9-Mavzu: Tafakkur va nutqning psixologik tasnifi. Reja: Tafakkur haqida umumiy tushuncha. Tafakkurning mantiqiy shakllari va turlari
Nutq to’g’risida umumiy tushuncha.Nutq vujudga kelishining nazariyalari
Download 105.5 Kb.
|
9 -Mavzu Tafakkur va nutqning psixologik talqini
Nutq to’g’risida umumiy tushuncha.Nutq vujudga kelishining nazariyalari.
Nutq turlari. Nutqning rivojlanishi.Tabiat mo‘jizalaridan biri bola tomonidan nutqni o‘zlashtirish qobiliyatidir. Bolalaming oddiy guv-guvlash jarayonidan bir so‘zli bosqichga va telegrafik, ikki so‘zli bosqichga yengil o‘tishlari olimlar o‘rtasida ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lib kelgan.Bixevioristik oqim namoyondalaridan Skinner biz tilni imitatsiya, ya’ni taqlid qilish va uni mustahkamlashning ma’lum tamoyillari vositasida o‘rganamiz, deb tushuntirgan.Lingvist Noam Xomski Skinner fikrlariga e’tiroz bildirib, bolalar biologik va fiziologik jihatdan so‘zlarni o‘rganish va grammatikadan foydalanishga tayyor bo‘ladilar, deydi. Biroq grammatikani o‘zlashtirish inson hayotining dastlabki bir necha yilini egallashini inobatga olganda uning fikrlari o’ta bahsli va tanqidiydir. Insoniyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyatsion apparati paydo bo‘lgunga qadar, imo-ishoralardan foydalanib nutq so‘zlagan. Ma’lumki, qadimgi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida qanday funksiyani bajarayotgan bo‘lsa, o‘sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, ma’lumotlar ko‘lami tor bo‘lgani tufayli insonlar noverbal nutqdan ko‘p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar.Avlodlar tarbiyasi, ma’lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimoiy va xususiy (shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu tariqa namoyon bo‘lgan, tobora takomillashib borgan. Insoniyat yer yuzida hayot va faoliyat ko‘rsatish davrining dastlabki pallasida asosiy nutq turi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etgan. Masalan, o‘zbeklarda fikrni tasdiqlash old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xuddi shu ma’noni bulg‘orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib keladi.Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jimjiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilinmaydi. Tabassum, jilmayish, miyig‘ida kulish, lab qisish va cho‘chchaytirish, til chiqazish, qosh uchirish va suzish, xullas turli psixologik holatlarni, ayniqsa hissiy kechinmalarni aks ettiruvchi kommunikativ, interaktiv, pertseptiv xususiyatli nutq turi mimika bo‘lib hisoblanadi. Mimika yordami bilan haqgo‘ylik, quvlik, yoqtirish va yoqtirmaslik, samimiylik va ikkiyuzlamachilik, hasad:quvonch, qayg‘u, baxtiyorlik singari yuksak tuyg‘ular namoyish etiladi. Xush yoki noxush kechinmalar aks etilayotganligidan kelib chiqqan holda muomala jarayoni qisqa muddatli, yoki uzoq muddatli vaqt mezonini namoyon qiladi, qayg‘u, baxt hislarini ifodalab keladi. U mono vaziyatni, diada, triada, poliada ko‘rinishidagi shaxslararo munosabat shakllarini yaqqol aks ettiradi, fikmi uzatish, qabul qilish, ta’sirlanish, ruhlanish kabi fonksiyani bajaradi.Hayotiy tajribaning ko‘payishi bilan ichki kechinmalarni (interiorizatsiyalash) tashqi voqea-hodisalarga almashtirish (eksteriorizatsiyalash) bilan yakunlanadi, ko‘pincha individual va ijtimoiy tarbiya vazifasini bajaradi.O‘z mohiyati ko'lami bilan mimikadan ustuvor xususiyatga ega bo‘lib, axborotlar, intim holatlar, murakkab kechinmalar yuzasidan o‘zgalarga ma’lumot uzatish tarzida hukm suradi.Insonda turmush tajribasi ortib borishi, kasbiy faoliyat mazmunini rollarga va syujetga asoslangan holda ssenariysini yaratish, vaziyatga qarab qisqa va uzoq muddatli informativ funksiya bajaradi. Pantomimika yumor hissini, qo‘rqinch tuyg‘usini, zahmat obrazini, dahshat kechinmasini o‘zida aks ettirib, ko‘pincha kommunikativ funksiyani ijro qiladi, hissiy aloqa o‘rnatish orqali taassurotlar mukammalligi ta’minlanadi.Tashqi ta’sirlanish va uning teskari aloqasi kulgida, ko‘z yoshlarida (xoh quvonchli, xoh qayg‘uli bo‘lishidan qat’i nazar) ifodalanib, assotsiatsiyalarni jonlantiradi va ko‘lamini kengaytiradi. Pantomimika sahna harakatiga nisbatan qobil, iste’dodli, iqtidorli salohiyat namunasini namoyish etib, maxsus qobiliyatli shaxslar tomonidan maqsadga muvofiq ravishda ijro qilinadi, lekin istisno tariqasida o‘qituvchilik faoliyatida ham unumli foydalaniladi. Yaqqol ruhiy hodisalar, holatlar, xususiyatlar, shaxsning fazilatlari pantomimika ijrosi davomida faoliyat subyekti tomonidan bajariladi.U shartli belgilar, signallar, modellar shaklida ifodalanishi mumkin. Uzoq masofalarga xabar yoki ma’lumot uzatish va qabul qilish vositasi sifatida Morze alifbosi va shunga o‘xshash «sun’iy til» nomi bilan mashhur kommunikativ manbalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.Har bir «signal» o‘z ko‘lami, takrorlanish sur’ati, tembri, chastotasi bilan muayyan ma’lumot uzatish yoki qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lib, shartli alomatlar negizida mazmun yoki mohiyat yotadi («doza», «porsiya» deb nomlanadi). Noverbal nutqni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: Download 105.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling