9 may “Xotira va Qadrlash kuni”- umumxalq bayrami “Xotira muqaddas – xotira abad”
Download 37.01 Kb.
|
9 may - “Xotira va Qadrlash kuni”- umumxalq bayrami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuy pastlab, sahnaga hamma uchun birdek sevimli shoirimiz marhum Muhammad Yusuf timsolidagi o‘quvchi chiqib kelib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib deydi
9 may - “Xotira va Qadrlash kuni”- umumxalq bayrami “Xotira muqaddas – xotira abad” mavzusidagi badiiy – musiqiy kecha ssenariysi Tadbir o‘tkazilayotgan xona yoki sinf “Xotira kuni”ni yodga solar darajada bezatilgan, taassurotlarga boy bo‘lishi kerak. Ikkinchi jahon urushida vafot etganlarning suratlari aks etgan lavhalar, yoshi ulug‘ otaxon-onaxonlarning keksalik gashtini surayotganliklarini ifodalovchi rasmlar, yuzida baxtiyorlik ufurub turgan yosh avlod vakillari – o‘quvchilar suratlari. Ular orasida Prezidentimizning yoshlar bilan tushgan katta hajmdagi rasmlari ko‘zga yaqqol tashlanib turadi. U beadad shukronalik ramzidir! Hazin kuy yangraydi. Kuy pastlab, sahnaga hamma uchun birdek sevimli shoirimiz marhum Muhammad Yusuf timsolidagi o‘quvchi chiqib kelib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib deydi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar! Barchangiz biz kabilarni eslab, qadrlab, ruhlarini shod etmakka yig‘ilgan ekansiz, men ham shunday muazzam kunlarda Toshkenti azimday poytaxtga o‘zimning dil izhorimni keltirmoqchiman. Chunki mening faoliyat davrim asosan poytaxtda o‘tdi. Undagi «Xotira maydoni» mening ziyoratgohim edi. Shaharning har bir ko‘chasi, har bir go‘shasi, har bir kechasi menga judayaxshi tanish. Demak, men poytaxtimizga “Toshkent, men ham sening bir o‘g‘ling!” deya faxr bilan aytishim mumkin: “Mehmondo‘st” deb kimlar ta’rif qilmagan? Hamma maqtovlarning o‘zing adog‘i. Toshkent, sen minnatni bilmagan ustoz, Oybek nigohisan, Oybek quchog‘i, Anhor bo‘ylarida qumrilar o‘ynar, Shoir G‘afur G‘ulom bilgan qumrilar. Ikki ming yil avval Sag‘bonni izlab, Hindistonni tashlab kelgan umrilar... Sening ko‘zlaringga termulib turib, Qo‘shiqlar so‘rayman, men ham bir o‘g‘ling. Toshkent, ey, minnatni bilmagan ustoz, Bir umr tushmasin yelkamdan qo‘ling... U nigohini yerga qadab, biroz sukut saqlab, ohista sahnani tark etadi. Bayramga yig‘ilganlar orasida ayniqsa, keksa qariyalar, faxriy pedagoglar ishonarli talqin etilgan she’rdan ta’sirlanadilar. Sahnaga ikki boshlovich chiqib keladi. Ular ham she’r o‘qish bilan tadbirni ochib beradilar. Vatanni aslida Vatan qilganlar, Erk uchun jonlarin gulxan qilganlar, Tillarin kessalar, ko‘zlarin o‘ysa, Bir-biriga dil bilan suxan qilganlar. Vatanni aslida Vatan qilganlar. Maqtov malham bo‘lmas, bu qurbonlarga, Oyatda orom bor shahid jonlarga, Qo‘llaring duoga katta och, elim, Shukrona joizdir, erkli onlarga, Vatanni aslida Vatan qilganlar. Download 37.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling