yurishiga ko‘rsatiladigan qarshilik materialning elektr qarshiligi deyiladi.
Qattiq jismlarning muvozanat xolatida elektronlar aniq bir energiyaga ega buladi.
Metallarning elektr o‗tkazuvchanligi atomlardagi erkin elektronlarning harakatiga bog‗liq
bo‗lganligi sababli elektr qarshilik haroratga bog‗liq bo‗lib qoladi. Faqat T→0 dagina,
ya‘ni harorat elektron bulutga ta‘sir etmaganda elektr o‗tkazuvchanlik faqat materialning
kristall tuzilishiga bog‗liq bo‗ladi. Ba‘zi materiallar o‗zi uchun xos bo‗lgan kritik
haroratgacha sovitilganda o‗ta o‗tkazuvchanlikni namoyon qiladi.
O‗zgaruvchan tokka ko‗rsatilayotgan qarshilik to‘la qarshilik deb ataladi, chunki
har qanday o‗tkazgich bunda aktiv qarshilikdan tashqari induksion va hajmiy qarshilikka
ega bo‗lib, ular o‗z navbatida elektr va magnit maydonlarini hosil qiladi. Tok
yo‗nalishining o‗zgarish tezligi ortib borishi bilan qarshilik xam ortib boradi, chunki tok
utkazgichning yuza qismida to‗plangan buladi.
Materiallarning elektr qarshiligi solishtirma elektr qarshilik bilan ifodalanadi:
p=k•S/L,
bu erda k—elektr qarshilik, S—namunaning ko‗ndalang kesim yuzasi (mm
2
); L — namuna
uzunligi (mm). Metallar uchun bu formula kuyidagichadir:
Do'stlaringiz bilan baham: |