9 may – Xotira va qadrlash kuni


Download 59 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi59 Kb.
#266945
Bog'liq
9 may xotira va qadrlash kuni. mehr





9 may – Xotira va qadrlash kuni. Mehr va insonparvarlik ifodasi



 






 

“Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning insonparvarlik missiyasi” – Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy konferensiya shunday nomlandi, deyiladi “Xalq so’zi” gazetasi keltirgan xabarda. Ushbu tadbir O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi, “Xotira xiyoboni”...

...respublika jamoatchilik jamg‘armasi tomonidan Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda “Sen Yolg`iz Emassan” respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi ko‘magida tashkil etildi.

Konferensiyada olimlar, jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat arboblari, urush yillarida bolalar uylarida tarbiyalanganlar hamda O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan xorijiy diplomatlar ishtirok etdi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz haqiqiy insonparvarlik namunasini ko‘rsatib, fashistlar bosib olgan hududlardan kelgan yuz minglab qochqinlarni o‘z bag‘riga oldi, deb ta’kidlandi konferensiyada. Urush dahshatlarini ko‘rgan bolalar azaldan o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan mehr va saxovatni his etdi. Urush yillarida O‘zbekiston Rossiya, Ukraina, Boltiqbo‘yi, Polsha va boshqa mamlakatlardan kelgan 200 mingdan ortiq bolani qabul qildi.

Bu bolalar davlat tomonidan barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi, ayni vaqtda deyarli butun xalq, har bir yurtdoshimiz imkon qadar ularga yordam berdi. Bolalar uylarida tarbiyalanayotgan kichkintoylarni boqib olishni istovchilar navbatda turardi – bunday holat dunyoning hech bir mamlakatida kuzatilmagan.

Ko‘plab oilalar bir necha bolani o‘z farzandidek qabul qilib, tarbiyalar, ularning urush yetkazgan qalb yaralariga malham bo‘lish uchun butun mehrini baxsh etar edi. O‘zbekistonga kelib, ikkinchi uyini topgan minglab odamlar haqiqiy insonparvarlik fazilatlarini namoyon etgan o‘zbek xalqidan abadiy minnatdordirlar.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, bu an’analar yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. Inson manfaatlari, birinchi galda bolalar manfaatlari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish Prezident Islom Karimov siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ularga davlat bilan bir qatorda jamiyat ham yordam bermoqda. Ayniqsa mahalla, xotin-qizlar qo‘mitalari, boshqa jamoat tashkilotlari mamlakatimizda Ijtimoiy himoya yili deb e’lon qilingan joriy yil vazifalarini bajarishda faol qatnashmoqda.

Konferensiyada so‘zga chiqqan “Xotira xiyoboni” respublika jamoatchilik jamg‘armasi raisi S.Mansurov-Kovrigenko, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori A.Golovanov, Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi R.Shigabiddinov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori I.Galushenko, tarix fanlari nomzodi G.O‘razayeva va boshqalar shu haqda gapirdilar.

Bunday xayrli an’analarni nafaqat saqlab qolish, balki rivojlantirish zarur, deb ta’kidlandi konferensiyada. Chunki xalqimizga xos bo‘lgan bunday yuksak insonparvarlik tajribasi noyob bo‘lib, har tomonlama o‘rganish va targ‘ib etishga munosibdir.



Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Inomova so‘zga chiqdi.




 



























        .




Xotiora va qadrlash kuni


5 “B” sinf

Sodiqova M.E


Toshkent-2008
Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling