9-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishl
Download 54.45 Kb.
|
9-мавзу
9.3. Rentabellik va uni oshirish yo‘llari
XYuSning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabellik ko‘rsat-kichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining sarf qilingan mablag‘larga yoki realizatsiya qilingan mahsulotning hajmiga nisbati bi-lan aniqlanadi. Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichla-ridan tez-tez foydalaniladi: · sotuv (sotish) rentabelligi; · o‘zlik kapitalning rentabelligi; · aylanma aktivlarning rentabelligi; · aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi; · investitsiyalarning rentabelligi. Sotuv (sotish) rentabelligi XYuS sotuvi (sotishi)ning hajmida sof foydaning salmog‘ini ko‘rsatadi va uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: Kрс = (SFк : SH) x 100% Bu yerda: Kрс SFк SH – sotuv (sotish) rentabelligi; – XYuSning sof foydasi; – XYuSning sotuv (sotish) hajmi. O‘z kapitalining rentabelligi XYuSning egalari tomonidan investi-tsiya qilingan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Odatda bu ko‘rsatkich mablag‘larning boshqa XYuSlarga, qim-matli qog‘ozlarga va depozitlarga qo‘yilishi imkoniyati bilan taqqosla-nadi. Bu ko‘rsatkich kompaniyaning egalari tomonidan XYuSga joy-lashtirilgan har bir birlik sof foydaning qancha pul birligi “ishlaganli-gini” ko‘rsatadi va formula yordamida quyidagicha hisoblanadi: Kрук = (SFк : O‘Kк ) x 100% Bu yerda: Kрук – XYuS o‘z kapitalining rentabelligi; SFк – XYuSning sof foydasi; O‘Kк – XYuSning o‘zlik kapitali. Aylanma aktivlarning rentabelligi aylanma mablag‘lardan foydala-nish samaradorligini ochib beradi va uni quyidagicha aniqlash mumkin: K рам = SFк : JAк 138 Bu yerda: K рам – XYuS aylanma aktivlarining rentabelligi; SFк – XYuSning sof foydasi; JAк – XYuSning joriy (yillik o‘rtacha) aktivlari. Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi ko‘rsatkichi kompaniyaning asosiy kapitaliga nisbatan XYuSning yetarli foyda hajmini ta’minlash qobiliyatini aks ettiradi. Uni formula yordamida qu-yidagicha ifodalasa bo‘ladi: Kрата = (SFк : UMAк ) x 100% Bu yerda: Kрата – XYuS aylanmadan tashqari aktivlarining rentabelligi; SFк – XYuS ning sof foydasi; UMAк – XYuS ning uzoq muddatli (yillik o‘rtacha) aktivlari. Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsiyenti XYuS raqobatbar-doshligi va innovatsionligining eng muhim indikatorlaridan biri hisob-lanadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: Kpu = SF к : (O‘K + UMM) x 100% Bu yerda: Kpu – XYuS investitsiyalarining rentabelligi; SFk – XYuSning sof foydasi; O‘K – XYuSning o‘z kapitali; UMM – XYuSning uzoq muddatli majburiyatlari. Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari omillarning quyidagi guruhlari bilan bog‘liq: · foyda summasini ko‘paytirish; · xarajatlarning darajasini va foydani olish uchun resurslarni kamaytirish. Bu yo‘nalishlar har bir XYuSda konkretlashtirilishi va rentable-likni oshirishning rezervlarini qidirib topish va ulardan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin. Download 54.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling