qilich bilan raqs tushayotgan erkak va surnay-nog‘oralarda chalayotgan ansambl esa о‘sha davrda keng urf bо‘lgan mardonovor harbiy raqsni timsollaydi. “Boburnoma”da bunday raqqoslar “ajab usul sohiblari” qatorida tavsif etiladi.
Bu kabi saroy musiqa ana’analari Savtlarda bir tartibda intizomlashgan bо‘lishi ehtimoldan holi emas. Qolaversa, Bobur Mirzoning о‘zi ham maqom savtida bastakorlik qilgan: “Mullo Yorak panjgohda muxammas davrida bog‘lag‘on naqshini о‘tkardi. Yaxshi naqsh bog‘labtur. Necha mahal edi, mundoq nimalarg‘a mashg‘ulluq qilmaydur edim. Bu taqrib ila “Chorgoh” savtini bog‘ladim. Nechukkim, mahallida mazkur bо‘lg‘usidir”.
Xullas, Shashmaqom Savt va Mо‘g‘ulcha turkumlarida Farg‘ona-Toshkent mahalliy musiqa uslubiga xos sifatlar badiiy in’ikos etganligi shubhasizdir. Endi maqomlardagi “mо‘g‘ulcha” atamasi yuzaga kelishidagi asosiy iddaoga о‘tsak. Tarixdan ma’lumki, XIX asr о‘rtalariga kelib Boburiylar sulolasi tarix sahnasida о‘z faoliyatini tugatgan edi. Shu sabab saroy maqomchilari ona yurtlariga qaytib, shu hududlarda о‘z faoliyatlarini davom ettirgan bо‘lishlari va, jumladan, Shashmaqom ikkinchi guruh shо‘balari shakllanishiga о‘z hissalarini qо‘shgan bо‘lishlari haqiqatga yaqindir.
Zero, Savt va Mо‘g‘ulchalarning Buxoro Shashmaqomi tarkibidan о‘rin olgan payti ham shu tarixiy davrga tо‘g‘ri keladi. Demak, taxminga kо‘ra, Mо‘g‘ulcha deganda Savtning, aniqrog‘i, uning “mо‘g‘ullar” deb atalib kelingan, aslida esa Boburiylar orasida joriy etilgan ma’lum qadar farqli shaklu shamoyili nazarda tutilgan. Shunga kо‘ra, Buxoro Shashmaqomida shartli qо‘llangan bu atamadagi “cha” qо‘shimchasi Savtni mо‘g‘ulcha yо‘sinida ijro etish degan ma’noni anglatib keladi.

Maqomlar bilan bog‘liq yuqorida muxtasar qayd etilgan masalalarga yanada oydinlik kiritish borasida Bobur Mirzo va Boburiylar madaniy hayoti bilan bog‘liq ilmiy merosini maxsus tadqiqotlar asosida atroflicha о‘rganish – musiqashunoslik va manbashunoslik fan sohalari oldida turgan muhim ilmiy vazifalardan biridir.



1 Qarang: Ishoq Rajabov. Maqomlar masalasiga doir. Toshkent, 1963 y., 227 bet.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling