9-MAVZU: TA’LIMDA INNOVATSION JARAYONLAR.
REJA:
9.1.“Innovatsion metod” tushunchasi. O‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Interaktiv ta’lim metodlari tasnifi. Grafik organayzerlar.
9.2.Interaktiv metodlarni turkumlash. Interaktiv darsni tashkil qilishga qo‘yiladigan talablar. Interaktiv dars shakllari, metodlari va vositalari. Interaktiv dars va o‘qituvchi faoliyati. Ta’lim jarayonida interaktiv metodlarni qo‘llash metodikasi.
9.3.Tarbiya texnologiyasi tushunchasi. Tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilishi. Tarbiya texnologiyasi mazmuni. Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish bosqichlari. Tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogik vositalardan foydalanish.
9.4.Hamkorlik pedagogikasi. Insonparvarlik texnologiyasi. Tarbiyaviy texnologiyalar treningi.
Mustaqil ta’lim: Pedagogik diagnostika.
Tayanch tushunchalar: pedagogik texnologiya, kategoriya, metodologik asos, “Texnologiya”, tarixiy rivojlanish, davr, pedagogik olimlar, darajalar, tuzilish, nazariy asoslar.
9.1.“Innovatsion metod” tushunchasi. O‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Interaktiv ta’lim metodlari tasnifi. Grafik organayzerlar.
1. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir.
A.I. Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.
Tadqiqotchilar (A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G.Kruglikov, A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o‘rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o‘zaro ta'siri mikrosathi.
Do'stlaringiz bilan baham: |