9-Mavzu: Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, ro`yxatga olish va kirtish to`g`risida
Texnik reglamentlarning namunaviy tuzilmasi
Download 252 Kb. Pdf ko'rish
|
9-Mavzu Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, ro`yxatga olish va kirtish to`g`risida
Texnik reglamentlarning namunaviy tuzilmasi
Texnik reglamentlar quyidagi tuzilmali elementlarni o‘z ichiga olishi mumkin: titul varag‘i; so‘z boshi; qo‘llanish doirasi; ta’riflar; himoyalovchi izoh; bozorga kirish qoidalari; texnik talablar; muvofiqlik prezumptsiyasi; muvofiqlikni tasdiqlash; muvofiqlikni baholash bo‘yicha ishlar natijalarini o‘zaro tan olish; o‘tish davri; davlat nazoratini amalga oshirish tartibi; ilova. “Titul varag‘i” tuzilmali elementida davlat va rus tilllarda quyidagilar keltiriladi: darajasi - umumiy (maxsus) texnik reglament; belgilanishi; nomlanishi; “Rasmiy nashr” so‘zlari; Toshkent – qabul qilish yili. “So‘z boshi” tuzilmali elementida texnik reglament, mintaqaviy va xalqaro darajada uyg‘unlashtirish to‘g‘risida axborotni ishlab chiqish va tasdiqlash, boshqa texnik reglamentlar bilan o‘zaro bog‘lanish, dastlabki yoki boshqa normativ hujjat o‘rniga joriy etilgani to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi. “Qo‘llash doirasi” tuzilmali elementida texnik reglamentni tatbiq etish doirasi ko‘rsatiladi va zarur bo‘lganda texnik jihatdan tartibga solish ob’ekt (aspekt)lari aniqlanadi. U, mahsulot (mahsulot guruhlari) yoki mahsulot bilan bog‘liq bo‘lib, texnik jihatdan tartibga solish ob’ektlarini identifikatsiya qilish talablari va qoidalari belgilanayotgan ishlab chiqarish jarayonlari va usullarining to‘liq ro‘yxatini, shuningdek ularga xos xavflarni o‘z ichiga oladi. “Ta’riflar” tuzilmali elementida texnik reglament matnini bir xil ma’noda va zid bo‘lmagan tarzda tushunish uchun mo‘ljallangan atamalar keltiriladi. “Bozorga kirish qoidalari” tuzilmali elementida, mahsulotlardan o‘z vazifasida foydalanish paytida iste’molchilarni chalg‘itish ehtimoli paydo bo‘lib, inson hayoti va sog‘lig‘iga, hayvonlar va o‘simliklar, mol-mulk hamda atrof muhitga zarar etkazilsa, ushbu mahsulot bozorda realizatsiya qilinmasligi uchun asos bo‘ladigan qoidalar o‘rnatiladi, shuningdek Muvofiqlik belgisini qo‘llash qoidalari keltiriladi. “Texnik talablar” tuzilmali elementida texnik reglament maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan mahsulot (mahsulot guruhlari) yoki mahsulot bilan bog‘liq bo‘lib jarayonlar va ishlab chiqarish usullarga qo‘yiladigan talablar keltiriladi. U belgiga, o‘rov-idishiga,tamg‘alarga yoki yorliqlarga qo‘yiladigan talablarni o‘ziga kamrab olishi mumkin yoki ushbu masalalarga butun bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. Texnik reglamentda texnik jihatdan tartibga solish ob’ektning konstruktsiyasiga qo‘yiladigan talablar bo‘lmasligi lozim, iste’molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarni oldini olish va inson hayoti va sog‘ligiga, hayvonlar va o‘simliklarga, mol-mulkiga, atrof muhitga zarar etkazilishi xavfi darajasi hisobga olingan holda ushbu talablar yo‘qligi sababli ta’minlanmasligi hollari bundan mustasno. Texnik jihatdan tartibga solish ob’ekti “Ilova” tuzilmali elementida ro‘yxati keltirilgan xalqaro va G‘yoki davlatlararo standartlarga muvofiq bo‘lganda, “Muvofiqlik prezumptsiyasi” tuzilmali elementida bayon etiladi. Texnik reglamentga “Muvofiqlik prezumptsiyasi” tuzilmali elementi kirmasligi mumkin. Xavf darajasini nuqtai nazaridan dalilikning zaruriy darajasini ta’minlaydigan shakllar va muvofiqlikni tasdiqlaydigan sxemalar “Muvofiqlikni baholash” tuzilmali elementida keltiriladi. Muvofiqlik to‘g‘risida deklaratsiya (muvofiqlik sertifikati)da texnik reglamentiga havola keltiriladi. “Himoyalovchi izoh” tuzilmali elementida qoidalarga binoan, texnik reglamentga nomuvofiq mahsulotlarni bozorga kirish oldini olishga ko‘riladigan choralar keltiriladi. “Muvofiqlikni baholash bo‘yicha ishlar natijalarini o‘zaro tan olish” tuzilmali elementida muvofiqlikni baholash bo‘yicha ishlar natijalarini o‘zaro tan olish shartlari keltiriladi. “O‘tish davri” tuzilmali elementida texnik reglamentni qachon amalga joriy etish kerak bo‘lgan davr ko‘rsatiladi. “Davlat nazoratini amalga oshirish tartibi” tuzilmali elementida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilikga muvofiq nazoratni o‘tkazish davriyligi, nazorat yuklagan tashkilotning nomi keltiriladi. “Ilova” tuzilmali elementida texnik reglament talablariga rioya etishni ta’minlaydigan xalqaro va/yoki davlatlararo standartlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Texnik reglamentiga “Ilova” tuzilmali elementi kirmasligi mumkin. Texnik reglamentning qoidalarni belgiladigan jadval, rasm, sxema, diagramma, misollar va h.k. boshqa ilovalarga ruxsat etiladi. Download 252 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling