2-ta’rif (ikki fikrning konyunksiyasi) A va B fikrlarning konyuksiyasi deb, shunday yangi fikrga aytiladiki, bu fikr berilgan ikkala fikr bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘lib, qolgan xollarda yolg‘on bo‘ladi, hamda, A(B yoki A&B kabi belgilanadi.
Bu ta’rifni tushintirish uchun ikki fikrning konyunksiyasi chinlik jadvali deb ataluvchi jadvalni kiritamiz:
А
|
B
|
АB
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
1
|
0
|
0
|
1
|
1
|
1
|
Ikki fikrning konyunksiyasi
Berilgan A va B fikrlarning konyuksiyasi “A va B”, “ham A, ham B”, “A xamda B” ko‘rinishida quriladi.
3-ta’rif (ikki mulohazaning dizyunksiyasi): A va B fikrlarning dizyunksiyasi deb, shunday yangi fikrga aytiladiki, bu fikr A va B fikrlardan aqalli bittasi rost bo‘lgandagina rost bo‘ladi. Uning belgilanishi АB ko‘rinishda bo‘lib, uning chinlik jadvali:
А
|
B
|
АB
|
0
|
0
|
0
|
0
|
1
|
1
|
1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
1
|
Ikki muloxazaning dizyunksiyasi
Berilgan A va B fikrlarning dizyunksiyasi “A yoki B”, “yo A, yo B” kabi quriladi.
4-ta’rif (ikki fikrning implikasiyasi): A va B fikrlarning implikasiyasi deb, shunday yangi fikrga aytiladiki, A rost bo‘lib, B yolg‘on bo‘lganda yolg‘on, qolgan hollarda rost bo‘ladi, hamda, belgilanishi А B ko‘rinishda bo‘lib, uning chinlik jadvali:
А
|
B
|
АB
|
0
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1
|
1
|
0
|
0
|
1
|
1
|
1
|
Ikki fikrning implikasiyasi
“Agar A bo‘lsa, u holda B”, “A dan B kelib chikadi”, “A-fikr, B-fikr uchun yetarli”, “B-fikr, A-fikr uchun zarur”.
Keltirilgan shartli fikrda A – asos, B – esa xulosa deyiladi. Implikasiya xulosa chiqarishda muhim rol o‘ynaydi va teoremalar, har xil tushunchalar ta’riflari shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |