9-modul. Aloxida xossali po‘latlar. Rеja
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Lecture-9
Diamagnetizm materiallarning tashqi magnit maydoni ta‘sirida qarama-qarshi
yo‗nalishda magnitlanish xususiyatini anglatadi. Bu xususiyat hamma jismlarda bo‗lib, atomlarning hamma elektron momentlari o‗zaro eyishib ketgandagina namoyon bo‗ladi. Diamagnetik xossa materialni magnit qabul qilish qobiliyatiga teskari ko‗rsatikichga ega (R m
-6 …10
-5 ).
Paramagnetiklar musbat
magnitlanish qobiliyatiga ega (R
=-10 -6 …10 -5 ). Paramagnit xususiyatiga ega bo‗lgan jismlarda atomlarning issiqlik harakati natijasida o‗zgarmas magnit momentlari tartibsiz yo‗nalishlarda buladi.
6
Ular tashqi magnit maydoni ta‘sirida ma‘lum yunalishga ega bo‗ladi va natijada material magnitlanib qoladi. Agar materialning magnitlanish i kuchli bo‗lsa (R m ˃˃1), ferromagnitlar deb ataladi va magnitlanish xususiyati, maydon kuchlanishi hamda harorat bilan chiziqli bog‗lanishda bo‗lmaydi. Demaq ferromagnitizm materiallardagi mikrohajmda magnit momentlarining tartibli holati o‗rnatilishini anglatadi. Magnit momentlarining bunday tartibli holatida atom (ion) magnit momentlari parallel va bir xil yo‗nalishda bo‗ladi. Bunday hajmlar domenlar deb ataladi va ular magnit maydoni bo‗lmagan holda ham magnit momentlariga ega, ya‘ni o‗z-o‗zidan magnitlanishi mumkin.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling