9-mavzu. Yuksаlish, rivоjlаnish va iqtisodiy siyosat Reja: Riv


Davlatning ekologik siyosati va tabiatdan foydalanish vazifalari


Download 42.09 Kb.
bet2/6
Sana21.04.2023
Hajmi42.09 Kb.
#1375560
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mavzu

17.2. Davlatning ekologik siyosati va tabiatdan foydalanish vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g’risida»gi qonunida iqtisodiy mexanizmni asosiy kontseptsiyasi shakllantirilgan, tabiiy resurslardan foydalanishga limitlar aniqlangan, tabiatni muxofaza qilish samaradorligini oshiruvchi ishlar uchun soliq, kredit va boshqa imtiyozlar berilgan. Suvdan foydalanish Respublikamizda 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to‘g’risida»gi qonun va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi.
Ekologik siyosat avvalombor inson salomatligini ta’minlash uchun qulay muhit yaratishga qaratilgandir.
Inson salomatligini ta’minlashning muhim shartlaridan biri – ekologik sog’lom muhitdir. Asosiy Qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini, shu qatorda sog’lom muhitda yashash huquqini ham kafolatlaydi. shu ma’noda inson salomatligining barqarorligini ta’minlashda ekologik xavfsizlikni ta’minlash hal qiluvchi omillardan hisoblanadi. Ekologik xavfsizlik davlatning hayotiy muhim manfaatlarini, jamiyat va shaxsiy himoya qilishning muhim jihati hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizlik siyosati Konstitutsiya, qonunchilik, atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro konventsiya va kelishuvlardan kelib chiquvchi majburiyatlarimiz, hamda ilg’or mamlakatlarning qonunchilik tajribasini hisobga olib Rio-de Janeyro va Yoxannesburg Deklaratsiyalari tamoyillari asosida olib borilmoqda.
O‘zbekiston o‘zining muhim strategik vazifasi bilan sog’lom avlodning shakllanishini aniqlab oldi. Bu esa barqaror rivojlanishni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlatning ekologik siyosati asosini belgilab berdi.O‘zbekiston siyosati barqaror rivojlanishning quyidagi tamoyillariga asoslanadi:
1. Ekotizimlarning ma’lum barqarorligini saqlab qolish uchun tabiatdan foydalanish jarayonlarining muvozanatiga erishish.
2. Antropogen tasir kuchlar yuqori bo‘lgan tumanlarda barqaror rivojlanishni yangilash.
3. Ekologik muammolarning iqtisodiy muammolar ustidan ustunligini keng omma oldida tasdiqlash, shu bilan birga davlat boshqaruvi jarayonlarini ekologizatsiya qilish.
Bozor munosabatlari sharoitida barqaror rivojlanishning ekologik xavfsizligini ta’minlashda faoliyatning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini inobatga olish kerak:
- ishlab chiqaruvchi kuchlarni ekologik asoslangan holda taqsimlash;
- qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, transport va kommunal xo‘jaligining ekologik xavfsiz rivojlanishi;
- atrof-muhit va tabiatdan foydalanish sohasidagi boshqaruvni yangi pog’onaga ko‘tarish;
- tabiat resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish;
- chiqindilarni zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ikkilamchi resurslardan foydalanish.
Respublikaning ekologik siyosati tabiatning ayrim unsurlarini himoya qilishdan barcha umumiy ekotizmni himoya kilishni amalga oshirishga o‘tishga, insonning yashashi uchun kerak bo‘lgan hayotiy muhitning eng maqbul parametrlarini kafolatlashga qaratilgan.
Bunday ekologik siyosatni hayotga tadbiq qilish ijtimoiy-iqtisodiy va jamiyatni to‘lig’icha barqaror rivojlanishning shartlaridan biri bo‘lib qolishi kerak.
Hozirgi vaktda jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan va insoniyatni tashvishga solib kelayotgan ekologik muammolar global, mintaqaviy, milliy hamda mahalliy miqyoslarga bo‘linib o‘rganiladi. Keyingi yillarda asosiy global muammolardan - iqlim o‘zgarishi, ozon tuynugining qosil bo‘lishi va Orol dengizi muammolarini ta’kidlab o‘tish joiz. Mintaqaviy muammolarga esa global muammolar bilan bir qatorda suv resurslaridan foydalanish, atrof-muhitning transchegaraviy ifloslanishi, cho‘llanish, yukumli va o‘ta xavfli kasalliklarning tarkalishi, tabiiy va texnogen tusdagi kataklizmlarni, mahalliy mikyosda - muayyan xududlarning radiatsion ifloslanishi, er osti suvlarining ifloslanishi, chikindilarni to‘planishini keltirish mumkin.
Ma’lumki respublikamizda aholi zichligi 1980- yilda bir kvadrat kilometrga 35,6 kishi to‘g’ri kelgan bo‘lsa 2006 - yilda bir kvadrat kilometrga 57 kishiga ortdi. shu tarzda aholi soni 2010 yilda respublika aholisi 28,5 million kishini tashkil etdi. Arid zona sharoitlarida, axoli soni o‘sishi bilan antropogen tazyiq (suvga va hayot uchun zarur boshqa vositalarga nisbatan ehtiyojning o‘sishi) ortadi. Bu respublikamiz aholisizich yashaydigan hududlarda qo‘shimcha ekologik, iqtisodiy va ijtimoii tazyiqlarni vujudga keltiradi.
O‘zbekiston hududida global mintaqaviy iqlimning o‘zgarishi okibatlarini baholash 2030 yillarga kelib, shimoliy hududlarda o‘rtacha yillik haroratning o‘sishi 2-3 darajaga va respublika janubiy qismida 1 darajaga o‘sishi, tog’li hududlarda ancha kamroq ta’sir ko‘rsatilishi kutilmokda. O‘zbekistonning barcha hududlarida yog’ingarchiliklar mikdorining 5% foizgacha, Farg’ona vodiysida 15% foizgacha, respublikamiz shimoliy kismida 15-20 % foizgacha ortirishi kutilmoqda.
Jahon ekspertlarning fikriga ko‘ra, iklim o‘zgarishi bo‘yicha Antarktida va Grenlandiya muzliklarining faol erishi natijasida 2100 yilga kelib dunyo okeanining sathi 18-59 sm.ga ko‘tariladi. Bu esa, hududida orollar joylashgan ayrim mamlakatlar va qirg’oq bo‘yi shaharlarida misli ko‘rilmagan darajada suv bosishiga olib kelishi mumkin. BMT ning qukumatlararo komissiyasi tomonidan tayyorlangan "Iqlim o‘zgarishi - 2007"ma’ruzasida insoniyat faoliyati natijasida global haroratning ko‘tarilishiga oid inkor etib bo‘lmas dalillar keltirilgan. 100 yillik uchun berilgan global bashoratlarga ko‘ra, bug’li gazlarni qiskartirish chora-tadbirlarni amalga oshirganning o‘zida harorat 1.4 dan 5.8 Sga ko‘tarilishi mumkin. Bu esa, albatta, atrof-muhit, inson salomatligiga salbiy ta’sirini o‘tkazadi.
Jahonda chuchuk suvni ishlatish hajmi yildan yilga ortib bormoqda, ayni paytda ko‘p mamlakatlar axolining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini qondirish va ekotizimlarning barqarorligini saqlash uchun zarur darajadagi suv ta’minotida kiyinchiliklar sezmoqda. Suvga oid dalillarga ko‘ra, chuchuk suv zaxirasining 70-90 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda ekinlarni etishtirish uchun ishlatiladi. Kundalik ehtiyojni qondirish uchun esa aholi jon boshiga kuniga 50 litr suv zarur1. Suvga nisbatan ortib borayotgan talablarni hisobga olish yuzaga keladigan muammolar va taxdidlarning nechog’lik keng ko‘lamga ega ekanidan, va «o‘zgarib borayotgan dunyo hayoti»ga teran nigoh bilan qarash lozimligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza kilish va atrof-muhitni himoya etish bo‘yicha ishonchli kafolat hamda choralarning amalga oshirilishini ta’minlash, o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichida davlat siyosatining eng asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish orqali iqtisodiy islohotlarni yanada chukurlashtirish, institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish, suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini (SFU) rivojlantirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chikaruvchilarning hukuk va iktisodiy mustakilligini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatning tabiatni muhofaza qilishga oid siyosati va suvdan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslangan:

  • atrof-muhitni aholi turmush darajasini oshirishning muhim omili sifatida saklash va kayta tiklash bo‘yicha iqtisodiy hamda ekologik siyosatni muvofiqlashtirish;

  • tabiatning ayrim tarkibiy qismlarini muhofaza qilishdan ekotizimlarni umumiy va majmuaviy ravishda himoyalao‘ga o‘tish;

  • jamiyatning barcha a’zolarining atrof-muhitni muhofaza qilish, uning xilma-xilligini saqlash va vaziyatni yaxshilash, aholi hayoti uchun qulay sharoitlarini yaratish borasidagi javobgarligi.

