Kasb kasalligiga tashxis qo‘yishda, bajariladigan ishlar yoki uning kasbga aloqadorligida,
mehnat qobiliyatini aniqlash ekspertizasida, tibbiy va mehnat qobiliyatini tiklash
masalalarini hal etishda, shuningdek xodimlar sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni korxonalar
va tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan qoplashga aloqador masalalarni ko‘rib chiqishda
ushbu ro‘yxat asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. Mazkur ro‘yhatga noxush ishlab chiqarish
omillari (pnevmokneozlar, tebranish kasalligi, zaharlashnish va boshqalar) ta’sir
ko‘rsatishi tufayli kelib chiqadigan kasb kasalliklari, shuningdek muayyan noxush ishlab
chiqarish omili-kasb omili ta’sir ko‘rsatishiga aloqador ekanligi va organizmda huddi
shunday o‘zgarishlar (bronxit, allergik kasalliklar, katarakta va boshqalar)ning rostmana
ta’siri keltirib chiqargan boshqa xastaliklar kiritilgan. Mazkur xastalik kasbga aloqador
ekanligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan kasallik
klinik kechishi shaklining tavsifi, etimantiqiy omil va bajariladigan ishlar turi, mehnat
staji, muayyan ishlab chiqarish sohasidagi aniq mehnat sanitariya-gigiena sharoitlari
Do'stlaringiz bilan baham: |