O‘zbekiston Respublikasi hududidan oqib o‘tuvchi 8 ta daryolar, jumladan, Qashqadaryo, CHirchiq, Surxondaryo hamda Zarafshon, Qoradaryo, Norin, Amudaryo va Sirdaryo transchegaraviy hisoblangan daryolar va respublika axamiyatiga ega bo‘lgan 11 ta er osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan qududlarni ifloslanishdan muhofaza qilish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining jami 1 1 ta qarorlari, shu jumladan 3 ta qaror - er osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan 11 ta hudud bo‘yicha (Toshkent viloyatidagi 2 ta, Farg’ona viloyatidagi 2 ta, Samarqand viloyatidagi 1 ta, Andijon viloyatidagi 1 ta, Namangan viloyatidagi 1 ta, Qashkadaryo viloyatidagi 1 ta, Jizzax viloyatidagi 2 ta va Surxondaryo viloyatidagi 1 ta manba bo‘yicha), 8 tasi - daryolar bo‘yicha qabul qilinib amalga oshirilmokda.
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 28 avgustdagi 444-f-sonli Farmoyishiga asosan, Tabiatni muhofaza kilish davlat qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi, 2008 yilning 1-4 sentyabr kunlari Frantsiyaning Monpele shahrida o‘tkazilgan 13-Butunjahon suv kongressida ishtirok etdilar. Kongressning maxsus sessiyasida O‘zbekiston vakillari tomonidan "Markaziy Osiyoda suv va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini ko‘rib chikish, tahlil kilish, baholash va karorlar qabul qilish, BMT “Ming yillik tarakqiyot maqsadlariga erishish choralari” mavzuida taqdimot hamda “Orol dengizi misolida Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik xavfsizlik muammolari va ularni xal qilish yo‘llari” mavzuida ma’ruza kilindi. Maxsus sessiya yakuni bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilinib, unda Markaziy Osiyoda barqarorlikka erishish uchun mintaqadagi 6 ta davlatlar tomonidan transchegaraviy suv resurslarini boshqarishning yagona strategiyasi ishlab chiqilishi zarurligi qayd etildi.
Ma’lumki, hozirgi kunda O‘zbekistonda eng og’ir va murakkab ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolardan biri hisoblangan Orol dengizi, uni qutqarish – butun insoniyatning umum vazifasidir. O‘ttiz million yil davomida qalbiy yotgan buyuk ko‘l, tabiatning insonga in’omi, o‘ttiz yil ichida (1957-1987 yillar) Er kurrasida ekologik muvozanatni mensimaslik natijasida paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston Orol dengizini qutqarish ishida birgalashib, muammolarni hal qilish yo‘llarini qidirmoqdalar, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda anjumanlar manbaridan bu masalani qayta-qayta o‘rtaga tashlamoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMT sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqida “Orol dengizining qurishi davom etayotgani va uning atrofida gumanitar falokat sodir bo‘layotgani sababli Orolbuyining tabiiy biologik fondini asrab-avaylash, Orol inqirozining atrof-muhitga, eng muhimi, bu erda istiqomat qilayotgan yuz minglab va millionlab odamlar hayotiga halokatli ta’sirini kamaytirish bugungi kundagi eng muhim vazifa hisoblanadi”1, - deb ta’kidlagan.
Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning uyg’un barkamolligi sharqda o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu borada Orol fojeasini unutmagan holda, suv va erga bo‘lgan tafakkurni o‘zgartirish hamda ushbu zamindan azaldan qaror topgan obi hayotga eng ulug’ ne’matlardan deb qarash borasidagi munosabatni qayta tiklash zarur.



Download 42.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling